Badmintondagi yakkalik bahslarida ko‘proq baland va yassi oshirishlar, juftlik bahslarida esa - qisqa, kamdan-kam yassi oshirishlar amalga oshiriladi. Yakkalik o‘yinlarida sportchi tezda orqaga yugurib qaytishga tayyorgarlik koTadi, juftlik bahslarida esa aksincha, volanni tezroq oldingi chiziqda qaytarishga harakat qiladi. Sportchi harakatlarining bunday xususiyati ko‘p jihatdan u yoki bu zarbani qaytarish uchun nuqta tanlashni ham belgilab beradi.
Yakkalik o‘yinlarida oshirilgan volanni qabul qilishda zarbani qabul qilish hududining markaziga yaqinroq joylashish tavsiya etiladi. Bunda chap oyoq oldinda, o‘ng oyoq orqada, raket- ka kallagi oldinda sportchining boshi balandligida, chap qo‘l mu- vozanatni saqlashga ko‘maklashish uchun yarim bukilib ko‘krak balandligida ko'tarilgan bo'ladi.
Juftlik bahslarida oshirilgan volanni qabul qilishda sport- chilar to‘rga yaqin joylashadi. Oldinda turgan chap oyoqning kafti oshirishning old chizig‘idan 15-30 sm masofada bo‘ladi. Sportchi- ning og‘irlik markazi oldinga, chap oyoqqa tashlanadi, tana ham oldinga egilgan, raketkani ushlagan qo‘l to‘r tomonga salgina cho‘zilgan va boshdan salgina balandroqqa ko‘tarilgan bo‘ladi.
• maydoncha markazida joylashuv o‘yin jarayonidagi gavda holatlarining eng asosiysi hisoblanadi.
Bunday joylashuv dastlabki holat bo‘lib, sportchi o‘yin paytida maydoncha bo‘ylab harakatlarini undan boshlaydi. Gavda- ning bu holati quyidagicha bo'ladi: badmintonchining oyoqlari salgina bukilgan, yelkalar to‘rga parallel joylashgan, tana salgina oldinga egilgan, raketkani ushlagan qo‘l ko‘krak oldida. Og‘irlik markazi har ikkala oyoqqa birdek tashlanadi va ulaming tovonlari salgina ko‘tarilgan bo‘ladi. Hujum zarbasini qaytarish paytida sportchi gavda holatini biroz o‘zgartiradi. Zarba paytida oyoqlar odatdagidan ko‘proq bukiladi, raketkani ushlagan qo‘l belgacha tushiriladi va sportchi pastki gavda holatiga o‘tadi.
O‘yin jarayonidagi gavda holatlari doimiy bo‘hnaydi. Ular maydonchadagi vaziyat o'zgarishiga mos tarzda o‘zgarib turadi. Amaliyotning ko‘rsatishicha, o‘yin paytida sportchi hech qachon bitta holatda qotib turmaydi, balki o‘yinda yuzaga keladigan har qanday vaziyat va holatga tayyor turish va o‘z vaqtida samarali usul qo‘llash uchun turlicha badminton gavda holatlarini qo'llagan holda doimiy harakatda bo‘ladi.
Badmintonda volanni oshirish
Oshirish - volanni o'yinga kiritish bilan bog'liq texnik ele- ment hisoblanadi. Volanni o'ynash natijasi, qolaversa, partiyaning natijasi ham ko‘p jihatdan volanni to‘g‘ri va samarali oshirishga
bogTiq boTadi. Oshirish — badmintondagi raqib ta’sir ko‘rsata olmaydigan yagona zarba hisoblanadi. Undan ham texnik, ham taktik jihatdan to‘g‘ri foydalanish kerak. Mahoratli o‘yinchi birinchi zarbadanoq raqibni noqulay vaziyatga tushirib qo‘yishga, hatto ochko yutib olishga harakat qiladi.
Badmintondagi volanni oshirishning asosiy turlari 20- rasmda ko‘rsatilgan. Rasmdagi 3- va 4-oshirishlar yakkalik o‘yinlari uchun tasvirlangan, ammo agar juftlik oshirishni qaytarish kvadrati ichiga tushirilsa, undan juftlik bahslarida ham tez-tez va samarali foydalanish mumkin.
20-rasm. Badmintondagi volanni oshirishning asosiy turlari:
1 - qisqa, yoki past, 2 — baland hujumkor, 3 -yassi,
4 - baland-olis.
Har bir partiya oshirishning o‘ng maydonidan volanni oshirish biian boshlanadi. Zarba berish paytida raketka faqat oldin- ga harakatlanishi, volan esa diagonal bo‘yicha yo‘naltirilib, raqib- ning tegishli oshirish maydoni chegarasiga tushishi kerak. Zarba berish paytida volan oshiruvchining belidan pastda boTishi, raketkaning sterjeni esa pastga egilgan boTishi zarur. Raqib tayyor boTmasidan volanni oshirish mumkin emas. Raqib ma’lum oTinni egallab, o‘z maydonida qimirlamasdan turganda o‘yinga tayyor hisoblanadi.
Volanni oshiruvchi va uni qabul qiluvchi o'yinchilar o‘zlarining diagonal bo‘yicha joylashgan, oshirishning yaqin va olis chiziqlari, markaziy va yon chiziqlari bilan chegaralangan oshirish maydonlaridan ana shu chiziqlarni bosmagan holda joy olishlari kerak.
Volanni oshirishda volanga zarba berilmasdan turib, uni oshiruvchi o‘yinchi ham, qabul qiluvchi sportchi ham (shuningdek, juftlik bahslarida ulaming sheriklari ham) egallagan o‘rinlaridan siljishlari, oyoqlarini maydonchadan uzishlari mumkin emas (oyoq kaftining bir qismining ko‘tarilishi qoidabuzarlik hisoblanmaydi). Volan oshirilgandan keyin uni oshiruvchi ham, qabul qiluvchi sportchi ham, shuningdek, juftlik bahslarida ularning sheriklari ham o‘z maydonchalarida, chegaralovchi chiziqlardan qat’i nazar, istalgan joyni egallashlari mumkin.
Volanni oshirishdagi xatolar
Volanni oshirish jarayonida quyidagi holatlarda xatoga yo‘1 qo‘yilgan hisoblanadi:
oshirish chog‘ida volan zarba beruvchining belidan ba- landda boTsa (21-rasm);