Havola bo‘lakli qo‘shma gaplar taraqqiyoti reja: bmi


(Kimki Yunusni ursa, xo‘rlasa, men uni yo‘q qilaman)



Yüklə 68,5 Kb.
səhifə8/23
tarix28.03.2023
ölçüsü68,5 Kb.
#90768
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
норкулова мухайё пдф файл

(Kimki Yunusni ursa, xo‘rlasa, men uni yo‘q qilaman). Mazkur gap ergash gap (kimki Yunusni ursa, xo‘rlasa) va bosh gap (men uni yo‘q qilaman) dan iborat. Ergash gap tarkibida kimki havola bo‘lagining arxivarianti kim olmoshi, bosh gap tarkibida uni havola bo‘lagining arxivarianti ani olmoshi qo‘llangan bo‘lib, gapda vositasiz to‘ldiruvchi vazifasida kelgan. Ushbu gapda havola bo‘laklar real va o‘zaro assimetrik. Yuqoridagi gapimiz ikki havola bo‘lakli to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap turiga misol bo‘la oladi.
Shunisi ma’lum bo‘ldikim, namoz qilg’andin so‘ng mehrobda tilagu kerak va mehrobg’a boqib turmoq kerak. (Qissasi Rabg’uziy 2-jild 80-bet).
(Shunisi ma’lum bo‘ldiki, namoz o‘qigandan so‘ng, mehrobga tilak aytib, boqib turiladi). Mazkur gapning bosh gap tarjibida shunisi havola bo‘lagi va –ki yuklamasi ishtirok etgan. Ergash gap esa bosh gap tarkibidagi shunisi havola bo‘lagining mazmunini izohlab kelgan. Ushbu gapdagi havola bo‘lak real holda qo‘llangan. Demak, ushbu gap bir havola bo‘lakli ega ergash gapli qo‘shma gap sanaladi. Xizr qayu yerda o‘ltursa, ul yer ko‘karur erdi. (Qissasi Rabg’uziy
2-jild 68-bet)
(Xizr qaysi yerda o‘ltirsa, o‘sha yer o‘zgarar edi). Ushbu gapda ergash gap tarkibida qaysi havola bo‘lagining arxivarianti qayu olmoshi, bosh gap tarkibida o‘sha havola bo‘lagining arxivarianti ul olmoshi qo‘llangan. Qo‘shma gapning har ikkala qismida ham havola bo‘laklar real holda qo‘llangan hamda ular o‘zaro simmetrik. Demak, ushbu qo‘shma gapimiz ikki havola bo‘lakli o‘rin ergash gapli qo‘shma gap turiga misol bo‘la oladi.
XIII-XIX asr manbalarida havola bo‘lakli qo‘shma gaplarning qo‘llanishi. Hozirgi o‘zbek tilidagi ayrim sintaktik birliklarning tarixiy taraqqiyotini belgilashda eski o‘zbek tilida bitilgan manbalarning o‘rni beqiyos.
Shu nuqtai nazardan mazkur bobni yoritishda biz Alisher Navoiyning “Nasoyim ul-muhabbat” va “Layli va Majnun” asarlarini tanladik.
Ma’lumki, hozirgi o‘zbek tilida havola bo‘lakli qo‘shma gap deb nomlanadigan gap turlari keng qo‘llanadi, ularning hosil bo‘lishi usullari va turlari atroflicha o‘rganilgan. Eski o‘zbek tilida ham qo‘shma gapning havola bo‘lak ishtirok etgan qo‘shma gap turlari talaygina. Ularning ifoda shakllari va mazmuniy munosabatiga ko‘ra ikki turi qayd qilinadi, ya’ni bir havola bo‘lakli va ikki havola bo‘lakli. Bir havola bo‘lakli qo‘shma gaplar: Chun Samnun ani bildikim, maqsud ul tabibdin odobi ubudiyat va ishori ajizdur, yoqkim hol satri. (Nasoyim ulmuhabbat 57-bet). Eski o‘zbek tilida hozirgi o‘zbek tilidagi shuni olmoshi o‘rnida uning arxaik variant ani shakli qo‘llanadi. Bosh va ergash gaplar o‘zaro –ki // kim bog’lovchilari yordamida bog’lanadi. Bu turdagi havola bo‘laklarning ishtirokiga ko‘ra bir havola bo‘lakli to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplar sirasiga kiradi.
Havola bo‘lak sifatida noaniqlikni ifodalovchi bir so‘zi qo‘llanishi mumkin. Bunday gaplarda bosh gap tarkibida qo‘llangan havola bo‘laklarning mazmunini ergash gap to‘laligicha aniqlashtirib keladi. Masalan, Borur erduk, bir qavmni ko‘rdukki, bozor tomida nard o‘ynarlar erdi, Shayx Abu Bakr borib, alar qoshig’a o‘lturdi va alar bila ilik uyung’a eltti. (Nasoyim ul-muhabbat 101-bet)
Ikki havola bo‘lakli qo‘shma gaplar. Havola bo‘laklarning ayrimlari hozirgi o‘zbek tilidagi kabi ko‘zga tashlanib tursa, ayrimlari yashirin tarzda qo‘llanishi mumkin.


  1. Yüklə 68,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin