Havola bo‘lakli qo‘shma gaplar taraqqiyoti reja: bmi


Kim mehnat ko‘rsa, u rohat  ko‘radi



Yüklə 495,99 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/37
tarix20.11.2023
ölçüsü495,99 Kb.
#162509
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37
норкулова мухайё пдф файл

 
Kim mehnat ko‘rsa, u rohat 
ko‘radi
 
(ega ergash gap). 
– 
Mehnat qilsang, rohat ko‘rasan 
(shart ergash gap). 
Qayerda intizom bo‘lsa, u yerda muvaffaqiyat bo‘ladi 
(o‘rin ergash gap). – 
Intizom 
bo‘lsa, muvaffaqiyat bo‘ladi 
(shart ergash gap).
Ammo ta’kidlash lozimki, havola bo‘lak faqat bosh gapdagina mavjud 
bo‘lganda havola bo‘lakning tushirib qoldirilishi ergash gap turning o‘zgarishiga 
olib kelmaydi. Qiyoslang: 
Tolib aka shuni bilib qo‘ysinki, Akrom Saidning ham 
ocherki jurnalda chiqmaydi. 
Har ikki holatda ham to‘ldiruvchi ergash gap mavjud.
Ikkinchi holatdagi, ya’ni bosh gapdagi havola bo‘lagi tushib qolgan gaplarni 
ham havola bo‘lakli bosh gap sifatida qarash maqsadga muvofiq, chunki havola 
bo‘lak bunday hollarda qo‘llanmaganda ham uning sintaktik o‘rni ochiq ekanligi 
aniq sezilib turadi. Odatda bosh gapdagi havola bo‘lakning tushib qolishi, asosan, 
ega va to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplarda kuzatiladi. Gapdagi predikat 
ifodasining kuchli sintagmatik valentliklari ko‘pincha ana shu bo‘laklar – ega va 
to‘ldiruvchi bilan berkiladi. Ana shuning uchun ham bosh gapdagi ega va 
to‘ldiruvchi vazifasida kelgan havola bo‘laklar qo‘llanmaganida ham baribir, uning 
borligi anglanadi, istagan paytda uni tiklash mumkin. 


20
 
2-BOB 
TARIXIY MANBALARDA HAVOLA BO‘LAKLARNING QO‘LLANISHI 
VA ULARNING TASNIFI 
 
2.1.
 
Tarixiy manbalar tilida havola bo‘lakli qo‘shma gaplarning 
qo‘llanishi.
Tarixiy manbalar tilining tahlili shuni ko‘rsatadiki, ular o‘zida turli gap 
konstruksiyalarini, sodda gap-monopredikativ konstruksiyalarni namoyon qiladi. 
Fosr mashoyixi bilan suhbat tutib erdi 
tipidagi gaplar bir bosh bo‘lakli sodda 
gaplarning shaxsi aniq gap turiga kiradi. Mazkur gapda suhbat tutmoq predikati 
o‘ziga aloqador aktantlar munosabatidan tashkil topgan sintaktik qurilma sanalib, 
bir predikativ ifodadan iborat. Predikat o‘zida mayl, zamon, shaxs-son kabi 
predikativlik belgilarini mujassam etgan. Ushbu gapda ega ifodalanmagan bo‘lsa-
da, u gap predikati kesimdan anglashilib turadi. Shuning uchun ham A.Nurmonov 
bu tipdagi (nominallashgan) predikatlarni “o‘zida aks ettiruvchi har qanday 
predikatning o‘zi eng kichik gap sanaladi”
20
, deydi. Demak, gapning semantik va 
grammatik asosi predikativlik bo‘lib, uni tashuvchi asosiy element kesimidir.
H.G’. Ne’matov ham “zamon, modallik, shaxs-son kategoriyalari, umuman 
olganda, fe’lning morfologik kategoriyasi sifatida emas, balki, kesimlik 
kategoriyasi sifatida yuzaga chiqadi va ushbu kategoriyalar mazmunini kesim 
pozitsiyasida keluvchi barcha so‘z shakllarida o‘zining ifodasini topadi”, - deydi.
Eski o‘zbek tilida havola bo‘lakli qo‘shma gap va ularning turlari, shakllari 
xilma-xil. Ularning ayrimlari hozirgi o‘zbek tilidagi kabi ayrim bo‘laklari ko‘zga 
tashlanib tursa, ayrimlari yashirin yoki yondosh kelgan turlariga o‘xshamay qolishi 
mumkin.

Yüklə 495,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin