tahdidlar muhim manfaatlarni amalga oshirishda yuzaga kelsa (masalan,
odamlarni ko‘milib qolgan joydan qutqarish, yangi texnologiyalarni, ya’ni
avvalgisidan ancha samarali texnologiyalarni kashf etish) xavfli harakatlar
asosli deb tan olinadi. Ayni damda bu holatlarda yetadigan manfaat va
tegishli harakatlar tahdid solayotgan manfaatga qiyosiy baholanishi lozim
bo‘ladi. Ular ochiq muvofiq bo‘lmagan yoki teng bo‘lgan holatda bunday
maqsadlarga erishish asossiz xavfli harakat deb tan olinishi lozim.
Sud va tergov organlari kasb yoki xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq
asosli tavakkalchilik holatida zarar yetkazishning oxirgi zarurat holatida
zarar yetkazishga juda o‘xshashligi bois, aybdorning harakatlarini
kvalifikatsiya qilishda ma’lum qiyinchiliklar vujudga kelishi mumkin.
Shuning uchun kasb yoki xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq asosli
tavakkalchilik holatida zarar yetkazishni oxirgi zarurat holatidan farqlash
imkonini beradigan quyidagi belgilarga e’tibor qaratishlari lozim:
– oxirgi zaruratda xavf manbai mavjud bo‘lib, qilmishning o‘zi zararni
bartaraf etishga qaratilgan bo‘ladi, asosli tavakkalchilikda esa, qilmish
tahdid soluvchi xavf bilan shartlanmaydi, u ijtimoiy foydali maqsadga
erishishga yo‘naltirilgan bo‘ladi;
– oxirgi zaruratda yetkazilgan zarar bartaraf etilgan zarardan kamroq
bo‘lishi kerak, asosli tavakkalchilikda esa zararning hajmi tavakkal
qiluvchi shaxs qilmishini baholashda unchalik ahamiyatga ega emas;
– tavakkalchilik bilan bog‘liq qilmishlar asosida zarar yetkazish
ehtimoliy bo‘lib, oqibatning kelib chiqishi zarur hisoblanmaydi, oxirgi
zaruratda esa zarar yetkazish – ko‘proq zarar yetkazilishini oldini
olishning yagona vositasidir.
Dostları ilə paylaş: