Aralash juftliklar bahsida volanni oshirishda ham erkaklarga va ayollargataalluqli o‘ziga xosliklar mayjud.
Ayol badmintonchi volanni erkak raqib tomonga qisqa zarba bilan pastlatib yo‘naltirgani ma’qul, shunda hujumkor javob qaytarilishining oldi olinadi. Volanni oshirgandan keyin ayol sportchi to‘r yaqiniga qaytib faol o‘yin holatini egallashi lozim. Ayol raqibga esa volanni baland hujumkor, past va yassi zarbalar bilan oshirsa ham boTadi, faqat bu holatda oshiruvchi old hududda hujumkor javob boTishi mumkinligini nazarda tutib, shunga mos holatni egallashi kerak boTadi.
Erkak badmintonchi ham volanni qisqa va pastlama zarba bilan oshiradi, faqat u oshirishdan keyin maydonchaning orqa qismida qulay holatni egallash uchun tezda orqaga qaytishi kerak boTadi. Bu paytda ayol sherigi salgina yon tomondan undan oldinroqdan to‘r yaqinidagi o‘yinga tayyor holatni egallab turadi. Mutaxassislar volanni ayol raqibga yo‘naltirib oshirishda turli usullami navbati bilan qoTlashni maslahat berishadi.
‘ Volanni qabul qilib olishda ayol badmintonchi, odatda, oshirishni qabul qilish maydonining markazida o‘ziga qulay holatni egallaydi hamda volanni raqiblar uchun noqulay tarzda qaytarishga harakat qiladi va shundan so‘ng to‘r yaqinida o‘yinni nazorat qilib boradi.
5Volan o‘yinga kiritilgandan keyin qaysi juftlik birinchi boTib hujumkor o‘yin ko‘rsata boshlasa, o‘shalar ustunlikka ega bo'ladi. Mikstda raqiblar maydonchada parallel holatda joy egallagan bo'lishsa, aynan ayol badmintonchi kuchsiz nuqta hisoblanadi va o‘yinni unga yo‘naltirgan holda qurish tavsiya etiladi. Old-orqa joylashuvda esa erkak badmintonchi o‘ngdan
chapga butun kenglikni yopa olmaydi va chiziqlarga yo‘naltirilgan hujumkor zarbalami qaytarishi qiyin boTadi.
Yodda tuting: yuqoridan pastga o‘ynayotganlar hujum qilayotgan, pastdan yuqoriga o‘ynayotganlar esa himoyala- nayoigan boTishadi. Mikstda uchta asosiy hujumkor zarba mavjud, bular: smesh, yarim smesh va raqibning tanasiga yo‘naltirilgan keskin yassi zarba. Mazkur zarbalami amalga oshirish texnikasi hamda raqibning javob uchun tayyorlanishiga kam vaqt qoldirish maqsadida volanni ertaroq va balandroqdan qabul qila olish mahorati juda katta ahamiyatga ega. Mikstda raqibning joylashgan o‘rni va harakatiga qarab, volanning uchish yo‘nalishini oldindan taxmin qila olish ham muhim. MaTum bir sababga ko‘ra, raqib jamoadagi ayol badmintonchi orqa chiziqdan joy egallagan boTsa, o‘yinni unga yo‘naltirgan holda qurishga hamda uni shu joyda ko‘proq vaqt ushlab turishga harakat qiling. Shunda ochko yutib olishingiz osonroq boTadi.
Shuni yodda tutingki, to‘r yaqinida o‘ynayotgan ayol badmintonchi faqat o‘zining oldidagi volanhi qaytarishi kerak.
67-rasm. Mikst bahslarida raqibning zarbalarini qaytarish (uzuq
chiziqlar o ‘yinchining to ‘ryaqinidagi noto ‘g‘ri harakatlanishini
bildiradi).
Aralash juftliklar bahsida quyidagilardan imkon qadar toTaroq foydalanishga intilish zarurligini har doim hisobga olish kerak: erkakning zarbaiari kuchi va tezligi hamda maydonchadagi harakatidan; ayolning zarbalari tezligi va aniqligi hamda to‘r yaqinidagi harakatlaridan. Oldingi chiziqdagi o‘yinchi - ayol badmintonchi sherigini asossiz ravishda to‘r tomonga harakatlanishlardan ozod qilishi, uning hujumlarini tayyorlashi hamda zarurat boTganda ana shu hujumlarni yakunlashi lozim. Orqa chiziqdagi o‘yinchi - erkak badmintonchi faol himoyalanishi bilan birga, qulay vaziyat yuzaga kelishi bilan ochko yutib oiish uchun kuchli hujum uyushtirishi yoxud sherigiga volanni to‘r yaqinida urib tushirishi uchun imkoniyat yaratib berishi kerak. Shuni yodda tutingki, agar orqa chiziqdagi erkak badmintonchi muvaffaqiyatsiz o‘ynab qo‘ysa, raqibning hujumkor javobi to‘r yaqinidagi ayol badmintonchiga yo‘naltiriladi va u ushbu hujumni qaytarishga ojizlik qilishi mumkin. Mikstdagi biz qayd etib o‘tgan klassik joylashuv uslubi ayol badmintonchi butun o‘yin davomida to‘r yaqinida turib o‘ziga qulay volan kelib qolishini kutishi kerakligini anglatmaydi, albatta. Aralash juftlikda ayol badmin- tonchi butun o‘yin davomida doimiy ravishda harakatda boTib turishi kerak. Eng asosiysi, uning harakatlari hududi faqatgina to‘r yaqinidan iborat bo‘lmay, balki maydonchaning butun oldingi, ba’zida esa o‘rta chiziqni qamrab oladi. Bu holat 68-rasmda keltirilgan (nuqtalar bilan shtrixlangan).
Bunday joylashuv ayol badmintonchiga maydonchada to‘g‘- ri yo‘nalish tanlashga, tez uchib kelayotgan volanni samarali qaytarishga ulgurishga, zarurat boTganda o‘z vaqtida sherigiga yordamga borishga, volan asosan orqadagi o'yinchiga yo‘naltirilib uzoq davom etadigan o‘yin jarayonlarida hushyorlikni yo'qotmas- likka imkon beradi. Shu bilan birga, sportchilaming maydoncha- dagi javobgarlik hududlari ko‘p jihatdan ulaming jismoniy imkoniyatlariga bogTiq boTadi. Agar ayoi badmintonchi yetarlicha o‘yin ko‘nikmasiga ega boTmasa, u holda uning o‘yin hududi anchagina qisqarib, asosan to‘r yaqini bilan cheklanadi. Bu holatda u to‘r yaqinidagi ustun yonida volanni qaytarayotgan paytda sherigi qarama-qarshi ustun atrofidagi hududni nazorat qilib turishiga to‘g‘ri keladi. Bu 69-rasmda o‘q chiziq bilan ko‘rsatilgan.
68-rasm. Ayol badmintonchining harakatlanish hududi:
Chapda - mahoratli badmintonchilar o ‘ynaganda;
O ‘ngda - havaskorlar o ‘ynaganaa.