Mavzu: Arab tilida to'ldiruvchi ergash gapning qiyosiy tahlili Mundarija



Yüklə 69,63 Kb.
səhifə1/24
tarix24.01.2023
ölçüsü69,63 Kb.
#80528
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Mavzu Arab tilida to\'ldiruvchi ergash gapning qiyosiy tahlili M

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • KIRISH

Mavzu: Arab tilida to'ldiruvchi ergash gapning qiyosiy tahlili

Mundarija


KIRISH 2
I BOB.ARAB TILLARIDA GAP VA ULARNING TURLARI 3
1.1 Arab tilidagi to‘ldiruvchi ergash gap 3
1.2 Arab tilida sodda va murakkab jumlalar 6
II BOB. ARAB VA O‘ZBEK TILLARIDA TO’LDIRUVCHI ERGASH GAPLI QO‘SHMA GAPLARNING IFODALANISHI 20
2.1. O‘zbek tilida to’ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplar 20
2.2. Arab tilida to’ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplar arab tilshunoslari talqinida 32
XULOSA 37
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 39
ILOVA 40


KIRISH


Dunyodagi grammatikasi mukammal ishlab chiqilgan tillardan biri arab tili hisoblanadi. Arab tili grammatikasi o‘nlab asrlar davomida arab millatiga mansub bo‘lgan va bo‘lmagan millat vakillari tomonidan o‘rganib kelinadi. Har bir millat vakillari arab tili grammatikasini o‘z tiliga taqdim qilishda turli uslublarni qo‘llaydilar. Ular arab tili grammatikasini tushuntirishda o‘z ona tilida mavjud grammatik qurilmalarning o‘xshash tomonlarni tahlil qilib, o‘z tilida iste’molda bo‘lgan grammatik atamalar bilan tushuntirishga harakat qilganlar. Albatta, ushbu pedogogik uslub arab tilini o‘rganayotganlar uchun arab tili grammatikasi haqida tasavvurlarini kengayishini tezlashtiradi. O‘rganuvchi uchun yangi grammatik atamalarni o‘zlashtirishdan ko‘ra o‘ziga tanish bo‘lgan atamalarni ishlatish yengilroq kechadi.
Biroq, bu uslub har doim va har bir til uchun ham to‘g‘ri kelavermaydi. Misol tariqasida arab tilidan qabul qilingan va ko‘plab o‘zbek va rus tilida yozilgan arab tili grammatikasi kitoblarida keltirilgan “Tamyiyz” ya’ni “cheklov” tushunchasini olaylik. Olimlarimiz bu tushunchani hech qanday o‘zgarishsiz qabul qilishlari o‘zbek va rus tillarida bunday holat uchramasligidan dalolat qiladi. Ushbu tushuncha cheklov deb tarjima qilingan, lekin bu tarjima arab tilidagi asl ma’nosiga qanchalik to‘g‘ri kelishida ba’zi olimlarimiz ixtilof qilishadi. Bizning fikrimizcha bunday holatlarni o‘zbek va rus tilida yozilgan arab tili grammatikasiga oid kitoblarda uchratish qiyin emas. Shunday holatlardan biri bu arab tilidagi “to’ldiruvchi ergash gaplar” dir. O‘zek va rus tilidagi arab grammatikasiga bag‘ishlangan kitoblarda o‘zbek va rus tili grammatikasiga moslashtirib tushuntirganlar. Ya’ni ular ergash gap bosh gap uchun qanday vazifa bajarayotganligiga, u gapni aniqlab, to‘ldirib kelayotgan vazifalariga qarab bo‘lganlar. Arab tilshunoslari ergash gaplarni ularni nimadan tashkil topganligiga qarab, tasniflaganlar.

Yüklə 69,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin