Iv bob. O‘yin texnikasiasoslari va uning tasnifi



Yüklə 58,22 Kb.
səhifə29/31
tarix02.01.2022
ölçüsü58,22 Kb.
#41698
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Untitled

Oshirish bajarilgandan keyin ustunlik birinchi boTib vaziyatni murakkablashtira olgan, g‘alaba keltiruvchi hujumkor zarbani muvaffaqiyatli tayyorlab o‘z vaqtida amalga oshirgan yoki to‘r yaqiniga qaytarish mushkul boTgan oshirib tashlashni bajargan sportchi tomonda boTadi.

Mabodo volan oshirilgandan keyin aynan oshiruvchi tomon ustunlikni qoTga kiritsa, ular o‘yin tempini tushirmasligi va himo- yaviy o‘yin uslubiga o‘tib olmasligi kerak. Raqibni himoyalanishga majbur etib, u qulay vaziyatni egallashiga yo‘1 qo‘ymasdan, aksincha, o'zi hujumga zo‘r berishi kerak.

Oshirilgan volanni qabul qilishda qabul qiluvchi sportchi- ning asosiy turish holati - baland hujumkor, sherigi uchun esa - past yoki o‘rtacha.

Agar oshirish yaxshi amalga oshirilmasa, volanni qabul qilayotgan o‘yinchi - u hatto to‘rdan salgina balanddan uchib kelayotgan boTsa ham, qaytarishi zarur. Yodda tuting - volanni qabul qilishdagi birinchi zarba shu oshirish natijasida muhim ahamiyatga ega. Zamonaviy badminton ustalari “o'qdek” hujum qilib, to‘r ustidan bir necha santimetr balandlikda uchib o‘tayotgan volanni ham urib tushirishni eplashadi. Bunday zarba qoTni





kermasdan, qisqa va kuchli beriladi. Zarba berish paytida to‘rga tegib ketmaslik uchun raketka kallagi ma’lum darajada oldinga emas, balki to‘r bo‘ylab yo‘naltiriladi. Shu bilan birga, agar volan qulay tarzda uchib kelsa, uni oshiruvchining tanasiga qarab qaytargan ma’qul. Mabodo, volan noqulay tarzda uchib kelsa yoki to‘r chetidan pastroqqa tushib ketsa, uni raqib maydonchasining oldingi hududidagi bo‘sh joylarga yo‘naltirish zarur. Faqat ayrim hollardagina orqaga oshirish mumkin. “O‘qdek” zarba berishda ikkita qoida mavjud, bular: birinchidan - volanni to‘r ustida trayektoriyasining yuqori nuqtasida qaytarish uchun unga tezroq chiqib borish zarur; ikkinchidan - volan to‘r ustidan qanchalik pastlab uchib o‘tayotgan boTsa, unga mos ravishda sportchi ham pastroq engashishi kerak. Bu zarba berish imkoniyatini anchagina yaxshilaydi.

“O‘qdek” hujum ko‘proq markazdan amalga oshiriladi, chunki bunda raqibda uni qaytarish imkoniyati kamroq boTadi. Juftlik bahslarida volanni qabul qilishda uni yo‘naltirishning ko‘plab turlicha variantlari mavjud. Ulaming ayrimlari 64-65-66- rasmlarda ko‘rsatilgan.


64-rasm. Juftlik bahslarida qisqa oshirishga volanni
maydonchaning to ‘r ustuni tagidagi yaqin burchagiga yo ‘naltirib
javob qaytarish.






65-rasm. Juftlik bahslarida qisqa oshirishga volanni “o ‘qdek ”
zarba bilan oshiruvchining tanasiga yoki maydonchaningyon
chiziqlari tomonga “yarim maydoncha” tarzidayo‘naltiribjavob
qaytarish.



66-rasm. Juftlik bahslarida qisqa oshirishga volanni
maydonchaningorqa chizig'i burchaklarigayo ‘naltirib javob
qaytarish.



Volanni oshirishni va uni qaytarishni tashkil etish jarayonida doimiy ravishda harakatga tayyor turish kerak. Ammo sherik- laming maydonchadagi joylashuvi va harakatlari ularga samarali o‘ynashga xalaqit bermasligi lozim.

Maydonchadato‘g‘ri joylashish ma’Ium bir o‘yin vaziyatiga bogTiq boTadi. Umumiy qoidalar esa quyidagicha: old-orqa (yoki unga yaqin) joylashuvda hujum qilish; parallel joylashuvda himoyalanish oson. Boshlovchi badmintonchilar har doim oldindan sherigi bilan kelishib olib, har kim maydonchadagi o‘z qismini





yakkalik o‘yini tartibida himoya qilsa, yutish oson boTadi, deb o‘ylashadi. Bu - xato fikr! Tajribali raqiblar o‘yinning dastlabki daqiqalaridanoq vaziyatni anglab yetishadi hamda nisbatan kuchsizroq raqibni tanlab, o‘shanga yo‘naltirilgan uslubda o‘yinni davom ettirishadi. Ikki tomonlama bosim ostida va sherigining qoTlab-quwatlashisiz qolgan sportchi tezda charchaydi hamda xatolarga yo‘1 qo‘yadi, magTubiyatga uchray boshlaydi.

Juftlik o‘rtasidagi asosiy taktik vazifa sheriklardan har birining nisbatan kuchli tomonlaridan imkon qadar samarali foydalanish hamda kuchsiz jihatlarini yopishdan iborat hisoblanadi. Masalan, agar sportchi to‘r yaqinida yaxshi o‘ynay olmasa, to‘r yaqiniga ko‘proq bu borada o‘yini qovushadigan o‘yinchi chiqib borishi kerak. Hujumkor zarbani berish huquqini bu ishni yaxshi uddalaydigan sherikka qoldirgan ma’qul. Yaxshi bekxendga (raketkaning yopiq tomoni bilan chapdan beriladigan zarbaga) ega boTmagan badmintonchi volanni qaytarishni sherigiga qo‘yib berishi yoxud volanga yugurib chiqib, uni o‘ng tomondan raketkaning ochiq tomonida beriladigan smesh zarba bilan qaytarishi zarur.

Harakatdagi raqibga hujum qilish har doim afzal hisoblanadi. Volanni bevosita uning o‘ziga yo‘naltirishga harakat qiling.

Raqiblar maydonchada parallel joylashganda volanni ulaming o‘rtasiga yo‘naltirish, old-orqa joylashuvda esa yon chiziqlar tomonga hujumga o‘tish maqsadga muvofiqdir. To‘r yaqinidagi sportchi raketkasini baland ko‘tarib turishi (bu volanga tezda zarba berish imkonini yaratadi), ammo orqasida turgan sherigiga xalaqit qilmasligi zarur.

To‘r yaqinida ham, orqa chiziqda ham birdek yaxshi o‘ynay oladigan mahoratli badmintonchilar old-orqa joylashuv uslubini ma’qul ko‘rishadi.

Usta badmintonchilar raqibning harakatlarini boshqarishga intilishadi. Masalan, hujumga yaxshi o‘tadigan raqibni doimiy ravishda to‘r yaqiniga kelishga majbur etish, to‘r yaqinida yaxshi o‘ynaydigan, ammo orqa chiziqdan zarba berishda kuchsizini esa to‘rdan uzoqroqda ushlab turish kerak.

Imkon qadar har bir himoyaviy zarba hujumkor yo‘nalishga ega boTishi kerak. Doimiy ravishda volanni yon chiziqlar yaqiniga





maydoncha yarmiga yo'naltiring. Bu raqiblaringizning birga o‘ynash mashqini qanchalik egallaganliklarini ko‘rsatib beradi. Juftlik bahslarida volanni to‘r yaqiniga kuchsiz tashlashlarning samarasi kam boTadi. Hujumga zo‘r berayotgan paytda, agar raqiblaringiz sizning zarbalaringizni ustalik bilan qaytarishayotgan boTsa, ba’zi-ba’zida kutilmaganda o‘yin ritmini taglik yoki qisqa zarbabilan o‘zgartirish foydadan xoli boTmaydi. Juftlik o‘yinlarida yon chiziqlar bo'ylab yoki raqibning tanasiga qarab yo‘naltiri- ladigan yassi zarbalar samarali hisoblanadi. U himoyadan hujumga o'tishda tayyorlangan zarba sifatida ham, raqibni markazdan yon tomonga qarab siljishga majbur qilish uchun ham qoTlaniladi.

Demak, juftlik bahslarining asosiy elementlari: pastlab oshirish, hujumkor zarba, to‘r yaqinidagi kombinatsiya, sheriklar- ning o‘rin almashuvi.

Yana bir muhim jihatni yodda tutish kerak: to‘r yaqinida o‘ynaydigan sportchi faqatgina o‘zidan oldindagi volanni qaytarishga harakat qilishi lozim. Agar buning imkoni boTmasa, volanni orqadagi sherigiga qoldirgani ma’qulroq. Bu jarayonda to‘r yaqinidagi sportchi shunday joy egallashi kerakki (engashish, cho'kkalash, raketkasini zarba yo‘nalishidan chetga olish), u sherigiga samarali zarbani amalga oshirishga xalaqit bermasin.

Mahoratli badmintonchilaming juftlikdagi o‘yinining texnikasini kuzatish juda ham qiziq. Mana ulardan biri.

Volanga chiqib borishda sportchi raketkasini yuqori holatda, taxminan yuzi darajasida tutib turishga harakat qiladi. Chap tomondan zarbalami ham, odatda, u raketkani yuqorida ushlab turib bajaradi. Bunda oldiniga tirsak oxirigacha yuqoriga harakatlanadi, faqat shundan so‘nggina bilak va panjaning keskin harakati boshlanadi. Chapdan smesh, chapdan qisqa hamda orqaga baland tikka zarba shu holatda bajariladi. Chap tomondan kelayotgan voian chapga egilib qaytariladi. Raketka zarbaga deyarli paraliel harakatlanadi, volan bosh ortida kutib olinadi.

Smeshni qaytarishda raketka quyidagi uchta holatdan birida turishi mumkin: pastda, yonda, yonboshda. Birinchi holatda volan orqaga tikka holatda yoki to‘r yaqiniga qisqa zarba bilan qaytariladi. Ikkinchi holatda esa volan taxminan to‘r balandligi darajasida yonboshdan kutib olinadi va orqaga tikka, to‘r yaqiniga





qisqa, eng asosiysi, tezkorlik bilan bajariladigan raqibning o‘ziga qaratilgan yassi zarba bilan yo'naltiriladi. Ushbu usul taglik usuliga o‘xshab ketadi. Volan yonboshdan taxminan maydoncha o'rtasida qabul qilinadi. To‘r yaqiniga qisqa zarba yengil amalga oshiriladi, bu esa amalda taglik usulining aynan o‘zidir. Smeshda volanni raketkani yuqoridan tutib qaytarish uchun o‘yinchi cho'kkalab o‘tiradi (bunda tanasi tik holatda boTadi) hamda volan yassi zarba bilan raqibning tanasiga yo‘naltiriladi yoki uni aylanib o‘tadigan zarba yoxud to‘r yaqiniga qisqa taglik zarbasi beriladi. Raketkani orqaga og‘dirish hisobiga volanni orqaga tikka qaytarish ham mumkin.

O‘yin vaqtida sportchilar turli yo‘nalishdagi smeshlami amalga oshirishadi, ya’ni: to‘g‘riga, diagonal bo'ylab chapga va o‘ngga, yon chiziqlar yaqiniga “yarim maydoncha”ga. To‘g‘riga smeshni amalga oshirishda raketka xuddi badmintonchilarda bo'Igani kabi orqadan harakatlanadi (simli yuzasi to‘rga perpendikulyar boTadi) hamda zarba berish oldidan simli yuzasi to‘r tomonga buriladi. Raketka simli yuzasining burilishi hisobiga bunday holatdan chapga va o‘ngga yarim qiyalama smeshlar amalga oshirilishi mumkin (bu juftlik bahslarida juda muhim), ammo ular yon chiziqlar yaqiniga, taxminan chiziq o'rtasiga (to‘g‘ri va diagonal smeshlar orqa chiziq yaqiniga) yo‘naltiriladi.

Qisqartma zarbalar kaltalatib berilishi mumkin. Bu jarayonda sportchi smesh, qisqartma va orqaga tikka zarbalami yashirin bajarishi zarur.

Zarbaning maqsadidan kelib chiqib, raketkani ushlash usuli ham o‘zgarib turadi. Masalan, chap tomondan zarbani amalga oshirishda bosh barmoq raketka dastagining ingichka yonbosh tomonida emas, balki keng yonboshida boTadi. Juftlik bahslarida orqa chiziqda emas, balki oldinda yoki yon tomonda turgan sherik rpketka dastagining oxirini qoTidan chiqarib steijenga yaqinroq ushlaydi. Bunda raketka taxminan yuz balandligi darajasida gorizontal holatda tutib turiladi. Raketkani bu usulda ushlash oldindan qo'lni kermasdan zarbalami tezkor qaytarish imkoniyatini beradi.





BoTim yakunida havaskorlarningjuftlik bahslar laqida ham ikki ogTz so‘z yuritamiz. Aksariyat hollarda havaskorlar juftligi- dagi o‘yinchilardan biri qoTi yetadigan barcha volanlami qaytarish imkonini beradigan joyga o‘mashishga harakat qilayotganini ko‘rish mumkin. U juftlik o‘yinlarida raqiblar har doim kuchsiz badmintonchi tomonga o‘ynashga harakat qilishlarini unutib qo‘yadi. Sherigining qaytarishi uchun qulay va samarali boTgan volanga qarab intilmaslik juftlikdagi o‘yinchining mahorati va tajribasi ortib borayotganini ko‘rsatuvchi birlamchi belgilardan hisoblanadi.

    1. Aralash juftliklar (mikst)ning o‘yin taktikasi

Aralash juftliklar (mikst)da ham juftlik o‘yini taktikasini bemalol qoTlasa boTadi. Qolaversa, agar sheriklar (erkak sportchi ham, ayol o‘yinchi ham) bir xil texnik mahoratga va jismoniy holatga ega boTishsa, ular toTiq bir-biriga mos tushadi. Ammo bunaqasi juda kam uchraydi. Badminton tarixida ham erkak, ham ayol sportchi bir-birini toTdirib, juftlik badmintoni o‘ynagan atigi bir nechta ingliz va Osiyo mikst juftliklari boTgan xolos.

Amaliyotda aralash juftliklar bahsida har doim ham ayol sherik raqibning hujumkor bosimiga erkak badmintonchi bilan birdek bosh berib tura olmaydi. Shu bois, mikstning klassik variantida ayol badmintonchi oldingi chiziqda, erkak sherigi esa orqa tomonda o‘ynaydi. O‘yinchilarning bunday joylashuvining asosiy sababi shundaki, mikstda, hatto juftliklardagidan ham ko‘ra ko‘proq hujumkor o‘yin uslubi qoTlaniladi. To‘g‘ri, juftlikda boTgani kabi mikstda ham g‘alabaga har ikkala sherikning o‘zaro kelishgan holda, harakatlami muvofiqlashtirib o‘yin olib borishi natijasida erishiladi. Ammo mikstning ayrim o‘ziga xosliklari ham yo‘q emas. Erkak badmintonchi mumkin qadar hujum qilar ekan, sherigining o‘yinning borishini ochko keltiradigan zarba bilan yakunlashiga sharoit yaratib berishi kerak. Aralash juftliklarda, odatda, aynan ayol badmintonchi hal qiluvchi o‘yinchi vazifasini bajaradi. To‘r yaqinida o‘yinning borishini nazorat qilar ekan, u o‘zining aniq va tezkor harakatlari bilan mikstga taalluqli eng murakkab va mushkul taktik vazifalarni hal qiladi.





Badmintonchi ayol qisqa oshirishni mukammal egallagan boTishi, kuchli zarbalardan qo‘rqmasligi, volanni ushlab qolish- larda samarali o'ynashi, sherigini o‘z vaqtida himoya qila olishi zarur. Aralash juftliklar bahsini kuzatganda, ba’zida badmintonchi ayol erkak sherigiga nisbatan ko‘proq xatoga yo‘1 qo‘yayotgandek tuyuladi. Aslida bunday emas. Odatda, erkak badmintonchining noto‘g‘ri harakatlari va xatolari oqibatida ayol sherigi ham xatolarga yo‘1 qo‘yadi.


Yüklə 58,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin