Iv bob. O‘yin texnikasiasoslari va uning tasnifi



Yüklə 58,22 Kb.
səhifə23/31
tarix02.01.2022
ölçüsü58,22 Kb.
#41698
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31
Untitled

54-rasm. Raqib tanasiga hujum qilishning eng samarali
nuqtalari (ajratib ko ‘rsatilgan)



Raqib moslashib ulgurgani bois, smesh yordam bermaydigan joyda ko‘proq yarim smeshdan yoki to‘r yaqiniga tashlash usulidan foydalaning. Doimiy ravishda zarbalarning yo'nalishini o'zgartirib turing. Raqibga bosim o‘tkazish uchun uning jiddiy xatoga yoT qo‘yishini kutib o‘tirmang, har bir kichik xatosi va noaniq





Ihimkiilidan ham unumli foydalaning. Agar imkoningiz boTsa, o'yin sur’atini oshirib boring. Sizning tezkor, chaqqon va inuvaffaqiyatli harakatlaringiz raqibingizni asabiylashishga, xato qiiishga, shoshilishga majbur qiladi. Raqibingiz sizning hujumkor linrakatingizga noaniq javob qaytarganda, volanni to‘r yaqiniga iii ib tushirishga yoki taglik usulini qoTlashga tayyor turing. Afsuski, hatto eng mahoratli badmintonchilar ham juda oddiy va o'zlari uchun yutuqli boTib turgan vaziyatlarda xatoga yo‘1 qo'yishlari mumkin. O‘yin vaziyatini o‘zingiz uchun yutuq keltiradigan tomonga o‘zgartirishga ishonchingiz komil boTmasa, volanni o'yinda tutib turishga harakat qiling.

Hujum, himoya va qarshi hujum



Badmintonda o‘yinni olib borishning uchta asosiy taktik usuli mavjud, bular: hujum, himoya
va qarshi hujum. Samaradorligi jihatidan hujum har doim ustun turadi. Himoya - tashabbus- korlikning yo‘qligi, raqib xato qilishini passiv ravishda kutib turish, sur’atni pasaytirish va buning oqibatida, o‘ziga ishonch va istiqbolning yo‘qolishi hisoblanadi. Ammo majburiy boTsa-da, to‘g‘ri tanlangan himoya - qarshi hujumga tayyorgarlikdir. Juda murakkab taktik element hisoblangan qarshi hujum har doim yaxshi natija beradi. Masalan, raqibingiz tashabbusni qoTga olib, zarba ketidan zarba yoTlab hujumga o‘tayapti, siz esa faqatgina volanni to‘r yaqinidan olisroqqa qaytarish bilan bandsiz. Hatto, mana shunday vaziyatda ham qarshi hujumga o‘tish mumkin. Tavakkal qilib, volanni panja harakati bilan to‘r ustidan pastlatib yon tomondagi ustunlardan biri yoniga tushirish uchun balanddan va to‘r yaqinida kutib olishga urinib ko‘ring. Urinish muvaf- faqiyatli chiqqanda, bu narsa raqibingizni shoshirib qo‘yishi tayin.


Yüklə 58,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin