Ikki havola bo‘lakli kesim ergash gapli qo‘shma gaplar. Kesim ergash gapli qo‘shma gaplarning ikki havola bo‘lakli turi keng
tarqalmagan. Bir havola bo‘lakli kesim ergash gapli qo‘shma gaplarda bosh gap
alohida olinganda ma’noga ega emas, ergash gap esa ma’noga ega. Ikki havola
bo‘lakli gapda esa har ikki qism ham alohida olinganda ma’noga ega bo‘lmaydi.
Masalan,
Sen nima bo‘lsang biz ham shu (Shukur Xolmiorzayev).
Mazkur gapda bosh gapning kesimi
shu havola bo‘lagi bilan, ergash gapning
kesimi esa
nima bo‘lsang havola bo‘lagi bilan ifodalangan. Aslida bosh gapning
kesimi ham shu bo‘lamiz shaklida bo‘lishi kerak, lekin bo‘lmoq har ikki o‘rinda
ham
(nima bo‘lsang – shu bo‘lamiz) yordamchi fe’l bo‘lgani uchun keyingi
o‘rinda tushib qolgan. Ergash gapdagi nima (bo‘lsang) havola bo‘lagi bilan bosh
gapdagi shu havola bo‘lagi bir-birini taqozo etadi, o‘zaro tobe aloqa yuzaga
kelgan. Ega ergash gapli qo‘shma gaplarning tegishli turidagi kabi ikki noteng
denotativ voqea o‘rtasidagi munosabat ayni qo‘shma gapning mazmunini tashkil
etadi. Bir umumlashgan denotativ voqea ikkinchi bir predikat jihatdan aniq
bo‘lmagan denotativ voqeaning ichiga predikat sifatida kiradi. Shuni aytish
kerakki, har ikki denotativ voqeaning predikati baribir aniq aytilmaydi, lekin
tinglovchi uchun umumiy tarzda idrok etiladigan bo‘ladi. Masalan:
Kim ishlasa, yer o‘shaniki (Asqad Muxtor)
Zebi aya qayerda bo‘lsa, o‘g’il va qizlar shu yerda edi (M. Ismoiliy)
Bunday holatdagi qo‘shma gaplardagi muayyan sintaktik surilishning
borligi ularni kesim ergash gapli qo‘shma gaplar sifatida talqin etish imkonini
beradi. Masalan, oxirgi misoldagi
qayerda – shu yerda qarshilantirishidagi havola
bo‘laklar odatda o‘rin ergash gapli qo‘shma gaplarga tegishlilik, ammo shu