49
N.Mahmudov o‘rin ergash gapli qo‘shma gaplar, asosan,
ikki havola
bo‘lakli turdan tashkil topishi haqida fikr yuritadi. Bunday qo‘shma gaplarda bosh
gap ham, ergash gap ham denotativ voqeani ifodalaydi. Bu denotativ voqealar o‘rin
jihatidan umumiylikka ega bo‘ladi, ammo ergash gapda ifodalangan denotativ
voqeaning sodir bo‘lish o‘rni aniq emas,
balki umuman aytiladi, shuning uchun
ham u
qayerda, qayerdaki, qayerga
kabi so‘roq olmoshlari bilan ifodalanadi. Bosh
gapda esa ana shu so‘roqlarga muvofiq keluvchi
o‘sha yerda, u yerda, u yerga
kabi
havola bo‘laklar mavjud bo‘lib, ular bosh gapdagi harakatning bajarilishi o‘rnini
bildiradi, ya’ni o‘rin holi sintaktik pozitsiyasida bo‘ladi.
Qayerda – u yerda
qabilidagi havola bo‘laklar bir-birini doimiy taqozo qiladi va denotativ voqealar
o‘rtasidagi mustahkam aloqani ta’min etadi. Masalan:
Qayerda suv serob bo‘lsa, u
yerda tabiat ko‘rkam bo‘ladi
(“Yoshlik”).
29
Yozma manbalar tilini tahlil qilganimizda esa o‘rin ergash gapli qo‘shma
gaplarning shakllanishida o‘ziga xosliklarni kuzatdik. Yuqoridagi ergash gap
turlarida bo‘lgani kabi birinchi bosh gap tarkibidagi havola bo‘lak
nutqdan
tushuirib qoldirilganligini guvohi bo‘ldik. Masalan:
Qayu yerga tosh tegsa, o‘tar
erdi, boshindin oyoqing‘a tegincha (TF).
Mazkur misol orqali
qayeriga tosh tegsa,
o‘sha yeridan (joyidan) o‘tar edi
mazmunini anglash mumkin. Yana misollarga
murojaat qilsak,
Qaydakim boda bo‘lur, so‘z ko‘p o‘lur,
Bo‘lsa ham boda bila so‘z xo‘b o‘lur (SHN 15).
Mazkur baytda ham
yaxlit holda gaplar o‘zaro o‘rin munosabatiga ko‘ra bog‘langan bo‘lib, qayda –
o‘sha yerda tarzida savol-javob mazmuni ostida birlashgan.
Quyidagi misollarimiz
haqida ham xuddi shu fikrni bildirish mumkin. Ularning qo‘llanishi va mazmuniy
tuzilishida farq yo‘q. Quyida keltirilgan misollarimiz ham unga guvohlik beradi.
Masalan:
Qaydakim, husniha javlon bo‘ldi,
Bir pari chehra namoyon bo‘ldi (SHN 19).
29
Нурмонов
А
.,
Маҳмудов
Н
.,
Аҳмедов
А
.,
Солихўжаева
С
.
Ўзбек
тилининг
мазмуний
синтаксиси
. -
Тошкент
,
Фан
. 1992. 275-
б
.
50
Qaydakim bo‘ldi ayon ishq asari,
Bor edi barining andin xabari (SHN 19).
Qaydakim, bor sening oting mastur,
Bo‘lur ul to‘rtning oti mazkur (SHN 23).
O‘rin ergash gapli qo‘shma gaplarda mazmuniy – sintaktik muvofiqlik
asosan saqlanadi. Ayni paytda ularda bosh gap ham,
ergash gap ham mazmunan
erkin emas, chunki qo‘shma gap qismlari aro o‘zaro tobelanish mavjud.
Dostları ilə paylaş: