Iv bob. O‘yin texnikasiasoslari va uning tasnifi



Yüklə 58,22 Kb.
səhifə14/31
tarix02.01.2022
ölçüsü58,22 Kb.
#41698
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31
Untitled

31-rasm. Raketkaning ochiq tomoni bilan yuqoridan zarba
berganda sportchining harakat fazalari.



Bunday zarbani samarali amalga oshirishning badminton uchun ham, katta badmintonda yuqoridan zarba berish (smesh) uchun ham xos boTgan yana bir siri bor. QoTni kerish paytida chap qo‘1 salgina ko‘tarilgan, bilakdan bukilgan, panjalar esa ucha- yotgan volanga yo‘nalgan boTishi zarur. Bunday holatda turish qulochni yozish harakatini, demakki, shunga mos tarzda zarba dinamikasini ham kuchaytiradi, shuningdek, xuddiki sportchiga beixtiyor raketka kallagini volanga zarba berish nuqtasiga texnik jihatdan to‘g‘ri va aniq olib borish imkonini beradi; raketka kallagi o‘yin qoidasi imkoniyatlaridan samarali foydalanishga yordam beradi.

Yuqoridan beriladigan zarbalarda tirsakning holati ham muhim ahamiyat kasb etadi. Zarba paytida u yelkadan past



boTmasligi va sportchining tanasiga yopishib turmasligi yoki juda ham yaqin kelmasligi zarur.

Ayrim boshlovchi sportchilar o‘z vaqtida to‘g‘r i joy tanlashga ulgurmaganliklari bois, tana orqaga harakatlanayotgan paytda yuqoridan zarba berishadi. Bu volanga zarba berish nuqtasiga noto‘g‘ri chiqish bilan bogTiq xatolikdir. Bunday zarba to‘g‘ri amalga oshirilganda, tana xuddi volanga tashlangandek oldinga qarab harakatlanishi lozim, shunning hisobiga zarbaga qo‘shimcha kuch beriladi.

Yuqoridan beriladigan barcha zarbalar uchun ikkita maslahat. Birinchidan, sportchi boshini pastga egmasligiyoki quyi solmasligi kerak, ikkinchidan esa, to bevosita zarba berilgunga qadar volanni e 'tibordan qochirmaslik zarur.


Shunday qilib, raketkaning ochiq tomoni bilan yuqoridan zarba berishning umumiy texnikasi bilan tanishib chiqdik. Mazkur zarbalar ikkita asosiy element muhim o‘rin tutadigan yakuniy bosqichi bilan farqlanadi, bular: raketka kallagining holati (32- rasm) va zarba paytida panjaning harakati. Ushbu guruhga mansub zarbalarning barchasida tayyorgarlik bosqichida sportchining harakati o‘xshash boTgani bois, bu narsa zarbani niqoblash, demakki, raqibning javob harakatlariga tayyorlanishini mush- kullashtirish imkonini beradi.

Baland-olis zarbada volan raketka kallagining simli yuzasidan boshqa zarba turlarida boTganidan koTa oldinroq ajraladi hamda yuqoriga-oldinga harakatlanadi. Hujumkor zarbada boTgani kabi panjaning kuchli bukilishi ro‘y bermaydi (33-a- rasm).

Yuqori hujumkor zarbada ham deyarli xuddi shunday manzarani kuzatishimiz mumkin. Ammo bu holatda volan nisbatan qiyalab uchishi kerak. Buning uchun zarba nuqtasi shunday tanlanadiki, bunda volanning raketkadan uchib chiqish burchagi baland-olis zarbadagidan birmuncha kamroq boTadi. Volanga ko‘proq uzunasiga zarba beriladi. Yakunda bu holatda ham xuddi yuqoridagi kabi panjaning kuchli bukilishi ro‘y bermaydi.





32-rasm. Zarba paytida raketkaning holati:
a - baland-olis, b — baland hujumkor,
d - smesh va to ‘r ortiga tashlash.



Zarbalaming yana bir o‘ziga xosligi - zarbaning butun kuchi imkon qadar uning boshlang‘ich paytiga sarflanishi kerak. U keskinlik
degan tushuncha bilan izohlanadi. Kuchli keskin zarba berilganda, ayniqsa, patli volanga, o‘ziga xos tovush ham chiqadi. Bunday holatda volan katta boshlang‘ich tezlik oladi, bunda uning patlari yig'iladi va volan juda tez raqib maydonchasidagi kerakli nuqtaga uchib boradi. Keyin zarba kuchi susayadi, patlar yana yoyiladi, volan tez va kutilmaganda, buning ustiga zarbani qabul qiluvchiga nisbatan yon tomoni bilan pastga qulaydi (badmin- tonchilar tili bilan aytganda - “pastga sho‘ng‘iydi”).

Hujumkor zarba (smesh) - yuqoridan beriladigan zarbalar orasida ochko yutish uchun eng samaralisi hisoblanadi. Raketka bilan volanga eng yuqori nuqtadan zarba beriladi. Zarba paytida raketkani ushlab turgan qoT toTigTchatik ko'tarilgan boTib, zarba oxirida u bilakka nisbatan bukilgan holatda boTadi (33-rasmlar, d).


33-rasm. Yuqoridan beriladigan hujumkor zarbaningyakuniy
bosqichida raketkaning holati.






Sanab o‘tilgan zarbalami amalga oshirish klassik texnika- sining umumiy qoidalari ana shulardan iborat. Ammo amaliyotda, ya’ni o‘yin jarayonida ushbu chizmadan chekinish holatlari va oraliq turdagi vaziyatlar ko‘plab kuzatiladi.

Masalan, sakrashdagi smesh volanga eng yuqori nuqtadan zarba berish, uning raqib maydonchasiga uchib borish vaqtini sezilarli darajada kamaytirish, anchagina aylanma, demakki, qabul qilish uchun noqulay traektoriya hosil ailish hamda uni raqib himoyasining kamroq muhofaza qilingan qismiga yo‘naltirish imkonini beradi.

Raketkaning ochiq tomoni bilan yuqoridan hujumkor zarba berishning bosqichlari 34-rasmda ko‘rsatib o‘tilgan.

Yuqoridan beriladigan qisqa zarbalarga keladigan boTsak, ular, odatda, kuchli yakunni talab qilmaydi. Ammo to‘r ustiga pasayib boruvchi trayektoriya bo‘yicha beriladigan qisqa zarbalar ochko yutib olish uchun kurashda juda samaraiidir. Ulami bajarish texnikasi anchayin o‘ziga xos. Zarbaning boshlanishi yuqoridan beriladigan barcha zarbalardagi kabi, lekin yakunda, timsolli qilib aytadigan boTsak, sportchi “katta bolg‘a bilan bir zarba berishda juda kichkina mixni nozik yuzaga qoqishi, shu bilan birga, unga zarar yetkazmasligi ham” kerak. .Panja bilan yakunlash keskin, lekin davomli emas. Raketkaning dastagini sportchi faqat zarba paytidagina siqib turadi. Volanni uzatish deyarli mavjud boTmaydi.


34-rasm. Raketkaning ochiq tomoni bilan yuqoridan hujumkor
zarba berishning bosqichlari.





Yüklə 58,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin