Ikki havola bo‘lakli o‘lchov-daraja ergash gapli qo‘shma gaplar.
O‘lchov-daraja ergash gapli qo‘shma gaplarning mazmuni munosabatining
ifodalanishiga ko‘ra ikki xil ko‘rinishi farqlanadi: bir havola bo‘lakli va ikki havola
bo‘lakli. Ikki havola bo‘lakli o‘chov-daraja ergash gapli qo‘shma gaplar nisbatan
keng tarqalgan. Ergash gapli qo‘shma gaplarning boshqa ikki havola bo‘lakli
turlaridagi kabi bunday gaplarda ham qarshilantirilgan havola bo‘laklar mavjud
bo‘ladi, ya’ni qancha – shuncha, qanchalik – shunchalik kabilar. Bosh gapda
shuncha, shunchalik kabi havola so‘zlar mavjud bo‘ladi va ular o‘lchov-daraja holi
sintaktik o‘rnida keladi. Qancha, qanchalik so‘zlari ham ergash gapda shunday
o‘rinda bo‘ladi, demak, ular orasida parallelizm bo‘ladi, ikki denotativ voqea
harakatning miqdoriy belgisiga ko‘ra umumiydir. Voqealar o‘rtasidagi musosabat
o‘zaro tobelanishga ko‘ra juda zich bo‘ladi. Eski o‘zbek tili manbalari tilida biz
uning ne qadar birikmasining o‘lchov-daraja ma’nosida qo‘llanganligini
kuzatishimiz mumkin. Masalan:
Ne qadar suvki ariqqa solur ul,
Ne qilibon, ne qadarkim olur ul (SHN 13)
Natija ergash gapli qo‘shma gap. Natija munosabati bunday qo‘shma
gaplarning mazmunini tashkil qiladi. Ikkinchi voqea birinchi voqeaning natijasi
sifatida yuzaga keladi. Shuni aytish kerakki, bosh gapdagi harakat atay, ergash
gapdagi harakatning natijasi sifatida o‘z-o‘zidan kelib chiqadi. Bu qo‘shma
gapning bu turiga bir necha misol topa oldik. Natija ergash gapli qo‘shma gaplar
ko‘proq bir havola bo‘lakdan iborat qo‘shma gap turi sanaladi. Misollarga
murojaat qilaylik:
51
Suvg‘a andoqki alar kirdilar,
Degasen suv kishisi erdilar (SHN 188)
Keltirilgan quyidagi misolda ham andoq havola bo‘lagi tor bo‘ldi ot kesim
oldidan kelib uning natijasi borligiga, ya’ni ergash gapga ishora qilib turadi.
Ravzana andoq tor bo‘ldiki, toshni qisti va anga borg‘ali qo‘ymadi, to tosh yer bila
ko‘k orasida turdi (225 NM)
|