Havola bo‘lakli qo‘shma gaplar taraqqiyoti reja: bmi



Yüklə 495,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/37
tarix20.11.2023
ölçüsü495,99 Kb.
#162509
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   37
норкулова мухайё пдф файл

oqibatda, natijada 
kabi so‘zlar vositasida ifodalanadi: 
Keyingi vaqtlarda 
u shunday tadbirlar qo‘lladiki, oqibatda Malosh Zoltan bilan Zufar bir-birlarini 
ko‘ra olmadi
(O. Yusupov). 
Yozuvchi ana shunday bir voqeani shunday 
favqulodda mahorat bilan tasvirlaganki, natijada kitobxon insonning hayotga 
muhabbati benihoya qudratli kuch ekanini his qiladi 
(Abdulla Qahhor). Keyingi 
ma’no nozikligi 
hatto 
so‘zi bilan ta’kidlanadi. 
Kecha shu qadar jimjitki, hatto 
keksa qayrag’ochda mudragan chumchuqning iniga sig’may tipirchilagani ham 
eshitiladi 
(Said Ahmad). 
Men uning og’zini shunday mahkamlab qo‘yamanki, 
hatto ichidagi sirini soyasiga ham aytmaydigann bo‘ladi 
(O. Yusupov). 
Voqealarning tabiati qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, baribir ular denotativdir. 
Shuning uchun ham natija ergash gapli qo‘shma gaplarda asosiy hollarda 
mazmuniy-sintaktik nomuvofiqlik yuzaga kelmaydi.
3.2. Ikki havola bo‘lakli qoshma gaplar. 
Ega ergash gapli qo‘shma gapning ikkinchi ko‘rinishi – ikki havola 
bo‘lakli ega ergash gapli qo‘shma gapdir. 
Musobaqada kim g’olib chiqsa, o‘sha 
mukofotlanadi. 
Bu gapda bosh gap (o‘sha mukofotlanadi) ergash gap (musobaqada 
kim g’olib chiqsa) dan keyin kelgan. Ko‘rinib turganiday, har ikki gapda ham 
havola bo‘lak bo‘lib, ular 
kim 
va shunga muvofiq 
o‘sha 
so‘zlari bilan ifodalangan. 
Ana shu biri ikkinchisiga muvofiq keluvchi havola bo‘lakning mavjudligi, shunga 
ko‘ra o‘ziga xos sintaktik mexanizmga ko‘ra (O‘zaro tobelanish) ikki gapda juda 
zich bog’langan. Mazmunan olib qaralsa, qo‘shma gapda ikki o‘zaro bog’langan 
denotativ voqea ifodalangan. Bir qarashda –
sa
qo‘shimchasi va uning ma’nosiga 
ko‘ra bu ikki denotativ voqea o‘rtasidagi munosabat shart munosabatidan iborat, 
ya’ni birinchi voqeaning amalga oshishi o‘z-o‘zidan ikkinchi voqeani keltirib 
chiqaradi. Ammo diqqat bilan qaralsa, mazkur shart ma’nosi ikkinchi o‘ringa 


45
surilgan. Bu shu bilan bog’liqki, ikkala shart voqea tabiatan har xil emas, ya’ni 
birinchi voqea subyekt jihatidan umumlashgan, mavhum, ikkinchi voqea esa 
subyekt jihatidan birinchi voqea bilan nisbatlangan holda aniq. Demak, voqealar 
mazmuni teng emas. Ayni paytda bosh va ergash gaplardagi egalar o‘rtasida 
mazmuniy-sintaktik muvoziylik bor, ya’ni umuman, 

Yüklə 495,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin