shuni
havola bo‘lagi bor, u to‘ldiruvchi vazifasida,
ikkinchi gapda
ota-bola toychoqni yaltiratib artib qo‘yishardi
shaklidagi bosh
gap havola bo‘lak yo‘q. Avvalo, havola bo‘lakning tabiatiga ko‘ra ayni bosh
gapdagi to‘ldiruvchi sintaktik o‘rni faqat shaklan berkitilgan, chunki havola bo‘lak
mazmunan bo‘sh, shuning uchun bosh gap sintaktik to‘liq bo‘lsa ham, mazmunan
noto‘liq. Ikkinchi gapdagi bosh gap esa mazmunan, ham sintaktik jihatdan to‘liq.
Birinchi bosh gap mazkur havola bo‘lakning keyingi ergash gapga havola qilishiga
ko‘ra mazmunan to‘liq bo‘ladi, ergash gap bosh gap predikatining kuchli
sintagmatik valentligini berkituvchi to‘ldiruvchi o‘rniga qo‘yilib idrok qilinadi.
Ikkinchi gapda esa ergash gapning o‘rni bosh gap tarkibiy qurilishining bevosita
ichida. Birinchi gapda ergash gap bosh gapning sintaktik o‘rinlar tizimidan
tashqarida bo‘lib, u bu tizimga muayyan mantiqiy-mazmuniy harakatlar orqali
kirilsa, ikkinchi gapda bunday harakatlarga zaruriyat yo‘q, chunki u ayni tizimning
uzviy a’zosi. Ikkinchi gapdagi ergash gap bosh gap predikatining kuchsiz
sintagmatik valentligini berkituvchi sintaktik o‘rinni egallagan, shuning uchun
ergash gap ishtirok etmaganda ham, bosh gap mazmuniy-sintaktik ma’nosini
yo‘qotmaydi. Aytilgan mulohazalarga ko‘ra yana bir narsani ta’kidlash lozim.
Havola bo‘lakli bosh gaplar sinsemantik, ya’ni ergash gaplardan ajratib
olinganda, mustaqil qo‘llana olmaydi, mazmunan chala bo‘lib qoladi. Havola
bo‘laksiz bosh gaplar esa avtosemantik, ya’ni ergash gaplardan ajratib olinganda
ham mazmunan nisbiy mustaqilligini saqlay oladi, mazmunan chala, noto‘liq
bo‘lib qolmaydi.
18
Ergash gapli qo‘shma gaplarning ayrimlarida bosh gapdagi havola
bo‘lakning o‘zi bilan chegaralanmaydi. Bu havola bo‘lak bilan muvofiq keluvchi
boshqa bir havola bo‘lak ergash gap tarkibida ham mavjud bo‘ladi. Bosh va ergash
gaplardagi bu havola bo‘laklar savol-javob tarzidagi doimiy qarshilantirishni
tashkil etadi:
kim – u, kim – o‘sha, kimlar – ular, nima – shu, nima – u, qancha –
shuncha, qanday – shunday, nechta – shuncha, qanchalik – shunchalik, qayer –
shu yer, qay tomon – shu tomon
kabi. Ana shu havola bo‘laklardagi
qarshilantirishga ko‘ra bosh va ergash gaplar o‘rtasidagi aloqa tabiatida ham o‘ziga
xoslik yuzaga keladi. Masalan:
Kim mehnat qilsa, u rohat ko‘radi
(“Mashriqzamin
– hikmat bo‘stoni” kitobidan).
Qayerda intizom bo‘lsa, u yerda muvaffaqiyat
bo‘ladi.
(“Tafakkur gulshani” jurnalidan). Bu gaplardagi tobelik aloqasi boshqa
ergash gapli qo‘shma gaplardagidan farqli o‘laroq, ikki tomonlamadir, ya’ni “aloqa
yo‘nalishi ergash gaplardan bosh gaplarga, ayni vaqtda bosh gaplardan ergash
gaplar tomon harakat qiladi”
17
. Tobe aloqaning o‘ziga xos bu turi turli tilshunoslar
tomonidan turlicha nomlangan. Ular orasida dastlab
А
.
М
.
Пешковский
tomonidan
tavsiya etilgan “
Взаимное
подчинение
”, ya’ni “O‘zaro tobelanish” atamasi
18
hodisa mohiyatini aniq aks ettiradi.
O‘zaro tobelanishli ergash gapli qo‘shma gaplarda ergash gap oldin, bosh
gap esa keyin keladi. Ergash gap tarkibidagi havola bo‘lak umumlashgan so‘roq
ma’nosida
(kim, nima, qancha, qanday, qayer
kabi), bosh tarkibidagi havola bo‘lak
esa shu so‘roqqa umumiy javob ma’nosida
(u, o‘sha, shuncha, shunday, o‘sha yer
kabi) bo‘ladi
19
. Bunday ergash gapning predikati shart ergash gapning predikati
kabi shart maylidagi fe’l (yoki ba’zan shart ma’nosiga ega bo‘lgan boshqa fe’l:
masalan
-r ekan
) orqali ifodalangan bo‘ladi, lekin undagi shart ma’nosi
kuchsizlangan bo‘lib, bu shakl mazkur havola bo‘laklar bilan birgalikda bosh va
ergash gaplarni bog’lovchi vosita vazifasini bajaradi. Ayni havola bo‘laklar shart
ma’nosini xiralashtiradi, shuning uchun ham o‘zaro tobelanishli, demak, har ikki
qismida ham havola bo‘laklar mavjud bo‘lgan ergash gapli qo‘shma gaplar sirasida
17
Berdialiyev A. Kordinativ aloqa va uning xususiyatlari // O’zbek tili va adabiyoti. Toshkent, 1984, 21-bet
18
Пешковский
А
.
М
.
Русский
синтаксис
в
научном
освещении
.1956.
19
Asqarova M.A Hozirgi zamon o’zbek tilida qo’shma gaplar. Toshkent: O’qituvchi 1987, 53-bet
19
shart ergash gapli qo‘shma gaplar yo‘q. Agar imkon bor o‘rinlarda havola
bo‘laklar tushirib qoldirilsa, gapdagi shart mazmuni yaqqol yuzaga chiqadi va gap
shart ergash gapli qo‘shma gapga aylanadi. Masalan:
Dostları ilə paylaş: |