Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev


-§. Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qo‘rqitish



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə332/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   328   329   330   331   332   333   334   335   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

8-§. Jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qo‘rqitish 
Jismoniy yoki ruhiy majburlash
– qilmishning jinoiyligini inkor 
etuvchi yana bir holat hisoblanadi. Jismoniy yoki ruhiy majburlash – bu 
shaxsga nisbatan g‘ayriqonuniy kuch (jismoniy yoki ruhiy) ishlatishning 
qo‘llanilishi bo‘lib, mazkur shaxs tomonidan, uning xohish-istagiga qarshi, 
jamiyat uchun xavfli qilmishning sodir etilishiga erishish maqsadida 
amalga oshiriladi. Bunday vaziyatda harakatlar shaxsning xohish-istagisiz 
436 


sodir etilishi natijasida uning javobgarligi inkor etiladi, shunday ekan 
shaxs aybsiz hisoblanadi. Haqiqatda, majburlovchi bunday vaziyatda 
jinoyatning “tirik quroli” sifatida chiqadi, majburlovchi esa jinoyat 
subyekti hisoblanadi va javobgar bo‘ladi. 
Bevosita jinoiy qilmish sodir qilingan lahzada yoki unga qadar 
(chunki talab qilinayotgan harakatlar sodir etilishi rad etilgan taqdirda 
takroran zo‘rlik orqali ta’sir ko‘rsatish xavfi saqlanib qoladi) shaxsga 
nisbatan qo‘llaniladigan jismoniy va ruhiy majburlash jinoyatning vaziyati 
sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin. Real hollarda, jismoniy va ruhiy 
majburlash kamdan-kam hollarda bir-biridan alohida amalga oshiriladi: 
ko‘pgina hollarda, har qanday jismoniy majburlash ruhiy ta’sir, ruhiy 
majburlash esa jismoniy kuch ishlatish elementlaridan iborat bo‘ladi.
 
NOTA BENE ! 
Jismoniy majburlash
boshqa shaxsga nisbatan majburiy xarakterga 
ega, ya’ni uning irodasiga qarshi, irodasini so‘ndirish yoki uni 
bo‘ysundirish yoxud shaxsning harakat erkinligini cheklash maqsadida 
sodir etiladigan jismoniy choralarning qo‘llanilishidan iborat. 
Jismoniy majburlashda zo‘rlik ishlatish xarakteriga ega choralar 
sog‘likka turli darajada og‘ir tan jarohatlarini yetkazish, turli kuchli ta’sir 
etuvchi va giyohvandlik moddalarining qo‘llanilishi, izolyatsiya qilish va 
boshqalarda ifodalanishi mumkin – malakalash uchun bu choralarning 
konkret belgilash xarakteri mavjud emas. 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   328   329   330   331   332   333   334   335   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin