Yondan beriladigan zarbalar ham turii xil boTadi: baland- olis, baland hujumkor, hujumkor, yassi va qisqa. Amaliyotning ko‘rsatishicha, aksariyat hollarda yon tomondan o‘ynaganda aralash zarbalar, ya’ni: to‘r ortiga yassi-hujumkor yoki yassi qisqa oshirib tashlashlar qoTlaniladi. Yon tomondan beriladigan zarbalarga raqibning hujumkor harakatlari tufayli zarurat tug‘ilishi bois, volanni qaytarish uchun vaqt boshqa holatlardagidan ko‘ra kamroq boTadi. Bundan tashqari, zamonaviy tezkor badmintonda ayrim mahoratli sportchilar (ayniqsa, juftlik bahslarida) ataylab raqibning hujumkor voianlarini to‘r yaqinida yassi zarbalar bilan qabul qilishadi. Sportchi yaxshi jismoniy tayyorgarlik va yuqori texnikaga ega boTsa. mashqlar davomida shakllangan reaksiya hisobiga nafaqat volanni to‘xtatishi, balki qoTni deyarli kermasdan panjaning yashirin aniq harakati bilan volanni to‘r ustidan oshirib, raqib uchun kutilmagan va noqulay joyga tushirishi ham mumkin.
Yon tomondan beriladigan barcha zarbalar volanni sport- chining o‘ng yoki chap tomonidan qisqa masofada qaytarish orqali amalga oshiriladi. Bunda sportchining gavda holati - o'rtacha yoki past boTadi.
Zarbaning har qanday bosqichida raketkani ushlab turgan panja bilakka nisbatan sal ko‘tarilgan holatda boTishi zarur. Oxirgi qadamni o‘ng oyoq bilan tirsakdan salgina bukilgan, uzatilgan qo‘1 olisligidagi zarba nuqtasiga qarab tashlash kerak. Volanga to‘g‘ri burchak ostida zarba berish lozim.
0‘ngdan-yondan zarbanmg klassik varianti o‘ng tomonga qadam tashlash yoki hamla qilish bilan boshlanadi, chap yelkani to‘r tomonga burib, qoTni nisbatan faol kerish bilan xarakterlanadi hamda volan tomonga tirsak, bilak va panjani cho‘zish bilan yakunlanadi. Bunda qoTning ana shu qismlari zarba beriladigan paytga qadar raketka kallagidan oldinda turishi kerak. Chap qo‘1 butun tana uchun muvozanat saqlovchi vazifasini bajaradi (37- rasm).
Mashg‘ulotlar jarayonining takomillashtirib borilishi, sport- chilarning jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligi yaxshilanishi, jihozlaming xarakteristikalari o‘zgarishi hamda boshqa bir qator
omillar hisobiga badmintondagi tarkibiy elementlarni bajarish (exnikasi ham rivojlanib bormoqda. Masalan, tegishli tayyor- garlikka ega boTgan sportchi o‘ngdan-yondan modifikatsiyalangan /.arba berishi mumkin. U klassikzarbadan past gavda holati, qoTning qisqaroq kerilishi va zarba beradigan qoT tirsagining mayatniksimon harakati bilan ajralib turadi (38-rasm).
Hujumkor kombinatsiyaga panjaning kuchli keskin harakati yakun yasaydi. Bunda panjaning bilakka nisbatan kuchli bukilishi raketka kallagiga volanga kuchli dinamik zarba berish imkonini yaratadi.
37-rasm. O'ngdan-yondan klassikzarba:
l—o ‘ngga qadam tashlash, 2 — qo ‘Ini keng kerish, 3 - zarba.
38-rasm. O ‘ngdan-yondan modifikatsiyalangan zarba:
1 -gavda holati, 2-o ‘ngga qadam tashlash va qo ‘Ini ozroq
kerish, 3 - zarba va kuzatish.
Shuni yodda tutish kerakki, yondan zarba berganda volanni maydoncha yon chizig‘ining o‘rtasidan olis boTmagan joyda qaytarish va u tanangizdan uchib o‘tib ketishiga yoT qo‘ymaslik kerak. Agar siz volanni o‘tkazib yuborsangiz, hujumkor zarba berish imkoniyati boTmasligi tayin. Bu holatda sportchi uchun ikkita yoT qoladi: yoki raqibning hujumkor harakatlarini to‘xtatish
hamda maydonchada o‘zi uchun qulay joyga turib olish maqsadida volanni baland-olis trayektoriya bo‘yicha qaytarish; yoxud panjaning yengil harakati bilan volanni to‘r yaqiniga tashlash. Voian elka balandligida uchib kelayotganda yon tomondan zarbalar berish qulay boTadi, chunki bunda volanni shundoqqina to‘r ustidan qaytarish oson boTgani bois, raqibning javob harakatlari anchagina mushkullashadi.
Chapdan-yondan beriladigan zarba uchun o‘rta yoki past gavda holatida turish kerak (39-rasm). Raketka uning yopiq tomoni bilan zarba berishga qulay qilib ushlanadi. Chapga qayrilib, raketkani ham o‘sha tomonga burish kerak. To‘rga deyarli teskari boTguncha yelkani chapga burish zarur. Raketkani ushlagan qoTni yelka balandligida ko‘tarib, tirsakdan bukib, tirsakni esa volan kutib olinadigan taxminiy nuqta tomonga yo‘naltirib turish kerak. So‘ngra raketkani ushlab turgan qo‘1 to‘g‘rilanib, panja aylan- tiriladi. O‘ng oyoq bilan chap tomonga qadam tashlab, u may- donchaga qo‘yilganda zarba beriladi. Zarba turidan kelib chiqib, raketkani ushlab turgan qo‘1 volanning uchishini uzoq yoki qisqa kuzatib qo‘yadi.