... o‘zi ko‘rgan arizani bir pasda olib chiqdi. (A. Qh.) Sifatdoshning bu shakli ko‘pincha o‘tgan zamonda ro‘y berib, hozir mavjud bo‘lgan belgini (perfekt) ifodalaydi:
Hovuzdan yigirma qadamlar narida to‘rt tomoni ochiq, ustunlari chiroyli naqshlangan, yerdan odam bo‘yi baland ko‘tarilib solingan kattagina shiypon... (O.) Qo‘mondon, ...qanotlari orqa tomonga sal qayrilgan aeroplanlarning uchib borishini kuzatdi. (A. T.) Hozirgi zamon ma’nosi -(a) yotgan, ba’zan -digan shaklli sifatdosh orqali ifodalanadi:
...nay ovozi kelayotgan tepachaga ketdi. (S. A.) U ... ho‘l o‘tin vishillab sasiyotgan o‘choqqa tikildi. (P. T.) Bu akam bilan Ustaxo‘janing katta o‘g‘li – Saidakbar turadigan hujra ekan. (S. A.) 40 Kelasi zamon ma’nosi bo‘lgan shaklli bog‘lamaning -moqchi yoki -ish shaklli harakat nomi va mumkin so‘ziga qo‘shilishi bilan ifodalanadi:
Mehmonlar kelmoqchi bo‘lgan kuni ikkovi qandoq o‘ynadi! (A. Qh.) U Jumaboyev uchrab qolishi mumkun bo‘lgan koridor va vestibullardan tez o‘tib, ko‘chaga chiqdi. ( A. Qodirov)
2.2. Arab tilida to’ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplar arab tilshunoslari talqinida
To’ldiruvchi ergash gap maxsus turining o‘ziga xos yana bir xususiyati bor. Bu xil ergash gaplarning egasi tarkibida uchinchi shaxs egalik affiksi -i (si) keladi, bu affiks qaratqichni talab etmaydi, chunki qaratqich aniqlanmishning o‘zidir:
O‘g‘li zavodda ishlaydigan kampir quvonib so‘zladi. Aniqovchi ergash gapning bu xili uyushib kelishi mumkin:
Xotinlarning bir qismi o‘zi ko‘zlab yurgan yoki kuchi yetadigan sohada ishlashga xohish bildirdi. ( A.Qh.) O‘zi keltirgan va xotini Kifoyatxon pishirgan zakuskalar bilan bezadi. ( A.Qh.)41 To’ldiruvchi ergash gapning bu xili bosh gap tarkibidagi ot bilan ifodalangan bo‘lakka bog‘lanadi, aniqlanmish gapning bosh bo‘lagi ham, ikkinchi darajali bo‘lagi ham bo‘la oladi.
Arab tilidagi الموصولة الجملة “al-jumlatu al-mavsulatu”lar o‘zbek tilidagi “To’ldiruvchi ergash gaplar”gaqiyosan to‘g‘ri keladi. Bunday jumlalar tarkibida الموصول اسمya’ni nisbiy olmoshlar keng qo‘llaniladi. O‘zbek va rus arabshunos olimlari o‘zlarining asarlarida ko‘pincha nisbiy olmoshlarni alohida emas, to’ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplar mavzusida ko‘rsatib o‘tadilar. Ular nisbiy olmoshlarning to’ldiruvchi ergash gap bilan bosh gapni bog‘lash xususiyatini, bosh gapda aniqlab kelayotgan so‘z bilan jins va sonda moslashishini va nisby olmoshlarning o‘zbek tilida kengaytirilgan sifatdosh yordamida ifodalanishi kabi xususiyatlarini tushuntiradilar. Ular nisbiy olmoshlarning gapdagi vazifasini e’tiborga olgan holda to’ldiruvchi, ega, kesim va to‘ldiruvchi ergash gaplarga ajratganlar. الموصولة الجملة “al-jumlatu al-mavsulatu”lar tarkibiga o‘zbek tilidagi to’ldiruvchi ergash gaplardan tashqari ega, kesim va to‘ldiruvchi ergash gaplar ham kirib ketadi. Arab tilshunoslari esa gaplarni nimadan tashkil topganligiga qarab, tasniflaganlar.
الموصولة الجملة “al-jumlatu al-mavsulatu”lar ikki qismdan tashkil topadi:42 1. الموصول اسم
2. الموصول صلة أو له صلة
الموصول اسم nisbiy olmoshlardan keyin kelayotgan jumla الصلة “as-sila” deb nomlanadi.
Arab tilida الموصول اسم larning الخاص الموصول maxsus nisbiy olmoshlar vaالموصول المشترك mushtarak nisbiy olmoshlar mavjuddir: .43الموصول المشترك ba’zi bir arab tilshunoslari asarlarida ﺍﻟﺤﺭﻭﻒ ﺍﻟﻤﻭﺻﻭﻟﺔ deb ham nomlanadi.44