Baland-olis zarba yakkalik bahslarida samarali hisoblanadi, chunki uni qoTlash orqali sportchi raqibini volanni to‘rdan olisda- orqa chiziq ustida qabul qilishga majbur etib, uning darhol hujumkor qaytarishni amalga oshirish imkoniyatini kamaytiradi va qiyin vaziyatga tushirib qo‘yadi. Bunday zarba texnik jihatdan to‘g‘ri bajarilganda sportchi o‘yindagi vaziyat ustidan nazoratni o‘z qoTiga oladi, o‘yinni tashabbuskorlik bilan boshlaydi. Taktik jihatdan raqibni olisdan o‘vnashga majbur etgan ma’qul, shunda
uning hujumkor harakatlari kam samara beradi, kuchsiz va beqaror boTadi. Amaliyotning ko‘rsatishicha, baland-olis zarbada uni qabul qiluvchiga quyidagilar xalaqit berishi mumkin: maydonchaning sifatsiz yoritilishi, shift va yon devorlaming noqulay bo‘yalganligi — buning oqibatida baland trayektoriya bilan uchib kelayotgan volanni ilg‘ab olish qiyinlashadi; shift tagiga yo‘naltirilgan kuchli ventilatsiya yoki sovutish-isitish tizimidan kelayotgan havo oqimi ham kutilmaganda volanning harakat trayektoriyasi o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Yana bir jihat - raqibning kuchsiz javob zarbasi beradigan tomoniga yo‘naltirish zarur. Odatda, bu - chap tomondan raketkaning yopiq tomoni bilan beriladigan zarba hisoblanadi. Sportchilar tili bilan aytganda, volanni chap qoTga yo‘naltirish kerak.
Yana bir kichkina, ammo muhim afzallik mavjud: qabul qiluvchi o‘yinchining baland-olis zarbaga moslashishi yassi yoki qisqa zarbaga nisbatan qiyinroq boTadi. Yakkalik bahslarida yassi va qisqa (past) zarbalar raqibga tezkor hujumkor zarba qaytarish imkonini berishi bilan xavflidir. Ularning bitta afzalligi bor, ya’ni: raqibning o‘yin ritmini buzib yuborish uchun vaqti-vaqti bilan kutilmaganda ulardan baland-olis zarbalar orasida foydalanish mumkin. Shu bois, bunday zarbalar uchun ana shunday zarba berishga qulay vaqt va vaziyatni to‘g‘ri baholay bilish, raqib baland-olis zarbalami qaytarishga moslashib, yassi yoki qisqa zarbani kutmayotgan paytni poylab amalga oshirish muhimdir. Barcha zarbalami amalga oshirishning yagona qoidasi - shoshilmaslik.
Baland-olis zarbaning afzal variantlari: o‘ng tomondan ra- qibning markaziy olis burchagiga, chap tomondan chap olis bur- clinkka. Bunday zarbalarga to‘g‘ri javob qaytarish variantlari 50- 51 -52-rasmlarda ko‘rsatib o‘tilgan.