holat jazoni yengillashtiruvchi holat sifatida JK 55-moddasi 1-qismi «e»
bandiga muvofiq, ya’ni shaxsning ijtimoiy foydali maqsadi bo‘lganligi
tufayli jazoni yengillashtiruvchi holat qatoriga kiritiladi.
Ammo, shaxs ishning haqiqiy holatlari bo‘yicha xatoga yo‘l qo‘ygan
bo‘lsa (masalan, ijtimoiy foydali maqsadini
amalga oshirish uchun xato
harakat qilsa; ma’lum xavfsizlik choralarini ko‘rish borasida xatolikka yo‘l
qo‘ygan bo‘lsa), ushbu holatda aybdor shaxsning harakatlarini faktik xato
bilan bog‘liq qonun-qoidalar asosida kvalifikatsiya
qilinishi lozimdir, ya’ni
tavakkalchilik qonuniy shartlar asosida amalga oshirilganligi tufayli
ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyat sifatida kvalifikatsiya qilinadi.
Subyekt tavakkalchilik harakatlarini amalga oshirishda qonuniy shartlarga
rioya qilmagan holatlarda uning harakatlari qasddan yoki ehtiyotsizlik
sifatida umumiy asoslarda javobgarlikka tortiladi.
Odamlarning halok bo‘lishi, ekologik falokat va boshqa og‘ir
oqibatlarga sabab bo‘lishi oldindan ma’lum bo‘lgan
xavfli
harakatlarni
oqlangan deb tan olmaslik xavfli harakatlarning qonuniyligini belgilovchi
alohida bir shartdir. «Tavakkalchilik odamlarning halok bo‘lish xavfi,
ekologiya halokati yoxud boshqacha og‘ir oqibatlarning kelib chiqishi
mumkinligini bila turib qilingan bo‘lsa, asosli deb topilmaydi»
(JK
41-moddasi 4-qismi)
.
Odamlarning halok bo‘lish xavfi
deganda, tavakkalchilikni
amalga
oshirish oqibatida ikki yoki undan ortiq odamlarning hayoti xavf ostida
qolishi tushuniladi.
Ekologik halokat
– insonlar faoliyati natijasida tabiatga zarar
yetkazilishi va bu zarar insoniyatning keyingi
hayoti uchun jiddiy xavfni
keltirib chiqarishini bildiradi (gaz, neft avariyalari, keng qamrovli o‘rmon
yong‘inlari).
Dostları ilə paylaş: