Iv bob. O‘yin texnikasiasoslari va uning tasnifi



Yüklə 58,22 Kb.
səhifə26/31
tarix02.01.2022
ölçüsü58,22 Kb.
#41698
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Untitled

Kombinatsiyalangan o‘yin. Badmintonda ko‘pincha volan- ga yaxshi zarba beradigan o'yinchi emas, balki o‘zi uchun yutuqli boTgan vaziyatlami yarata oladigan sportchi g‘alaba qozonadi. Malakali sportchi har doim o'yinni o‘zining ayrim, hatto ular





muvaffaqiyatli boTsa ham, zarbalari hisobiga emas, balki ulami (o‘g‘ri va bosqichma-bosqich uyg'unlashtirish asosiga quradi. Xususan, yuqori malakali sportchilarda har doim turli-tuman o‘yin vaziyatlarida g‘alabaga olib keladigan taktik va texnik usullaming samarali va o‘yinlarda sinalgan kombinatsiyalari mavjud boTadi.

O‘yinning taktik shaklini to‘g‘ri yaratish uchun raqibning jismoniy holatini ham e’tiborga olish zarur. Agar u baland bo‘yli boTsa, ko‘proq egilishga majbur eting; past bo‘yli boTsa - yoki volanni baland hujumkor zarba bilan uning ustidan oshirib tashlang, yoxud uning yetishi qiyin boTgan chiziqlar tomonga oshiring. Baquwat raqibga qarshi chapga-o‘ngga, oldinga-orqaga, yon tomonlarga tez-tez harakatlanishga asoslangan usulga o‘yin olib borsangiz, u tezda charchab qoladi. Tezkor raqibni sust harakatlar bilan, sustkashini esa aksincha, tezkor usulda o‘ynab holdan toydirish mumkin. Agar raqibingiz maydonchada o‘zini qulay sezayotgan boTsa, tez-tez o‘yin ritmiga o‘zgartirish kiritib turing.

Agar magTub boTayotgan boTsangiz, volanni oshirishda shoshilmang, o‘yin jarayonida betartib harakat qilmang. Tinch- lanib, vaziyatga sovuqqonlik bilan baho bering. G‘alaba qozona- yotgan boTsangiz, sur’atni bo‘shashtirmang, hujumkoro‘yin bilan ochkolar jamg‘arishda davom eting.

    1. Juftlik o‘yin taktikasi

Juftlik badminton jamoaviy o‘yindir. Uning yakkalik bahslardan farqi shundaki, texnik jihatdan juft boTib o‘ynash oson, taktik tomondan esa mushkul. Sportchilar juft holda o‘z o‘yin maydonchalarining deyarli butun hududini nazorat qila olishadi hamda to‘g‘ri joylashsalar, har qanday volanni qaytarishlari mumkin. Shu bois, juftlik bahslarida (shu jumladan, mikstda ham) g‘alabani individual mahorat emas, balki juftlikdagi sheriklaming muvofiq holdagi kombinatsiyalashgan o‘yinlari keltiradi. To‘g‘ri, bunda o‘ziga xos texnik va taktik elementlar mavjud, bular: qoTni qisqa kerib o‘ynash mahorati; “raketka prinsipi” asosida va asosan soat miliga qarshi yo‘nalishda harakatlanish; bahsli, ammo sherigi





uchun qulay zarbani unga qoldirish; zarba oldidan raktik tin olishni o‘z vaqtida amalga oshirish qobiliyati.

Juftlik o‘yinning oltin qoidasi - “raketka prinsipi” hisob- lanadi (55-rasm). Uning mohiyati nimadan iborat? Katta badminton raketkasini ko‘z oldingizga keltiring: sheriklardan biri uning kallagi, ikkinchisi esa - dastagi. Ana shunday raketkani o‘yin maydonchasida chizamiz. Bunda uning sterjeni maydonchaning geometrik markazida boTishi kerak. Raketka gorizontal yuza bo‘ylab aylanadi. O‘zlarini shartli ravishda raketkaning kallagi va dastagi deb tasawur qilgan sheriklar raketka sterjeni markazi atrofida tegishli aylanishni amalga oshirishlari zarur, ammo sterjen bo‘ylab bir vaqtda bir-birlari tomonga harakat qilmasliklari kerak. Agar sportchilardan biri biror bir sababga ko‘ra (volan tomonga yurib, volandan qochish uchun, o‘mini o‘zgartirayotib) sherigi tomonga surilsa, unisi shartli sterjen bo‘yicha xavfsiz masofani saqlash uchun boshqa tomonga qadam tashlashi lozim. Bu esa ko‘plab salbiy vaziyatlaming oldini olishga yordam beradi, ya’ni sheriklar: bitta volanga chiqib borishadi va jarohat olishadi; raketkalarini sindirib qo‘yishadi; maydonchaning bitta tomoniga o‘tib olib, uning boshqa tomonini bo‘sh qoldirishadi; aldamchi harakat va qadamlar bilan raqibni emas, balki bir-birlarini aldab qo‘yishadi. “Raketka prinsipi”ga amal qiling, shunda sizning o‘yiningiz yutuqli va nisbatan xavfsiz boTadi. Ayrim badmin- tonchilar va murabbiylar ushbu qoidani “kompas qoidasi” deb ham atashadi. Bunda sheriklar kompas milining qarama-qarshi tomon- larida turishibdi, deb tasawur qilish kerak.

Mutaxassislar sportchilarga (o‘ng qoTda o‘ynaydiganlarga) o‘yin paytida maydonchada harakatlarni muvofiqlashtirish hamda zarbalar berish, harakatlanish uchun qulay va samarali pozitsiya- lami yaratish maqsadida asosan soat miliga qarama-qarshi tomonga qarab harakatlanishni maslahat berishadi. Darvoqe, bunday hara- katlami amalga oshirish o‘ngaqaylar uchun fiziologik jihatdan oson.






Yüklə 58,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin