Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

JKning
1-moddasida
ushbu normalarning huquqiy negizi to‘g‘risida qoidalar 
mavjud, bular O‘zbekiston Konstitutsiyasi hamda xalqaro huquqning 
umume’tirof etilgan normalaridir. Shu bilan barcha huquq sohalari, 
jumladan, jinoiy huquqning bosh manbai bo‘lgan Konstitutsiyaning 
ustuvorligi va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalarining 
Kodeks normalaridan ustuvorligi belgilanadi. 
O‘zbekiston Konstitutsiyasining jinoiy qonunchilik asosi sifatida tan 
olinishi asosiy qonun qoidalarining Jinoyat kodeksi normalarini talqin 
etishda qo‘llash zaruriyatiga olib keladi. «Sudlar shuni nazarda tutishlari 
lozimki, Konstitutsiyaning 16-moddasiga muvofiq, birorta ham qonun 
yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat uning normalari va qoidalariga zid 
kelishi mumkin emas»
1
. Shu munosabat bilan, agar Jinoyat kodeksini 
1
Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси: Ўн иккинчи чақириқ Ўзбекистон Республикаси Олий 
Кенгашининг ўн биринчи сессиясида 1992 йил 8 декабрда қабул қилинган. (2002 йил 27 январда ўтказилган 
умумхалқ референдуми натижаларига кўра ҳамда унинг асосида Ўзбекистон Республикасининг 2003 йил 24 
апрелда қабул қилинган Қонунига мувофиқ Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси XVIII, XIX, XX, 
XXIII бобларига ўзгартиришлар ва қўшимчалар қиритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2007 йил 11 
апрелда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 89-моддасига, 93-
51 


qo‘llash paytida sud uning ayrim qoidalarining Konstitutsiyaga mos 
emasligi haqidagi xulosaga kelsa, u ishni to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida ajrim 
chiqarishi va barcha materiallarni Oliy sud Raisiga yuborishi lozim, u esa 
«O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida»gi 
Qonunga
1
asosan tegishli masalani Konstitutsiyaviy sudga ko‘rib chiqish 
uchun kiritishga haqlidir. 
Jinoyat kodeksining huquqiy negizi, shuningdek, xalqaro huquqning 
umume’tirof etilgan normalari ham bo‘ladi, bu 
1-moddada
mustahkamlangan. Bunda shunday normalar sifatida xalqaro huquqning 
imperativ-buyruq tusida bo‘lgan hamda barcha xalqaro huquq subyektlari
jumladan, davlatlar tomonidan e’tirof etilgan qoidalari tan olinishi lozim. 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin