Maydonchada qanday turish kerak? Badminton - tezkor va rang-barang o‘yin. Sportchi maydon bo‘ylab turlicha harakatlarga hamda zarba berish va ularni qaytarishiarga tayyor turishi kerak. Buning uchun o‘yinchining qulay va dinamik o‘mashuvi, badmintonchilar tili bilan aytganda - maydondagi turishi juda muhim. Maydonchada turishning turlari juda ko‘p, ammo asosiysi quyidagi: badmintonchi to‘rga qarab tizzalari sal bukilgan, oyog‘i yelka kengligida ochilgan holatda turadi. Og‘irlik markazi har ikkala oyoqqa birdek tushadi, tovoniar maydoncha yuzasidan salginako‘tarilgan bo‘ladi. Raketkani ushlab turgan qo‘l shunday ko‘tarilishi kerakki, bunda raketkaning kallagi sportchi- ning boshi balandligida bo‘lishi zarur. Ikkinchi qo‘l ham yarim bukilgan holatda muvozanatni saqlash uchun bel baianaligida ko‘tarilgan bo‘ladi.