Mavzu Arab tilida to\'ldiruvchi ergash gapning qiyosiy tahlili M
Kimga u ayolga o‘xshash umr yo‘ldosh nasib etsa, U hayoti davomida baxtlidir. Ushbu misoldagi ف bilan boshlangan jumla o‘rniga hozirgi-kelasi zamon fe’lining shart mayli shaklini qo‘ysa bo‘ladi.( يسعد= سعيد ذلك) الفاء dan keyingi jumla
بالفاء المُقترنة الخازم الشرط جواب جملة bo‘lgani uchun uni “la mahall mina-l-e’rob” toifasiga kiritiladi va u الشرط جواب جزم محل .25 Ergashgan qo‘shma gap tarkibidagi har bir gap mazmunan mustaqildir. Mazkur mustaqil gaplar bir-birini to‘ldiradi, aniqlaydi, izohlaydi. Ergash gap bosh gapga ergashadi, bosh gap mustaqilday ko‘rinsa ham, aslida unda ergash gap tomonidan izohlanish ehtiyoji mavjud bo‘ladi. Ergash gap bosh gapga turli vositalar: bog‘lovchilar, yuklamalar, bog‘lovchi so‘zlar, kelishik qo‘shimchalari, paytni bildiruvchi otlar, nisbiy so‘zlar, bog‘lovchi so‘zlar orqali birikadi.
Ergashgan qo‘shma gapdagi komponentlar ergashtiruvchi bog‘lovchilar orqali bog‘lanadi. Rus va o‘zbek tillarida ergashtiruvchi bog‘lovchilar hech qanday gap bo‘lagi bo‘lmay, ergash gap bilan bosh gapning grammatik aloqasini ko‘rsatuvchi vosita sanaladi.
Arab tilshunoslari bu masalaga o‘zgacha nazar bilan qaraydilar.
Ega ergash gap bosh gapda tushib qolgan eganing vazifasini bajarib keladi. Bunday qo‘shma gaplarning ko‘pincha ergash gap – egasi tilga olinmagan to‘liqsiz bosh gapning kesimiga nisbatan ega vazifasini bajaradi.
Kesimi fe’l bilan ifodalangan qo‘shma gapning egasi jumla bilan ifodalanishi mumkin va uni arablar ﺍﻟﺟﻣﻠﺔ ﺍﻟﻮﺍﻗﻌﺔ ﻓﺎﻋﻼ ﺍﻭ ﻧﺎﺋﺐ ﻓﺎﻋﻞ. deb nomlaydilar.
Bunday jumlada ega, ya’ni ﺍﻟﻔﺎﻋﻞ fe’liy jumla ham, ismiy jumla ham bo‘lishi mumkin.
Fe’liy: . ﺍﻠﻌﺎﻟﻢ ﻓﻰ ﺍﺗﺠﻮﻞ ﺍﻦ ﻟﻰ ﻴﻟﺫ
Dunyo bo‘ylab safar qilish menga huzur bag‘ishlaydi. Ismiy:. ﺑﺎﻟﺮﻴﺎﺿﺔ ﺸﻐﻭﻒ ﺃﻨﱠﻚ ﺑﻟﻐﻧﻰ
Sening sportga qiziqishing menga ma’lum bo‘ldi. ﺍﻠﻌﺎﻟﻢ ﻓﻰ ﺍﺗﺠﻮﻞ ﺍﻦ ﻟﻰ ﻴﻟﺫ jumlasi ﻴﻟﺫ fe’l-kesimi bilan boshlangani uchun uning egasi ﺍﻟﻔﺎﻋﻞ deb ataladi. ﺍﻠﻌﺎﻟﻢ ﻓﻰ ﺍﺗﺠﻮﻞ ﺍﻦ fe’liy jumlasi ega vazifasida kelgan jumladir. Buni tushunish uchun ﺍﺗﺠﻮﻞ fe’lini ﺗﺠﻮﻞ shaklidagi masdarga almashtiriladi. Shunda gap ﺍﻠﻌﺎﻟﻢ ﻓﻰ ﺍﻟﺗﺠﻭﻞ ﻟﻰ ﻴﻟﺫ shaklini oladi. ﺍﻟﺗﺠﻭﻞ so‘zi “ ﺍﻟﺭﻓﻊ ” holatidagi ega bo‘lganligi uchun ega vazifasidagi ﺍﻠﻌﺎﻟﻢ ﻓﻰ ﺍﺗﺠﻮﻞ ﺍﻦ fe’liy jumlani ﻔﺎﻋﻞ ﺮﻓﻊ ﻤﺤﻞ ﻓﻰ deydilar va u ﺍﻹﻋﺮﺍﺐ ﻓﻰ ﻤﺤﻞ ﻟﻬﺎ ﺍﻠﺠﻤﻠﺔ bo‘ladi.26 ﺑﺎﻟﺮﻴﺎﺿﺔ ﺸﻐﻭﻒ ﺃﻨﱠﻚ ﺑﻟﻐﻧﻰ murakkab jumlasidagi ﻓﺎﻋﻞ ismiy jumla ﺑﺎﻟﺮﻴﺎﺿﺔ ﺸﻐﻭﻒ ﺃﻨﱠﻚ bilan ifodalangan. Shu bois mazkur jumla ﺍﻟﻤﺑﺗﺩﺃ ﺮﻓﻊ ﻤﺤﻞ ﻓﻰ deb talqin qilinadi.
Shuningdek, gapning ﻨﺎﺌﺐ ﻓﺎﻋﻝ ham fe’liy yoki ismiy bo‘lishi mumkin. Masalan:
ﺗﻣﺷﻰ ﺭﺍﺠﻼ ﻛﻝ ﻳﻭﻢ . ﺃﻥ ﻴﺴﺗﺤﺴﻦ