O‘rta hududdagi o‘yin asosan hujumkor variantlar asosiga quriladi. Agar sportchi volanni o‘rta hududda qaytarsa, demak, raqibi qandaydir xatoga yo‘1 qo‘ygan. Bu vaziyatdan toTiq foydalanib qolish kerak, faqat shoshilmaslik va betartib harakat qilmaslik zarur. Volan yuqorilab kelganda, yaxshisi qaytarish qiyin boTgan nuqtalarga smesh usulida zarba berish kerak. Yassi oshirishda esa chiziq bo‘ylab keskin javob qaytaring. Mabodo, raqibingiz hujum qilsa, panja bilan to‘r ustunlariga yo‘naltirish yaxshi samara beradi.
Orqa hududdagi o‘yin volan bilan o'ynash vaqtining kattagina qismini oladi, chunki raqibning baland-olis oshirishlarini aynan orqa chiziqdan qaytarishga to‘g‘ri keladi. Yana bir gap - pozitsiyaviy ustunlikka ega boTish uchun raqiblar bir-birlarini asosan orqa chiziqda ushlab turishga harakat qilishadi. Bunday holatda raqibning himoyasini bo‘shashtirish hamda tezkor va samarali hujum uchun payt poylash maqsadida baland-olis zaroaiami t<5‘r yaqiniga tezkor qisqa oshirishlar bilan aralashtirib olib borish taktik jihatdan to‘g‘ri usul hisoblanadi. Orqa chiziqdan zarba berilgach, darhol va albatta o‘z o‘yin hududingizning markaziga qaytishni unutmang.