Iv bob. O‘yin texnikasiasoslari va uning tasnifi



Yüklə 58,22 Kb.
səhifə27/31
tarix02.01.2022
ölçüsü58,22 Kb.
#41698
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Untitled

55-rasm. Juftlik o ‘yin paytida o ‘yinchining maydonchada
“raketkaprinsipi” asosida harakatlanishi.



Volansiz o‘ynash

Juftlik bahslarida sheriklaming birga o‘ynash mashqini olganliklari juda muhim ahamiyatga ega. Agar ular doimiy ravishda birga o‘ynashsa, bir-birlarining kuchli va ojiz tomonlafini bilishsa, bir-birlarini so‘zsiz tushunishsa. juda yaxshi. Agar bular mavjud boTmasa, o‘yin paytida bir-birini tushunish yoki aksincha, tushunmaslik muhim ahamiyat kasb etadi. Qoidaga ko‘ra. ochko o‘ynalayotgan paytda gaplashish mumkin emas. Ammo badminton maydonchasida muloqotga kirishishning ma’lum bir usullari mavjud. Raqibning har bir zarbasidan keyin, sheriklar yuzaga kelgan vaziyatga darhol baho bergan holda, uchib kelayotgan volanni kim qaytarishini tanlashlari zarur. Bir qarorga kelgach, sheriklardan biri volan tomonga yuradi, ikkinchisi ham bir joyda to‘xtab qolmaydi. U “raketka prinsipi”ga amal qilgan holda raqibning navbatdagi zarbasini qaytarish hamda ehtimoliy hujumi hududini himoya qilish uchun maydonchadagi bo‘sh joyga tomon harakatlanadi. U ushbu ishni imkon qadar tezroq bajarishi kerak. Juftlik bahslarida badmintonchining volansiz harakat qilish qobiliyati, boshqacha aytganda, o‘z sherigini muhofaza qilgan holda maydonchada harakatlanishi, o‘zining maTum bir xatti- harakatlari bilan raqiblariga bosim o‘tkazishi hamda kerakli vaziyat



yuzaga kelishi bilan volanga kuchli va kerakli zarbani berishi juda muhimdir.


Juftlik bahslarida sheriklarning joylashuvi

Juftlik bahslarida sheriklaming joylashuvi taniangan taktika- ga bogTiq boTib, uch turga boTinadi: parallel (yonma-yon); old- orqa (bir-birining ortida); oraliq (56 va 57-rasmlar).

Zamonaviy badminton o‘yini kombinatsiyalangan usuldan foydalanishga asoslangan boTib, bunda sheriklarning joylashuvi maydonchadagi vaziyatga bogTiq boTadi. Agar juftlik faol hujumkor o‘yin usulini tanlagan boTsa, old-orqa joylashuv (bir- birining ortida) eng yaxshi usul sanaladi. Himoyalanayotganda esa sheriklar odatda bir-birlarining yonidan (parallel) joy olishlari zarur. O‘yin amaliyotida esa oraliq uslub ko'proq uchraydi. Bu holda maydonchada maTum bir o‘rinni egallash uchun harakat qilganda: “raketka prinsipi”ga amal qilish; maydon markaziga nisbatan simmetrik joylashgan holda harakatlanayotgan o‘yinchilar o'rtasida masofaga rioya etish muhim ahamiyatga ega. Bir-biriga nisbatan to‘g‘ri harakat qila olish qobiliyati juftlikning birga o‘ynash mashqini qanchalik egallaganini ko‘rsatib beradi. Agar volan raqib tomonda yuqorida boTsa, himoyada yonma-yon turib olishga harakat qiling. Agar volan yuqorida siz tomonda boTsa - hujumkor old-orqa pozitsiyasini egallang.


56-rasm. O'yinchilamingmaydondagi old-orqa (chapda) va
parallel (o 'ngda) joylashuvi hamda bunday joylashuvdagi zaif
nuqtalar (kul rangda ajratib ko ‘rsatilgan).




57-rasm, Sportchining maydonchadagi o ‘yinli (oraliq) joylashuvi.

Sportchining shaxsiy o‘yin hududi



Badmintonda har bir sportchining shaxsiy o‘yin hududi muhim ahamiyatga ega. Bu o‘yinchi atrofidagi individual makon boTib, uning butun jismoniy, texnik va taktik elementlari, usullari va imkoniyatlari yigTndisidan tashkil topadi. Boshqacha qilib mas’uliyat yoki javobgarlik hududi deb ham ataladigan mazkur o‘yin hududi, qoidaga ko‘ra, sportchi atrofidagi, hududida badmintonchi volan bilan samarali muomala qila oladigan shartli doiradan iborat. Mazkur hududning radiusi geometrik jihatdan umumiy ko‘rinishda quyidagi tarkibiy qismlardan iborat boTadi: o‘yinchining qadam tashlashi+hamla yoki hujum+uning raketka ushlagan qoTining oldinga cho‘zilgandagi uzunligi. Yuqori malakaga ega sportchilarda o‘yin hududi radiusi salkam 3 metmi tashkil qiladi (58-rasm, a), bu esa badmintonchi o‘z o‘yin maydonchasining istalgan nuqtasida volanni ustalik bilan qaytara olishini anglatadi. Bundan tashqari, mahoratli badmintonchilar o‘z maydonchasi tomon uchib kelayotgan volandan har doim bir qadam masofada boTish uchun doimiy ravishda harakatlanib turishadi.

MaTum bir malakaga erishgan havaskor badmintonchi uchun esa javobgarlik hududi bir yarim ikki metmi tashkil qiladi (58-rasm, b).





58-rasm. Mahoratli badmintochining (a) hamda havaskorning (b)
yakkalik bahslaridagi o ‘yin hududi.



Shuni yodda tutish kerakki, volan bilan o‘ynash jarayonida sportchining javobgarlik hududi u bilan birga harakatlanib turadi, shuningdek, o‘yindagi vaziyatga qarab o‘zgarib boradi. Masalan, sportchi charchab qolsa, uning shaxsiy o‘yin hududi kichrayadi. Shu bilan birga, har doim ham sportchining shaxsiy o‘yin hududi to‘g‘ri doira shaklini aks ettirmaydi. Aytaylik, uning chap tomon zarbasi kuchsiz boTsa, shu tomondagi o‘yin hududi radiusi ham kamroq boTadi. Yoki sportchi maydonchada oldinga yaxshi harakatlangani holda orqaga bu ishni u qadar yaxshi bajara olmasa, tabiiyki, uning o‘yin hududi konfiguratsiyasi old tomondan kattaroq boTadi.

Juftlik bahslari va mikstlarda bu juda muhim, chunki bu yerda sheriklarning shaxsiy o‘yin hududi bir-birining o‘mini bos- masligi, balki bir-birini toTdirishi hamda asossiz ravishda bir- birining ustiga chiqib ketmasligi zarur. Shaxsiy o‘yin hududlaridan to‘g‘ri foydalanish badminton maydonchasida o‘yinchilarga quyi- dagilarga imkon beradi: maydonchaning katta qismini nazoratda ushlab turish; bir-biriga samarali va xavfsiz o‘ynashda xalaqit qilmaslik: yutuqqa olib keluvchi hujumkbr o‘yin uslubini asosli ravishda qoTlash. Aynan mana shu jihatlar har bir juftlikning o‘yin uslubi va taktikasini, joylashuv o‘mini belgilab berishi kerak (59- rasm).

Havaskor sportda ko‘pincha ikki nafar juda yaxshi tayyor- garlikka ega boTgan juftlikning individual texnika, taktika va jismoniy jihatdan kuchsizroq raqiblarga aynan birga o‘ynashda





uyg‘unlik yetishmasligi sabab yutqazib qo‘yish holatlarini kuzatish inumkin. Bu nima degani? Buning ma’nosi shuki, kuchii sport- chilar o‘zlarining shaxsiy ustunliklariga ishongan holda individual xususiyatlarini namoyon etishadi va juftlik o‘yin o‘miga doimiy ravishda bir-birlariga xalaqit qilgan holda yakkalik o‘yinini olib borishadi. Bunday raqiblarga qarshi o‘ynaganda volanni ko'proq ular o‘rtasidagi bahsli hududlarga yo‘naltirishga harakat qilinsa kifoya. Oqibatda, ular xatolarga yo‘I qo‘yishni, bir-birlarining o‘yin hududlariga kirib ketishni, bahslashishni boshlashadi va buning natijasida, o‘z o'yinlari sifati keksin tushib ketishiga sababchi boTishadi.


59-rasm. Juftlik bahslarda sheriklarning maydonchada
joylashuvi:


a-to‘g ‘ri joylashuv — sheriklarning o 'yin imkoniyatlaridan
yuqori darajada samarali foydalaniladi; b — noto ‘g‘ri joylashuv
— shaxsiy o ‘yin hududlarining xato qo ‘llanilishi (bir-birining
ustiga chiqib ketishi) oqibatida sheriklarning imkoniyatlari
kamaygan.



Bunday xatolaming ko‘p uchraydigan turlaridan biri - 0‘yinchiIar parallel joylashganda volan o'rta chiziq bo'ylab baland uchirib oshirilganda, o‘ng tomonda turgan sportchi uni qaytarishga bor kuchi bilan harakat qilib, chap yelkasi bilan yonboshlab tushadi. Bu vaqtda u asossiz ravishda o‘z sherigiga yaqinlashib keladi va uni maydonchaning chap tomondagi chorak qismida siqib qo‘yadi hamda odatda, volanni u qadar muvaffaqiyatli qaytara





olmaganidan keyin inersiya bilan sherigi tomonga yaqinlashishda davom etadi va maydonchaning o‘ng tomonini toTiq himoyasiz qoldiradi (60-rasm). Shuni yodda tutish kerakki, chap tomonda turgan sportchi ham o‘zi uchun qulay tarzda uchib kelayotgan volanni o‘tkazib yuborishni har doim ham istamaydi. Bunday harakatlar deyarli har doim o‘yinning to‘g‘ri uslubini buzib yubora- di hamda ko‘p hollarda raketkaning sinishi va sportchilaming jarohat olishlariga sabab boTadi. Bunday vaziyatda “o‘ng qo‘1” qoidasini yodda tutish kerak. Mazkur qoidaga ko‘ra, sportchilar parallel joylashganda (agar sheriklar o‘ngaqay boTishsa) bahsli volanni deyarli har doim u o‘zidan o‘ng tomonda uchib kelayotganda qaytarish qulay va samaralidir.


60-rasm. Juftlik bahslarida sherikning noto ‘g‘ri harakati. 1-
raqamli sportchining maydonchaning o ‘ng tomonidagi xato
harakati 2-raqamli sportchini qulay holatdan siqib chiqarmoqda
va o ‘z maydonchalarining o ‘ng tomonini raqiblarning samarali
qarshi hujumlari uchun ochib bermoqda.
Bu holatda ulaming
shaxsiy o ‘yin hududlari deyarli qo ‘shilib ketgan.



Yüklə 58,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin