Vaqt va trayektoriya juda katta ahamiyatga ega. O‘yindagi ustunlik aksariyat hollarda volan raqib maydonchasidagi o‘zi yo‘naltirilgan joyga qanchalik tez borib tushishiga bogTiq boTadi. Bu jarayondauning uchish trayektoriyasi optimal darajada boTishi zarur. Volan uchishining tezligi uning trayektoriyasiga qanchalik mos boTsa, raqibning uni qaytarish imkoniyati ham shunchalik qiyinlashadi.
•f • UIJ.
Oldingi hududdagi o‘yin taglik usuliga. to‘r bo‘ylab o‘tkazishga va urib tushirishga asoslanadi. Mazkur texnik elementlaming barchasini bajarishda to‘r yaqiniga tez va to‘g‘ri chiqib borishni o‘rganish juda muhimdir. O‘yinchi volanni juda ham pastga tushib ketishiga yoT qo‘ymasdan, to‘ming yuqori qismi atrofida qaytarishga harakat qilishi lozim. Urib tushirishda smesh - qisqa, deyarli qoTni kermasdan amalga oshiriladi. Agar raqibingiz to‘r yaqinida boTsa, volanni yassi usulda chiziq bo‘ylab yoki baland hujumkor zarba bilan uning ustidan oshirib, diagonal bo‘yicha oshiring. Aksincha, u orqa chiziqda ushlanib qolganda esa, taglik usulidan foydalaning yoki volanni to‘r bo‘ylab undan olisdagi ustun tomonga yo‘naltiring. Agar vaqt yetarli boTsa, o‘z harakatlaringizni niqoblang. Ko‘proq qarshi yurish qiling.