(Aziz narsa shulki, azizga e’zoz o‘shandan buyurgay, aziz o‘zi oz). Ushbu gapda shulki olmoshi bosh gap tarkibida havola bo‘lak vazifasida kelgan. Ushbu havola bo‘lak shuki olmoshining arxivarianti hisoblanadi. Xullas, mazkur gap bir havola bo‘lakli kesim ergash gapli qo‘shma gap.
Nosiruddin Rabg’uziyning “Qissai Rabg’uziy” asarida havola bo‘lakli qo‘shma gaplar.
Kim o‘z qarindoshini meros umidiga o‘ltursa, ul merosdin mahrum qolur. (Qissai Rabg’uziy 2-jild 19-bet)
(Kimki o‘z qarindoshini meros uchun o‘ldirsa, u merosdan mahrum qoladi).Mazkur gapning ergash gap qismida kimki havola bo‘lagi, bosh gap qismida esa u havola bo‘lagi qo‘llanilgan va ega vazifasida kelgan. Kimki – u havola bo‘laklari ergashgan qo‘shma gapning har ikkala qismida qo‘llanganligi hamda o‘zaro bir-biriga mosligi sababli, ular real va simmetrikdir. Mazkur qo‘shma gap ikki havola bo‘lakli ega ergash gapli qo‘shma gap hisoblanadi.
Har kim bu kun Jolut birla sanchishsa yarim mulkumni, qizimni anga berayin. (Qissasi Rabg’uziy 2-jild 26-bet)
(Kimki bu kun Jolut bilan urushsa, unga mulkimning yarmini, qizimni beraman).Ushbu gapda ergash gap tarkibida kimki havola bo‘lagining arxivarianti kim olmoshi, bosh gap tarkibida esa unga havola bo‘lagining arxivarianti anga olmoshi qo‘llanilgan. Ushbu gap tarkibida havola bo‘laklar real holda qo‘llanilgan. Demak, mazkur gap ikki havola bo‘lakli to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap turiga misol bo‘la oladi.
Mange mulke bergilkim, mandin o‘zga kim ersaga bermish bo‘lmag’aysen. (Qissasi Rabg’uziy 2-jild 33-bet).
(Menga shunday mulk bergilki, mendan o‘zga hech kimda bo‘lmasin). Yuqoridagi gapda shunday olmoshi va –ki yuklamasi bosh gap tarkibida
qo‘llanilmagan bo‘lsada, havola bo‘lakning o‘rni sezilib turibdi. Ergash gap esa
bosh gap tarkibidagi havola bo‘lakning mazmunini izohlab kelgan. Ushbu gap bir havola bo‘lakli aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap hisoblanadi.
Har kim Yunusni ursa, emgatsa man ani halok qilurman. (Qissasi
Rabg’uziy 2-jild 28-bet).