muvofiq o‘ta zaruriyat qoidalariga ko‘ra baholanadi. Ammo, agar qilmish
o‘ta zaruriyatning qonuniyligi shartlariga javob bermasa yoxud
uning
chegaralaridan o‘tishi mavjud bo‘lsa, unda majburlangan shaxsning
harakatlari mustaqil jinoyat sifatida tavsiflanishi lozim. Bunda uning
majburiylik ostida sodir etilishi Jinoyat kodeksining 55-moddasi 1-qismi
“g” bandi bo‘yicha yengillashtiruvchi holat sifatida ko‘rib chiqiladi.
«Qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar»
mavzusi yuzasidan yakuniy savollar
1. Qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar deganda nima
tushuniladi? Ushbu holatlarni qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi
holat sifatida baholash mezonlari qanday?
2. Qilmishning kam ahamiyatliligi nimadan iborat? Qilmishni kam
ahamiyatli deb topish uchun qaysi holatlar inobatga olinishi zarur?
3. Zaruriy mudofaa ostida nima tushuniladi?
4. Kim zaruriy mudofaani qo‘llashga haqli?
5. Qaysi holatlarda zaruriy mudofaa vujudga keladi?
6. Zaruriy mudofaa holatidagi g‘ayriqonuniy tajovuz qanday
talablarga javob berishi shart?
7. Zaruriy mudofaaning himoyaga taalluqli huquqqa muvofiqligi
shartlari nimadan iborat?
8. Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga
chiqish ostida nima
tushuniladi? U nimada ifodalanishi mumkin?
9. G‘ayriqonuniy tajovuzdan himoyalanayotgan shaxsning kuchli
ruhiy hayajonlanishi holatining jinoyat-huquqiy mohiyati nimadan iborat?
10. Xayoliy mudofaa nima? O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining rahbariy ko‘rsatmalarida xayoliy mudofaa holatida sodir
qilingan qilmishning kvalifikatsiyasiga doir qanday yondashuv mavjud?
11. Oxirgi zarurat ostida nima tushuniladi? Oxirgi zarurat holati
mavjudligini qanday shartlar belgilaydi?
12. Tahdid qilayotgan xavf va uni
bartaraf etishga qaratilgan
harakatlarga oid oxirgi zaruratning huquqqa muvofiqligi shartlari qanday?
13. Oxirgi zarurat chegarasidan chetga chiqish mumkinmi?
439
14.
Oxirgi zarurat holati zaruriy mudofaa holatidan qanday
farqlanadi?
15. Jismoniy va ruhiy zo‘rlash ostida nima tushuniladi? Ushbu xatti-
harakat jinoiylikni istisno qilishi mumkinmi?
16. Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar
yetkazish ostida nima tushuniladi?
17. Qanday shartlarda ijtimoiy xavfli qilmishni
sodir etgan shaxsni
ushlash vaqtida zarar yetkazish huquqqa muvofiq topiladi? Ular ma’muriy
huquqbuzarliklarga nisbatan qo‘llanishi mumkinmi?
18. Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida,
ushlash uchun zarur bo‘lgan choralarning chegarasidan chetga chiqish
nimadan iborat? Ushlash vaqtida inson o‘limiga yo‘l qo‘yish mumkinmi?
19. Qaysi shartlarda buyruq yoki boshqa farmoyishni
bajarish
jinoiylikni istisno qiluvchi holat deb tan olinadi?
20. Oldindan jinoiy buyruqni (farmoyish yoki mansab vazifasini)
bajarish deganda nima tushuniladi? Qilmishni bunday holatda
kvalifikatsiya qilishning o‘ziga xos xususiyatlari nimada?
21. Qanday holatlarda kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq
tavakkalchilik asosli deb topiladi?
22. Kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkalchilik
holatida qonun bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga zarar
yetkazish chegarasidan chiqish mumkinmi?
23. Kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq asosli tavakkalchilik
holatining oxirgi zarurat holatidan qanday farqlari mavjud?
Dostları ilə paylaş: