“Texnika” atamasi aslida yunoncha (tehnus) so!z boTib, turli sohalarda juda keng ma’noda qoTlaniladi va o‘zbek tilida “san’at” tushunchasini anglatadi. Etimologik Iug‘atdan shu narsa maTumki, miloddan awal 776-yildan boshlab har 4 yilda Gretsiyadagi Olimp togTarining etagida joylashgan Olimp qishlog‘ida Xudo Zevs sharafiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan umumyunon bayram musoba- qalari ishtirokchilari 2 gTIdirakli aravachada poyga, mushtlashish, beshkurash sporti bo‘yicha o‘z san’atlarini (texnikasini) namoyish etganlar. Qizig'i shundaki, har bir ishtirokchi musobaqadan oldin o‘z qaddi-qomatini, tana, qo‘1, oyoq mushaklarining shaklan va mazmunan go‘zal ko‘rinishda taraqqiy etganligini namoyish etishi mazkur musobaqalarning shartlaridan biri boTgan ekan.
Musobaqalardan 4 yil muqaddam ishtirokchining qaddi- qomati, mushaklarining shakli, ulaming ish bajarish (qisqarish) mazmuni ma’lum dastlabki ko‘rinish va rivojlanganlik darajasiga xos boTsa, 4 yil muntazam jismoniy mashqlar bilan maqsadli shug‘ullanish natijasida qayd etilgan ko‘rsatkichlar salohiyati yanada kuchayadi, qaddi-qomat yanada go‘zallashadi, mushaklar- ning qisqarish (bo‘shashish) kuchi va tezligi ortadi, chidamkorligi va qayishqoqligi kuchayadi, organizmning barcha ichki a’zolari funksional jihatdan shakllanadi. Ana shu o‘zgarishlar muayyan harakatni (ayniqsa, musobaqa uchun tanlangan harakatni) samarali va yuksak mahorat bilan ijro etilishiga imkon tug‘diradi. Qadimiy yunon musobaqalaridan aynan mazkur mahorat “san’at” (texnika) sifatida baholangan.
Masalaning yana bir muhim tomoni shundan iboratki, ilg‘or texnika va texnologiyalar yordamida ishlab chiqarilayotgan hamda uzluksiz shakllanib boradigan turli vositalar (samolyot, raketa, televizor, sovitgich, lift, traktor, avtomobil va h.k.)ning har bir
avlodi o'zining tashqi ko‘rinishiga, shakliga, mazmuniga, muayyan o‘Ichamlariga egadir. Ma’lumki, ushbu ko‘rsatkichlar shu vositalarning texnik pasportida qayd etiladi.
Ta’kidlash joizki, har bir sport turiga oid harakat malakalari ham o‘z texnik ko‘rsatkichlari, o‘lchamlari va ularni ijro etishda o‘ziga xos texnik tartibga asoslanadi. Boshqacha qilib aytganda, sportchi muntazam shug‘ullanishi natijasida musobaqada ishtirok etadi va o‘zining texnik mahorati darajasi tufayli maTum o‘rinni egallaydi, texnik pasportini esa sekin-asta yangilab boradi.
Zamonaviy badminton o‘yini ham ko‘pdan-ko‘p harakat malakalaridan iborat bo‘lib, shug‘ullanuvchilardan ixtisoslashgan kuch, tezkorlik, chidamkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik sifat- larini, iroda, matonat, o‘tkir zehnlik, zukkolik, “ayyorlik” (yaxshi sport ma’nosida) va boshqa shu kabi xislatlami shakllantirishni talab qiladi. Bugungi badmintonda g‘alabaga erishish faqat uzluksiz va maqsadli qo‘llanadigan katta yuklamali mashg‘ulotlar evaziga amalga oshirilishi mumkin. Shug‘ullanuvchilar organiz- mining imkoniyati ham bechegara emas, binobarin, yuklama va ish qobiliyatini tiklash (charchoqni bartaraf etish va organlarni tiklash) orqali shu organizm ish qobiliyatini, uni funksional faoliyatini muntazam shakllantirib borish zarur boTadi. Mashg‘ulotlarga aynan shunday yondashuv tufayli sportchining texnik mahoratini samarali shakllantirish mumkin, shundagina turli o‘yin vaziyat- larida qoTIanilishi zarur boTgan taktik yoki strategik masalalami hal qilish imkoniyati tugTladi.
Badminton o‘ynash uchun raketka, volan, sport kiyimi va maydoncha kerak boTadi.
Plyaj badmintoni (u sportga oid emas)ni yetarlicha ochiq joy boTsa, to‘rsiz o‘ynasaham boTadi. O‘yinni bir vaqtningo‘zida ikki nafardan besh nafargacha odam o‘ynashi mumkin. Agar o‘yinchilar soni juft boTsa, bir-birlariga qarama-qarshi turgan holda raketka yordamida volanni bir-birlariga uzatishlari kerak. Bunda imkon qadar volanni yerga tushirib yubormaslikka intilish zarur. O‘yin- chilar soni toq boTganda esa, kengroq joylashib olib, volanni
nafaqat sherigiga, balki doira bo‘yiab ham uzatish mumkin. O‘yinchilar sonidan qat’i nazar, ular orasidagi masofa o'rtacha uch metrdan o‘n metrgacha bo‘lishi talab etiladi. O‘yin joyini tanlashga e’tiborli bo'lish kerak. U tekis bo'lishi, atrofda o‘yinchilarga tan jarohati yetkazishi mumkin bo‘lgan narsalar bo‘lmasligi lozim. O‘yinni boshlashdan oldin ozgina mashq qilib - yugurib, sakrab, qo‘l va oyoqlami aylantirib, o‘tirib-turib, badanni qizltib olgan ma’qul.
Sport badmintoni esa maxsus tayyorgarlikni va maxsus sport maydonchasi bo‘lishini talab qiladi.
Sport badmintonining mazmuni shundan iboratki, o‘yinchi raketka yordamida volanni to‘r ustidan oshirib raqibi tomonga tashlashi, bunda volan o‘zi tarafda yerga tushmasligiga, aksincha, raqib tomonda yerga tushishiga harakat qilishi zarur. Agar raqiblar ikki kishi bo‘lsa, bu o‘yin yakkalik, mabodo to‘rt kishi bo‘Isa, juftlik deb ataladi. Shuningdek, erkak-ayol juftligi xuddi shunday juftlikdagi raqibga qarshi ham o‘ynashi mumkin. Burtday o‘yin mikst deb nomlanadi. “Mikst” so‘zi inglizchadan tarjima qilin- ganda, “aralash” degan ma’noni anglatadi.