. يفلح اللذان تعاونا على الخير
Yaxshilikda hamroh bo‘lgan ikki kishi muvaffaqiyatga erishadilar. .ﺃﻋﺟﺑﺘﻧﻰ ﺍﻟﻗﺼﺔ ﺍﻟﺗﻰ ﻗﺭﺃﺘﻬﺎ
Sen o‘qib bergan hikoya menga yoqdi. ﺃﻋﺟﺑﻧﻰ ﺍﻟﻤﻗﺎﻻﻦ ﺍﻟﻟﺫﺍﻥ ﻧﺷﺭﺗﻬﻤﺎ ﺍﻟﺻﺤﻴﻔﺔ. Gazetada sen nashr qilgan ikki maqola menga yoqdi. . ﻫﺎﺘﺎﻥ ﻫﻤﺎ ﺍﻟﺭﻮﺍﻴﺘﺎﻥ ﺍﻟﻟﺗﺎﻥ ﻗﺭﺃﺘﻬﻤﺎ
Bu o‘sha men o‘qigan ikki hikoyadir. . ﻴﺠﺗﻬﺪﻭﻥ ﺍﻟﺬﻴﻥ ﻴﻓﻟﺢ
Tirishqoqlik qilganlar (kishilar) muvaffatiyat qozonadilar. . ﻴﺠﺗﻬﺪﻦ اللائي ﺗﻔﻟﺢ
Tirishqoqlik qilgan (ayollar) muvaffaqqiyatga erishdilar. Bu misollarda ham nisbiy olmoshlarning o‘zidan oldingi so‘z bilan ikkilik yoki ko‘plik sonlarda, muzakkar yoki muannas jinsda moslashishini ko‘rish mumkin. Bular orasidagi (الأُلى) nisbiy olmoshi ko‘plik sondagi oqil va g‘ayri oqil, muzakkar, muannas jinslarga bir xil holatda qo‘llaniladi. Masalan:
يفلح الأُلي يجتهدون Tirishqoqlik qilganlar (kishilar) muvaffatiyat qozonadilar. تفلح االألي يجتهدن. Tirishqoqlik qilgan (ayollar) muvaffaqqiyatga erishdilar. اقرأ من الكتب الألي تنفع .46 Kitoblardan senga foydasi tegadiganlarini o‘qigin.
XULOSA
Biz “Arab tilidagi to’ldiruvchi ergash gaplarning o‘zbek tilidagi muqobili bilan qiyosiy tahlili” ga oid mavzuimiz ustida ilmiy tadqiqot olib borib, bu tillar grammatikalari o‘rtasida o‘xshashliklar bilan birga farqlar ham mavjud ekanligining guvohi bo‘ldik. Shuningdek, arab tili grammatikasiga oid o‘zbek va rus tilidagi manbalar bilan asl arab manbalari o‘rtasidagi sezilarli farqlar ham tadqiqotimiz davomida namoyon bo‘ldi. Ushbu magistrlik dissertatsiyasini yozish jarayonida olib borgan tadqiqotimiz natijasida quyidagi xulosalarga keldik: