Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev


III BOB. JINOYAT TUSHUNCHASI



Yüklə 3,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/336
tarix07.01.2024
ölçüsü3,11 Mb.
#203198
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   336
Zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

III BOB. JINOYAT TUSHUNCHASI
1-§. Jinoyat huquqi nazariyasi va qonunida jinoyat
tushunchasining belgilanishi 
Jinoyat 
– jinoyat huquqi fanining asosiy kategoriyasi. Ushbu 
tushunchaning mohiyatini aniqlash prinsipial ahamiyatga ega. 
Jinoyat huquqi nazariyasi va qonunchiligida keltirilgan jinoyat 
tushunchasida ikkita metodologik yondashuv bo‘lib, ularni shartli ravishda 
formal va moddiy yondashuvlar deb atashimiz mumkin.
Formal yondashuv
– tarixan birinchi. Bunda jinoiy qilmish jinoyat 
to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida jazo qo‘llash tahdidi bilan taqiqlanadi, 
lekin bu taqiqning sabablari ko‘rsatilmaydi. 
Moddiy yondashuv
jinoyatni shaxs, jamiyat va davlat manfaatlariga 
qarshi qaratilgan ijtimoiy xavfli qilmish sifatida tavsiflaydi. Formal 
yondashuvdan farqli o‘laroq ushbu yondashuv jinoyatni jamiyatga 
zararligi nuqtai nazaridan baholaydi va u yoki bu qilmishni jinoyatlar 
qatoriga kiritgan qonun chiqaruvchi organning maqsadini aniqlashga 
harakat qiladi. 
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi jinoyat qonuni asosli ravishda 
ikkala yondashuvni ham o‘z ichiga oladi. 
NOTA BENE ! 
Jinoyat kodeksi bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat 
yoki harakatsizlik) jazo qo‘llash tahdidi bilan 
jinoyat 
deb topiladi 
(JK 14-
moddasi).
 
JK 14-moddasi 1-qismida
belgilangan jinoyat tushunchasi quyidagi 
holatlarni o‘zida ifodalovchi moddiy-formal belgilarni qamrab oladi. 
Formal belgi,
bu ma’lum bir xatti-harakatlarni sodir qilish yoki ba’zi 
bir harakatlarni bajarish shart bo‘lgan hollarda ularni sodir qilmaslikni 
man qilishda ifodalanadi. 
Jinoyat qonuni bilan taqiqlangan harakat yoki bajarilishi shart bo‘lgan 
harakatni bajarmaslikda ifodalanadigan harakatsizlik, ya’ni huquqqa xilof 
115 


qilmish jinoyat deb hisoblanadi. Ushbu shartning formalligi qonunda 
jinoyat-huquqiy taqiqning o‘rnatilishi va 

Yüklə 3,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   336




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin