Mavzu: Arab tilida to'ldiruvchi ergash gapning qiyosiy tahlili Mundarija



Yüklə 69,63 Kb.
səhifə14/24
tarix24.01.2023
ölçüsü69,63 Kb.
#80528
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Mavzu Arab tilida to\'ldiruvchi ergash gapning qiyosiy tahlili M

1. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar.
2. Bog‘langan qo‘shma gaplar.
3. Ergash gapli qo‘shma gaplar.
Tobelashtiruvchi bog‘lovchilar yoki bog‘lovchi vazifasidagi vositalar yordami bilan aloqaga kirib, biri ikkinchisiga mazmunan tobe bo‘lib, uni izohlab kelgan gaplar birikmasidan tashkil topgan qo‘shma gap turiga ergash gapli qo‘shma gap deyiladi.29
Ergash gapli qo‘shma gaplarni tashkil etgan sodda gaplar xarakteriga ko‘ra ikki xil bo`ladi: boshqa bir gapga ergashib, tobe bo‘lib, ikkinchi bir gapni izohlab, to‘ldirib keluvchi gaplar ergash gaplar bo‘lsa, mazmuni izohlanayotgan boshqaruvchi gap bosh gap hisoblanadi.
Bosh va ergash gap grammatik hamda mazmunan jips bog‘lanib, yaxlit birlikni tashkil etadi va umumiy bir fikrni ifodalaydi.
Bosh va eragsh gap o‘zaro; 1) o‘rinlashishi, 2) maxsus fe`l shakllarining qo‘llanishi (turli grammatik vositalar bilan birikkan sifatdosh va ravishodosh), 3) yordamchi so‘zlar orqali munosabatga kirishadi.
Bosh va ergash gaplar 1) ularning vazifasi, 2) aniq mazmuni, 3) bog‘lanish usuli, 4) leksik tarkibini aniqlash orqali belgilanadi.30
Ergash gap, odatda, bosh gapni izohlash vazifasida keladigan, izohlash orqali mazmunan bosh gapga tobe bo‘lgan qo‘shma gap qismidir; ergash gap turli tobelashtiruvchi vositalar yordami bilan bosh gapga bog‘lanadi. Bosh va ergash gapni biriktirishda turli leksik elementlarning – birinchi navbatda nisbiy olmoshlarning ham roli kattadir, bu olmoshlar ham bosh gap, ham ergash gap tarkibida yoki ulardan birining tarkibida bo‘lishi mumkin.
Bosh va ergash gap orasidagi bunday farqlar hamma va har qanday holatda to‘g‘ri kela bermaydi, bu farqlanuvchi tomonlarning hammasi hisobga olingandagina bosh va ergash gapni chegaralash mumkin bo‘ladi; masalan, odatda, ergash gap kesimlarining tobe shaklda bo‘lishi bilan farqlanib turadi. Ammo bazi hollarda bosh va ergash gaplarni bog‘lovchi grammatik vositalar bosh gap tarkibida bo‘ladi: Nihoyat, Hirotdagi ba’zi mashhur zotlarga shunday taqlid qildiki, o‘tirganlar o‘rinlaridan qo‘zg‘olmay qoldilar. (O.)31
Bu ergash gapli qo‘shma gapning bosh gapi – Nihoyat, Hirotdagi ba’zi mashhur zotlarga shunday taqlid qildiki bo‘lib, tarkibidagi bosh va ergash gapni biriktiruvchi nisbiy so‘z shunday va -ki bog‘lovchisi bor. Bu gap shaklan ergash gapga o‘xshasa ham, mazmunan bosh gap hisoblanadi. Ikkinchi natija ergash gap bo‘lib, u bosh gapning kesimidan anglashilgan holatning natijasini, ta’sirini ifodalaydi.
Ergash gapdagi mustaqillik ayniqsa bosh gapi …ma’lumki, shuni bilingki, … turidagi konstruksiyalarda yaqqol ko‘rinadi. Bunday qo‘shma gaplarning bosh gapi shaklan va mazmunan kirish bo‘lak yoki kirish gaplarga o‘xshaydigan barqaror so‘z yoki birikmalar orqali ifodalanadi. Bunda ergash gap fikrni kengaytirish, hatto asosiy maqsadni ifodalash uchun xizmat qiladi.
Ergash gaplarda bosh gapdagiga qaraganda ham muhimroq voqea, hodisa haqida xabar beriladi, ular shaklan mustaqil ham bo‘ladi. Ammo bu turdagi ergash gaplar vazifalariga, boshqa bir gapni izohlash vazifasiga ko‘ra, ergash gap sanaladi.32
Ergash gaplarning ichki turlari orasida ayrim o‘xshashlik, yaqinlik ham bo‘ladi. Masalan, shart va ergash gaplar; to’ldiruvchi va natija; sabab va maqsad; ravish va qiyoslash, o‘xshatish ergash gaplar va boshqalar. Bir – biriga o‘xshash shakl va mazmundagi ergash gaplar ularning grammatik belgilari va mazmuniga qarab farqlanadi.
Ba‘zi bir ergash gaplarda ikki xil ergash gapning mazmuni bo`ladi:

Yüklə 69,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin