(Xudo kimniki beklikka loyiq ko‘rsa, unga bu ish uchun idrok va ko‘ngil ham beradi). Mazkur gap ikki havola bo‘lakli to‘ldiruvchi ergash gapli
qo‘shma gap hisoblanadi. Ushbu gapda ergash gap (Xudo kimniki beklikka loyiq
ko‘rsa) bosh gapdan (unga bu ish uchun idrok va ko‘ngil ham beradi) oldin kelgan.
Ergash gapda –
kimki olmoshi havola bo‘lak vazifasida kelgan, bosh gapda
unga olmoshi qo‘llanib, vositali to‘ldiruvchi vazifasida kelgan.
Qayu begda bo‘lsa bu arquq qilinch, Ishi – barcha tetru, sevinchi – saqinch. (Qutadg’u bilig 34-bet)
(Qaysi bek yomon qiliqli bo‘lsa, Barcha ishi ters bo‘lib, sevinchlari qayg’uga aylanadi). Ushbu gap ikki havola bo‘lakli aniqlovchi ergash gapli
qo‘shma gap hisoblanadi. Mazkur gapda ergash gap tarkibida
qaysi olmoshining
arxivarianti
“qayu” olmoshi qo‘llanib, havola bo‘lak bo‘lib kelgan, bosh gapda
“o‘shaning” olmoshi gapda qo‘llanilmagan bo‘lsada, lekin uning o‘rni sezilib
turadi.
… Qayu elka bo‘lsa bu yanglig’ begi
Qutuldi ul el budni ketti igi. (Qutadg’u bilig 124-bet)
(Qaysi elning begi shu yanglig’ bo‘lsa, O‘sha el barcha xavfdan xalos bo‘ladi). Ushbu gap ikki havola bo‘lakli ega ergash gapli sanalib, ergash gapda
qaysi olmoshining arxivarianti –
qayu olmoshi, bosh gapda esa o‘sha olmoshining
arxivarianti –
ul olmoshi qo‘llanilib, gapda ega vazifasida kelgan.
Kishilik qilurqa kishilik anut, Kishilik tengincha tora qil yanut. (Qutadg’u bilig 46-bet)
(Kim odamgarchilik qilsa, sen unga yaxshilik bilan javob qaytar). Mazkur gapdagi ergash gap tarkibida
kim havola bo‘lagi qo‘llanilgan hamda
vositali to‘ldiruvchi vazifasida kelgan. Mazkur qo‘shma gapning har ikkala
qismida ham havola bo‘lak mavjudligi sababli, havola bo‘lak real, lekin