Havola bo‘lakli qo‘shma gaplar taraqqiyoti reja: bmi



Yüklə 495,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/37
tarix20.11.2023
ölçüsü495,99 Kb.
#162509
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37
норкулова мухайё пдф файл


ki 
uzvi bilan birgalikda bosh gapni ergash gap bilan bog’lovchi vosita vazifasini 
bajaradi. Masalan, 
Shuni unutmaginki, mehnat qilgan murodiga yetadi. 
(Aql 
27
Nurmonov A., Mahmudov N. O’zbek tilining nazariy grammatikasi. Toshkent, O’qituvchi, 1995, 185- bet


38
aqldan quvvat olar” kitobidan) Keltirilgan bosh gap 
(Shuni unutmaginki) 
ergash 
gap 
(Mehnat qilgan murodiga yetadi) 
dan oldin kelgan. Albatta, bu ko‘rinishdagi 
qo‘shma gaplar uchun bu doimiy holatdir. Bosh gapdagi havola bo‘lak ko‘rinib 
turganiday, vositasiz to‘ldiruvchi sintaktik o‘rnini egallagan. Bu vositasiz 
to‘ldiruvchi havola bo‘lak sifatida mazmunan ergash gapda ifodalangan denotativ 
voqeaga ishora qiladi, mantiqan uni bosh gapga olib kiradi. Bosh gapda esa 
denotativ voqea emas, balki modus “voqea” ifodalangan. Boshqacha qilib 
aytganda, ayni qo‘shma gapda faqat bir denotativ voqea ifodalangan, ikkinchi 
“voqea” esa bu voqeani tavsiflovchi modusdir. Havola bo‘lak vazifasidagi so‘z 
faqat vositasiz to‘ldiruvchi o‘rnidagina emas, balki vositali to‘ldiruvchi o‘rnida 
bo‘lganida ham, mazmuniy xususiyatlar to‘laligicha saqlanaveradi. Tabiiyki
havola bo‘lakning vositasiz yoki vositali to‘ldiruvchi sintaktik o‘rnida bo‘lishi ayni 
bosh gapdagi kesim o‘rnini egallagan fe’l (yoki boshqa turkum) ning ma’nosi, 
valentligi bilan bog’liq. Mazmuniy grammatikada obyektli fe’llar kelganda, havola 
bo‘lak vositali to‘ldiruvchi o‘rnida bo‘ladi: 
Biz shunga aniq ishonamizki, 
millatlararo nizolar yaxshilikka olib kelmaydi. 
(Islom Karimov) 
Men shundan 
qo‘rqamanki, u bu ishni oxiriga yetkazishi qiyin. 
(Tohir Malik) 
Bunday to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplarda bosh gapning kesimi 
so‘zlar bo‘ladi. Bu vazifada ko‘proq bilmoq, ko‘rmoq, aytmoq, ta’kidlamoq, esda 
tutmoq, esdan chiqarmoq, payqamoq, ishonmoq, qo‘rqmoq, fahmlamoq, 
tushunmoq, ogoh bo‘lmoq, o‘ylamoq, sezmoq, qaror qilmoq, aniqlamoq, tan 
bermoq, his etmoq, mo‘ljallamoq, shubhalanmoq, kabi his-sezgi, idrok, nutqiy va 
fikriy faoliyatni bildiruvchi so‘zlar keladi. Bunday ma’nolar modus “voqea” 
ifodasi uchun juda muvofiq keladi. Bu o‘rinda yana ta’kidlash kerakki, aytmoq, 
demoq, xabar qilmoq kabi so‘zlar bosh gapda kesim bo‘lib kelganda ham ular 
modus ifodasi uchun xizmat qiladi. Bunday qo‘shma gaplarda V.V. Martinov 
iborasi bilan aytganda, real borliqdagi voqea bilan bu voqea haqidagi xabar 
o‘rtasidagi munosabat aks etadi. Boshqa keltirilgan fe’llarning ma’nosida “baho”, 
“ruhiy holat”, “taxmin”, “ishonch” kabi modallik uzvlarining borligi ko‘rinib 
turibdi. Bular ham yana shuni ko‘rsatadiki, to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma 


39
gaplarning ayni turida bosh gap hamisha modusni ifodalaydi. Masalan, 
Hozircha 
faqat shuni aytishim mumkinki, safar jiddiy, og’ir va mas’uliyatli bo‘ladi. 
(Asqad 
Muxtor) 
Avvalo shuni aytish kerakki, ijodkorning o‘zi ko‘nikkan ijodiy 
tamoyillarini o‘zgartirish mushkul masala 
(A. Azam)
Bosh gapdagi to‘ldiruvchi vazifasidagi havola bo‘lak shaklan 
ifodalanmasligi ham mumkin. Lekin uning o‘rni baribir sezilarli, chunki tegishli 
kesim vazifasidagi so‘zning valentligi uni ko‘rsatib turadi. Shu mazmuniy valentlik 
baribir ergash gapdagi denotativ voqeaga ishora qilaveradi va shu asosda ayni 
denotativ voqeaga bosh gapda ifodalangan modus nisbatlanaveradi. Demak, bosh 
gapdagi havola bo‘lakning ifodalanmasligi qo‘shma gapdagi mazmuniy 
xususiyatlarga ta’sir etmaydi. Masalan, 
Yaxshi bilar edimki, shunday suluv qizlar 
bizda juda siyrak bo‘ladi 
(G’afur G’ulom). 
Mana shundagina Ergash fahmladiki, 
buvasi endi yo‘q. 
(Asqad Muxtor).
Xullas bir havola bo‘lakli to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplarda 
bosh gap ergash gapdan ajratib olinsa, mazmunga ega bo‘lmaydi, ergash gapda esa 
denotativ voqea ifodalanadi.

Yüklə 495,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin