Iv bob. O‘yin texnikasiasoslari va uning tasnifi



Yüklə 58,22 Kb.
səhifə12/31
tarix02.01.2022
ölçüsü58,22 Kb.
#41698
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31
Untitled

27-rasm. Raketkaning ochiq tomoni bilan oshirish.


E’tibor bergan bo‘Isangiz, raketkaning ochiq tomoni bilan turlicha oshirishlami bajarishda gavda holati deyarli bir xil hamda oshirishni bajarishni boshlanishi ham o‘xshash. Turli oshirishlarda qo‘lni bir xilda kerish raqibni oshirishning turi borasida chalg‘itish maqsadida qo‘llaniladi. Faqat qisqa oshirishni yakunlayotganda, raketkani ushlab turgan qo‘l deyarli to‘g‘rilanganda, panja volanni yengil urib pastlab, shundoqqina to'rning ustidan o‘tib, raqibning oshirish maydoniga oshirish chizig‘i yoniga tushishi ta’minlanadi. Mazkur zarbani amalga oshirish chog‘ida raketka vertikal emas, balki ko‘proq gorizontal holatda harakatlanishi kerak. Raqib qisqa oshirishni qabul qilishini mushkullashtirish uchun volanga zarba keskin va u qadar kuchli bo‘lmagan tarzda beriladi. Volanga yetar- licha dastlabki tezlik bergan sportchi uning uchishi trayektoriyasini shunday mo‘Ijallaydiki, bunda volan to‘r ustidan pastlab uchib o‘tadi, bu esa raqibni darrov hujumkor zarba berish imkoniyatidan mahrum etadi (28-rasm).

Raketkaning ochiq tomoni bilan baland-olis, baland hujumkor va yassi oshirishni bajarish qisqa oshirishdan yakuniy zarbaning kuchli 1 igi va volanni kuzatish vaqtining ko'proqligi bilan ajralib turadi.



28-rasm. Volanning uchish trayektoriyasi:

1 — to‘g ‘ri, 2 - noto ‘g ‘ri.


Yuqori va yassi oshirishlarda qoTni keskin kerib harakat- lantirish orqali ham volanga yetarlicha tezlik berish mumkin. Ammo oshirishning har turlarining bir xilda boshlanishi va kutil- maganda yakuni shunisi bilan muhimki, raqib oxirgi soniyalar- gacha qanday oshirishni kutishni bilmaydi.


Raketkaning yopiq tomoni bilan oshirish texnikasi

Raketkaning yopiq tomoni bilan oshirishlar juftlik va mikst bahslari uchun xosdir.

Raketkaning yopiq tomoni bilan oshirishni bajarish texnikasi, ayniqsa, juftlik o'yinlarida yaxshi samara beradi. Bu holatda volanni oshirayotgan sportchi raqib orqa chiziq tomonga javob zarbasi berishi mumkinligidan qo‘rqmasdan bitta holatdan ikki xil: qabul qilish imkon qadar murakkab boTgan qisqa past yoki o‘z harakatlarini muvaffaqiyatli niqoblagan holda baland hujumkor oshirishni bajarishi mumkin. Bunday oshirishni bajarish paytida sportchi gavdasini tik tutadi, raketka dastagini o‘zinlhg oldida sterjeniga yaqinroq ushlab turadi, volanni ushlab turgan qoTini esa to‘r tomonga cho‘zadi. Mazkur oshirishning o‘ziga xosligidan kelib chiqib, oshiruvchining beli yoki qorin qismidan ozroq kerilish amalga oshiriladi, volanga kerakli uchish trayektoriyasini esa kuchli qo‘1 zarbasi beradi (29-rasm).

Shunday qilib, bir xil texnikada kuchli, mashqlarda toblangan qoT yordamida yashirin ravishda kuchli qisqa. yassi va baland hujumkor oshirishlami bajarish mumkin.



I


29-rasm. Raketkaning yopiq tomoni bilan oshirish:

1 - oshirishning boshlanishi, 2 — zarba, 3 - kuzatish.


4.3. Hujum texnikasi. Zarbalarning turlari

Badmintonda zarbalar ikkita asosiy turga boTinadi: to‘g‘ridan va yondan.

To'g'ridan beriladigan zarbalar — volanni raqibning tanasiga yo‘naltirib zarba berish. Zarbaning bu usuli, odatda, to‘r yaqinida oldingi chiziqda amalga oshiriladi hamda bilak va panja imkoniyatlaridan kelib chiqib bajariladi. Bunday zarbalar ko‘proq ju*ftlik va mikst bahslarida to‘r yaqinida turgan sportchilar tomonidan amalga oshiriladi.

To‘g‘ridan beriladigan zarbalar uchun past yoki o‘rta gavda holatlari xosdir. To‘r ustidan o‘zi tomonga uchib kelayotgan volan qanchalik pastlab keiayotgan boTsa, to‘g‘ridan zarba beradigan o‘yinchining gavda holati ham shunga mos tarzda past boTishi zarur (30-rasm).





To‘g‘ridan beriladigan zarbaning texnik o‘ziga xosliklari - qo‘lni kerish uchun imkoniyatning cheklanganligi. Bu kamchilik kuchli panja va bilakning volan tomonga tezroq to‘g‘rilanishi hisobiga qoplanadi. To"g‘ridan zarbalar berishda sportchining yelkasi pastga egilgan bo‘lib, aksariyat hollarda zarbani o‘zidan shunchaki itarish yo‘li bilan qaytarishga to‘g‘ri keladi. Ammo, ayrim hollarda, ozroq qo‘lni kerish uchun orqaga, o'ngga yoki chapga salgina chekinish mumkin.



Yüklə 58,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin