Iv bob. O‘yin texnikasiasoslari va uning tasnifi



Yüklə 58,22 Kb.
səhifə28/31
tarix02.01.2022
ölçüsü58,22 Kb.
#41698
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Untitled

Oshirish. Juftlik o'yinda volanni oshirish barcha taktik tuzil- malarning asosi hisoblanadi. Qoidalarga ko‘ra, juftlik bahslarida oshirishhududi uzunligi nisbatan cheklangan, u yakkalik o'yini- 1 dagidan 0,76 sm ga qisqaroq. Bu esa volanni qabul qilib oluvchi sportchiga samarali hujumkor zarba berish (smesh) va aksariyat hollarda darrov ochko yutib olish imkoniyatini beradi. Shu bois, erkaklaming juftlik bahslarida baland oshirishlar juda kam





qoTIaniladi. AyoIIar juftligida esa, u javob hujumkor zarbalarining nisbatan kuchsizligi bois, ko‘proq ishlatiladi. Darvoqe, mikst bahslarida ayol raqib tomonga volanni aynan yuqoridan oshirili- shining sababi ham shunda.

Juftlik o‘yinining asosini qisqapastlab oshirish
tashkil etadi. U raqibning hujumkor harakatlami amalga oshirish imkoniyatini bir qadar cheklaydi (61-rasm). Volanni bunday usulda oshirish texnik jihatdan to‘g‘ri bajarilganda, oshiruvchi sportchi oxirida oldinga qarab qisqa qadam tashlashi, darrov to‘r yaqinida faol o‘yin holatini egallashi hamda raqiblaming oldingi hududdagi barcha javob harakatlarini muvaffaqiyat bilan to'sishi mumkin boTadi. Ammo, to‘r yaqinida turganda volanni oshirayotgan sportchi har doim ham tikkadan yoTlangan keskin javob zarbasini qaytara olmaydi, shu bois, u o‘zini chetga olib, ushbu zarbani qaytarishni imkoniyat va vaqti ko‘proq boTgan sherigiga qoldirgani ma’qul.


61-rasm. Pastlab oshirilgan volanningyo ‘nalishi:
a — o‘ng maydonchadan oshirilganda; b — chap maydonchadan
oshirilganda.



Agar 80 foiz holatda volanni pastlab qisqa oshirish usulidan foydalanilsa, qolgan 20 foizi teng ravishda yuqori hujumkor va





yassi oshirishlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Ular vaqti-vaqti bilan pastlab oshirishning o‘miga qoTlanilib turishi zarur. Bunday o‘yin uslubi raqibni doimiy ravishda bosim ostida ushlab turish imkonini beradi. Mabodo u salgina bo‘shashsa va maydonchada noto‘g‘ri o‘rin egallaguday boTsa, volanni oshirish usulining kutilmaganda o‘zgartirilishi uni shoshirib qo‘yadi va ochko yutib olish mumkin boTadi. Yon chiziqning yaqin burchagidan volannni yassi oshirish bajarilishi juda ham samarali hisoblanadi (62-rasm).


62-rasm. Yassi oshirish.


Yon chiziqdan yassi oshirishlar qachon samaraliroq boTadi? Qachonki, u bunday zarbalami qabul qilishda yetarlicha tajribaga ega emasligini bilsangiz yutuq siz tomonda boTadi. Raqibingiz panjasini yoyishga ulgurmaydi, oqibatda volan qoTning tabiiy harakati yo‘nalishida uchib ketadi. Bunday vaziyat voianni oshiruvchiga javob zarbasini berish uchun oldindan tayyor turish, hamda yoki smesh, yoxud to‘r bo‘ylab zarbani amalga oshirish imkonini yaratadi. Yon chiziqdan bajarilgan yassi oshirishni qabul qilish jarayonida yuzaga kelgan joylashuv oqibatida raqiblarin- gizga bunday zarbalami qaytarish qiyinchilik tug'diradi. Ammo tajribali raqiblarga qarshi o‘yin paytida to‘g‘ri chiziq bo'ylab yassi oshirish uni bajarayotgan tomon uchun murakkablikni yuzaga fceltirishi mumkin, chunki o‘z maydonchasining deyarli barcha hududini bitta sportchi - oshimvchining sherigi himoya qilishga majbur boTib qoladi.

Juftlik bahslarida baland hujumkor oshirishm
yaxshisi raqib maydonchasining olis burchaklari tomonga yo‘naltirib bajargan ma’qul. Ayniqsa, raqib qisqa oshirishni qabul qilishga tayyorlanib turganda bu usul yaxshi samara beradi (63-rasm).





Bunday oshirishni bajarayotganda voianning uchish baland- ligini juda aniqlik bilan nazorat qilish nihoyatda muhim. Agar vo- lan juda balandlab uchsa, qabul qiluvchi tomonda uni qaytarishga tayyorlanish uchun yetarlicha vaqt boTadi. Mabodo, pastroq trayektoriya bilan uchsa, hujumkor javobga ro‘baro‘ kelasiz.


63-rasm. Baland hujumkor oshirish.



Yüklə 58,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin