48
Aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplarning ikki havola bo‘lakli
turida
kimning – uning, kim – u, qanday – shunday, qaysi – o‘sha
tarzidagi
qarshilantirilgan havola bo‘laklar mavjud bo‘ladi. Bunday gaplardan ham ikki
denotativ voqea ifodalanadi va ular o‘rtasidagi aloqa juda zich bo‘ladi, chunki
bunday
gaplarda ham mazmunan, ham shaklan o‘zaro tobelanish mavjud. Masalan,
Kimning quroli bilim bo‘lsa, uning kelajagi porloq
(J. Abdullaaxonov).
Xalq qaysi yo‘ldan yursa, sen ham shu yo‘ldan yur
(Oybek).
Kim unga kattaroq va’da bersa, o‘shaning orqasidan ketaveradi
(O.
Yusupov).
Nihoyat
shuni aytish kerakki, aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gaplarning
birinchi turida bosh gap avtosemantik bo‘la oladi, ergash gap esa hamisha
sinsemantik, ikkinchi turida esa har ikkala gap ham sinsemantikdir.
Ikki havola bo‘lakli payt ergash gapli qo‘shma gaplar.
Payt ergash gapli qo‘shma gaplarning asosiy qismi havola bo‘laksiz bo‘ladi.
Ergash gap payt holi sifatida to‘g’ridan-to‘g’ri
bosh gap tarkibiga kiradi, natijada
havola bo‘lakka zaruriyat bo‘lmaydi. N. Mahmudovning qayd etishicha, keng
tarqalmagan bo‘lsada, nutqda ikki havola bo‘lakli payt ergash gapli qo‘shma
gaplar
ham uchraydi. Bunday gaplarda
qachon – shunda //o‘shanda// o‘sha paytda
tarzida qarshilantirilgan havola bo‘laklar ham mavjud bo‘ladi. Masalan:
Sen qachon o‘ninchi sinfni bitirsang, o‘shanda soat olib beraman.
Mazkur
gapda bosh gapdagi
o‘shanda
havola bo‘lagi payt vazifasida
kelgan, ergash gapda ham xuddi shunday sintaktik o‘rindagi mos
qachon
havola
bo‘lagi bor. Ikkala denotativ voqea payt jihatdan umuman anglashilarli bo‘lsa-da,
ochiq aniq aytilmaydi. Bu gapda havola bo‘lakni chiqarib yuborganda ham gapdagi
payt munosabati o‘zgarmaydi, faqat ta’kid bir qadar kuchsizlanadi:
Sen o‘ninchi sinfni bitirganingda, soat olib beraman.
Aytish kerakki, avvalgi asosiy tur – havola bo‘laksiz payt ergash gapli
qo‘shma gaplarda bosh gap mazmunan erkin, ergash gap erkin emas bo‘lsa,
keyingi ikki
havola turida bosh gap ham, ergash gap ham erkin emas.
Dostları ilə paylaş: