Havola bo‘lakli qo‘shma gaplar taraqqiyoti reja: bmi



Yüklə 495,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/37
tarix20.11.2023
ölçüsü495,99 Kb.
#162509
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   37
норкулова мухайё пдф файл

kim va o‘sha 
olmoshlari ayni 
matnda deyarli bir denotativ ishoraga ega, faqat bu ishora ularning birida savol 
bilan o‘ralgan, ikkinchisida esa savolsiz. Qiyoslang: Musobaqada kim g’olib 
chiqsa, o‘sha mukofotlanadi gapida “g’olib chiqish” harakatini ham, 
“mukofotlanish” harakatini ham bir subyekt bajaradi, yoki: 
Musobaqada Ahmad 
g’olib chiqsa, Ahmad mukofotlanadi.
Aytish kerakki, ikki havola bo‘lakli ega ergash gapli qo‘shma gapda 
ikki noteng tabiatli denotativ voqea o‘rtasidagi munosabat ifodalanadi. 
Aytilganlarni quyidagi misollarda ko‘rish mumkin: ba’zan ergash gapdagi havola 
bo‘lak 
–ki
uzvi bilan ham qo‘llanishi mumkin, u ta’kid uchun xizmat qiladi: 
Kim nafsini tiymasa, u tog’ri yo‘ldan ham sirg’anar 
(Maqol). 
Kim o‘ziga qasd aylasa, u iblisga xizmatkor. Kimki ikkilanuvchilarga 
yordam qilishni istar ekan, u avvalo o‘zining ikkilanishiga barham berishdan ish 
boshlashi kerak 
(“Aql aqldan quvvat olar”).
Kimki taqdirga tan bersa, hayot to‘lqinida g’arq bo‘lib ketadi 
(Odil 
Yoqubov).
Ikki havola bo‘lakli ega ergash gapli qo‘shma gapda havola bo‘lak 
sifatida faqat shaxs bilan aloqador bo‘lgan 
kim – shu, kim – u, kim – o‘sha 
qabilidagi qarshilantirilgan olmoshlargagina ishtirok etmaydi, shaxs ma’nosiga ega 
bo‘lmagan 
nima – shu, nima – o‘sha, nima narsa – o‘sha narsa 
kabi 
qarshilantirishlar ham kelaverishi mumkin: 
Nima narsa ko‘p bo‘lsa, o‘sha narsa xor bo‘ladi 
(Maqol). 
Qozonga nima tushsa, cho‘michga ham o‘sha tushadi 
(Maqol) 
Xulosa qilib aytganda, ega ergash gapli qo‘shma gaplarning ikki havola 
bo‘lakli ko‘rinishida ega bosh gap ham, ergash gap ham alohida olinganda, 
ma’noga ega bo‘lolmaydi, chunki har ikki gapda ham havola bo‘lak mavjud. 


46
Buning ustiga bunday qo‘shma gap qismlari o‘rtasida bir tomonlama emas, balki 
ikki tomonlama tobelanish, ya’ni o‘zaro tobelanish bor.

Yüklə 495,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin