anga oson bo‘lg’ay har ish. Va har kim tengrini tanisa, ko‘ziga kichik ko‘ringay
har nima. Va har kim tengriga birlik bila bilsa, anga sherik kelturmagay hech nimani. Va har kim tengriga iymon keltursa, emin bo‘lg’ay, barcha nimadin. Va agar osiy bo‘lsa, e’tiroz qilg’ay. Va chun e’tiroz qilg’ay, qabul tushg’ay. (Nasoyim
ul-muhabbat 38-bet)
Mazkur mikromatnda (ko‘chirma gapli qo‘shma gapda) mazmunan bir-biri
bilan zich aloqada bo‘lgan 7 ta ergash gapli qo‘shma gap mavjud bo‘lib, ulardan
beshtasi havola bo‘lakli qo‘shma gapdir. Har bir havola bo‘lakli qo‘shma gapning
ergash gap qismida havola bo‘lak sifatida har kim belgilash olmoshi qo‘llangan.
Birinchi gapda har kim – anga havola bo‘laklari mavjud, shunga ko‘ra bu
to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap, keyingi gapda esa havola bo‘lak har kim
faqat ergash gap qismida qo‘llanib, bosh gap tarkibida havola bo‘lak shaklan
qo‘llanmagan bo‘lsada, uning mazmunan bo‘sh o‘rni ma’lum, bosh gap kesimining
valentligiga ko‘ra anga olmoshini talab qiladi. Shunga ko‘ra bu ham to‘ldiruvchi
ergash gapli qo‘shma gap. Uchinchi gapda esa har kim – anga havola
bo‘laklarning grammatik shakliga ko‘ra to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gap
sirasiga kiradi. Navbatdagi to‘rtinchi gapda esa bosh gap tarkibidagi havola bo‘lak
– anga so‘zining o‘rni kesimlik shakllaridan ma’lum, demak, to‘ldiruvchi ergash
gapli qo‘shma gap. Beshinchi gapda ham ergash gap tarkibida har kim olmoshi
qo‘llangan bo‘lsada, bosh gap qismida havola bo‘lakning o‘rni ma’lum, u “u” olmoshidir. Demak, bu gap ega ergash gapli qo‘shma gap. Oltinchi va yettinchi
27
gaplar esa shart ergash gapli qo‘shma gaplardir. Bu gaplarda havola bo‘lak o‘rnida
ergash gap kesimi orqali ifodalanayotgan shart ma’nosini kuchaytiruvchi agar va