Yondan o‘ng va chap tomondan beriladigan zarbalarni bajarish texnikasida o'xshashliklar ko‘p. Asosiy farqlar zarba berish paytida tashlanadigan qadam yoki hamlaning yo‘nalishida ko‘rinadi. Har ikki holatda ham ana shu qadamni yoki hamlani o‘ng oyoqda tashlagan ma’qul. Mazkur zarbalarning boshqa barcha tarkibiy qismlari bir xil.
Pastdan beriladigan zarbalar
Pastdan beriladigan zarbalar. asosan, himoya zarbalari hisob- lanadi. Badmintonchi raqibining muvaffaqiyatli hujumkor harakat- lariga qarshi ulami qoTlashga majbur boTadi. Ular: o‘ngdan, chapdan va tana yuzasidan beriladi (40 va 41-rasmlar).
40-rasm. Pastdan-o ‘ngdan zarba.
41-rasm. Pastdan-chapdan zarba.
Pastdan beriladigan zarbalar, yuqorida qayd etilganidek, odatda, majburiy boTishi bois, ular taktik vaziyatni yaxshilash uchun xizmat qiladi. Tajribali sportchi hatto qiyin vaziyatlarda ham volanning uchishiga istalgan trayektoriyani bera oladi. Ammo bu holatda, hatto tajribali badmintonchiga ham volanni yoki baland- olis zarba bilan raqib maydonchasining orqa chizig‘iga, yoxud past qisqa zarba bilan to‘ming yoniga yoTlash taktik jihatdan foydali hisoblanadi. Birinchi holatdagi zarbani berish texnikasi xuddi baland-olis zarbadagi kabi, ikkinchisi esa past oshirishga o‘xshay- di. To‘g‘ridan pastdan zarba berilganda ba’zi hollarda volanni o‘zidan shunchaki irgTtib yuborish yoTi bilan qaytarishga to‘g‘ri keladi. Pastdan beriladigan barcha zarbalar sportchining zarba beradigan qoTi yelkasining pastga tushgan holatida bajariladi.
To‘r yaqinidagi zarbalar
To‘r yaqinidagi zarbalar o‘yin natijasiga katta ta’sir ko‘rsatishi bois, ulami alohida boTimda ko‘rib chiqishni ma’qul topdik. Aksariyat hollarda aynan to‘r yaqinidagi zarba ochko olib keladi, juftlik va mikst bahslarida esa to‘r yaqinida o‘ynovchi
sportchining mahorati g‘alaba uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi.
To‘r yaqinidagi aksariyat zarbalar boshqa barcha zarbalardan ikkita muhim jihati bilan ajralib turadi, bular: gavdaning past holatda boTishi va yelkaning kerish harakatining boTmasligi. Tirsak, panja va bilak ishlaydi. Amaliyotning ko‘rsatishicha, volan to‘r ustidan qanchalik pastlab uchib o‘tsa, uni qaytaradigan sportchining gavdasi ham shunga mos tarzda past holatda boTishi zarur.
Bajarilishtexnikasiga ko‘ra, to‘r yaqinidagi zarbalar: baland- olis, baland hujumkor, hujumkor, yassi va qisqa boTadi (42-rasm). Ushbu barcha zarbalar uchun xos boTgan umumiy jihat - vaqtning kamligi. To‘r - volan uchun kurashning oldingi chizigT boTib, ungacha volan orqa chiziqqa nisbatan tezroq yetib keladi. Shu bois, to‘r yaqinidagi o‘yin texnikasi ham o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi.
Baland-olis, baland hujumkor zarbalar, hattoki yassi va hujumkor (qisqa smesti) zarbalar ham qoTni keng kerishsiz baja- riladi. Asosiysi - panjaning kuchli va tezkor ishlashidir. Aksariyat hollarda ushbu zarbalar uloqtirma zarbalar deb ataladi (hujumkorlari bundan istisno).
Har doim yodda tuting, agar to‘r yonida zarba berganda volan to‘r yuqori qismidan salgina balandda bo‘ Isa, unga yuqoridan pastga qarab hujumkor zarba bergan ma’qul. Shunda raqibga bosim o‘tkaziladi (43-rasm).
Qisqa zarbalar o‘ziga xos boTib, shartli ravishda “taglik” (podstavka) atamasi bilan nomlanadi. Klassik podstavkada volan to‘r ustidan pastlab uchib o‘tadi va unga parallel ravishda tikkasiga maydonchaga tushadi (44-rasm). Badminton ustalari raketka kallagini shunchaki volanning tagiga qo‘yishmaydi, balki ular, shu bilan birga, panjalari bilan to‘rning yuqori chetiga qarab, ba’zida esa uni yoqalab gorizontal yuza bo‘ylab, xuddi volanni tagidan kesgandek va uni gorizontal o‘qi bo‘ylab aylantiruvchi keskin harakatni ham arnalga oshirishadi. Mazkur element to‘g‘ri baja- rilganda volan aylana boshlaydi va raqibning uni qaytarishi nihoyatda mushkullashadi.
To‘r yaqinidagi qisqa zarba bilan volan uni yoqalab ham yo‘naltirilishi mumkin. Bunda raqib uchun kutilmaganda panja bilan yopiq harakat qilinadi va yutuqli vaziyatga erishiladi. Volan to'rning yuqori qismidan pastroqda turganda ushbu usuldan ko‘proq foydalaniladi.
42-rasm. To ‘ryaqinida zarba berilganda volanning uchish
trayektoriyasi:
1 — baland-olis, 2 — baland hujumkor, 3 —yassi, 4 —yassi
maydonchaningyarmisiga, 5 — hujumkor, 6 - qisqa (taglikda).
43-rasm. To ‘r yaqinidagi zarbalar:
1 —to'g ‘ri, 2 - noto ‘g ‘ri: o ‘yinchi raketkasi va oyog ‘i bilan raqib
hududi (maydonchasi) ga o ‘tib ketgan.
44-rasm. “Taglik” zarbasi berilayotganda raketka kallagining
to ‘rningyuqori qismidagi holati.
45 va 46-rasmlarda raketka dastagini ushlash va uni kallagining to‘r yuqori qismiga nisbatan holati ko‘rsatilgan.
Odatda, to‘r yaqinida o‘ng tomonda zarba raketkaning ochiq tomoni (45-rasm), chapda esa yopiq tomoni (46-rasm) bilan beriladi.
To‘r yaqinidagi aksariyat zarbalar odatda, volan uchib kelayotgan tomonga qarab o‘ng oyoq bilan hamla qilingandan keyin beriladi. Hamlaning uzunligini to‘g‘ri tanlay bilish kerak: volanga cho‘zilishga to‘g‘ri kelmasligi uchun u juda qisqa bo‘lmasligi zarur, ammo keyingi harakatlarni qiyinlashtiradigan darajada uzun boTishi ham kerak emas. Sportchi maydonchada har doim faol o‘yin pozitsiyasini egallab turishi uchun bu juda muhimdir.