Haydarov muhammad o‘ff 403 E’tibor uchun, dars uchun katta rahmat, ustoz!



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix13.09.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#143236
1   2   3   4   5
Omonim, antonim, sinonimlar lug’ati

DALI-G‘ULI PISMIQ 
Fikrini, niyatini boshqalardan Fikrini, niyatini boshqalardan
yashirmaydigan, oshkora ish yashiradigan, zimdan ish 
qiladigan bitiradigan 
D a l i – g ‘ u l i odam p i s m i q odam 
O’rtog’im … juda serzavq d a l i – g ‘ u l i , sho’x bola. Oybek, Bolalik. 
Chandir, tog’ay go’sht bo’lmas, p i s m i q odam do’st bo’lmas. Maqol. 


 

ISHSH XIXX
 
Eshakni to’xtashga undovchi eshakni yurishga undovchi 
xitob xitob 
Dangasa salqinga qochgay, ish desang. To’xtamoq odam eshakka, i sh sh desang.
Habibiy.
 
U ( Hasan ovchi) eshakni x i x deb tezlatdi. 
Sh.Toshmatov, Erk qushi.
5.
“O’zbek tili sinonimlarining izohli lug’ati” Azim Hojiyev tomonidan 
tuzilgan. Sinonimlar lug’ati hozirgi o’zbek tili uchun xarakterli bo’lgan, 
sinonimik qatorlarni o’z ichiga olgan lug’atdir. 
Har bir lug’at maqolasi quyidagilardan tashkil topadi: 
1)
sinonimik qator;
2)
sinonimik qatordagi so’zlar uchun umumiy bo’lgan ma’noning izohi;
3)
sinonimik qatordagi har bir so’zga xos xususiyatning ta’rifi;
4)
sinonimik qator va har bir sinonimga berilgan ta’rifni tasdiqlovchi misol-
sitatalar.
Sinonimik qatordagi so’zlar ifodalaydigan tushuncha doirasi o’zaro farqli 
bo’lishi mumkin. Masalan, 
yordamlashmoq, yordam qilmoq, ko’maklashmoq, 
qarashmoq, boqishmoq 
so’zlari “yordam ko’rsatmoq”, “ko’mak bermoq” ma’nosi 
bilan bir sinonimik qatorni tashkil qiladi. Bu sinonimik qatordagi 
 yordamlashmoq 
so’zi ifodalaydigan tushuncha doirasi keng. Bu so’z jismoniy harakat bilan yordam 
ko’rsatish, moddiy yordam ko’rsatish, fikr-mulohaza bilan va boshqa tarzda 
yordam ko’rsatish ma’nosini ifodalay oladi (
ko’tarishga yordamlashmoq, 
imtihonga yordamlashmoq, tirikchilikka yordamlashmoq va b.
). 
Ko’maklashmoq, 
qarashmoq 
so’zlari esa asosan jismoniy harakat bilan, ba’zi hollardagina boshqa 
yo’l bilan yordam ko’rsatishni ifodalash uchun qo’llanadi. Boqishmoq fe’li esa 
faqat jismoniy yo’l bilan yordam ko’rsatishni ifodalash uchun qo’llanadi.
Lug’atda sinonimik qatordagi har bir so’zga qarata aytilgan fikr-mulohaza 
shu so’zni qo’llashda amal qilinadigan qat’iy hukm deb emas, balki tavsiyalar deb 
qaralishi lozim. Masalan, 
avval, ilgari, oldin, burun, qadim 
so’zlari “o’tgan 


vaqtlar(da), hozirga vaqtga qadar” ma’nosini bildiradi. Bulardan 
ilgari 
so’zi 
avval, oldin 
so’zlariga nisbatan uzoqroq o’tmishni bildiradi. 
Burun 
so’zi 
ilgari 
so’ziga nisbatan ham uzoqroq o’tmishi bildiradi. Lekin bu nisbatan yaqin o’tmishni 
ifodalashda 
avval, 
undan uzoqroqni ifodalashda, albatta, 
burun, 
yana ham 
uzog’ini ifodalashda, albatta, 
 qadim 
so’zi qo’llanadi degan gap emas. Har qanday 
uzoq o’tmishni ifodalashda 
 avval, ilgari 
so’zlaridan foydalanish mumkin. Lekin 
ilgari, burun, qadim 
so’zlari ko’rsatib o’tilgan xususiyatga ega. Nutqda har bir 
konkret holatni hisobga olgan holda ana shu so’zlardan muvofig’ini qo’llash 
fikrning aniq ifodasi uchun ma’lum darajada yordam beradi. 
Sinonimik qatorning chegarasini ( bir sinonimik qatorga kiruvchi so’zlar 
miqdorini) belgilash uchun avvalo shu sinonimik qatordagi bosh so’zni aniq
belgilash kerak bo’ladi. Bosh so’z, avvalo, sinonimik qatordagi so’zlar uchun 
umumiy bo’lgan ma’noni aniq ifodalaydigan so’z bo’ladi. Masalan, 
balo, usta, 
ustamon, bilag’on, bilarmon,chechan, epchil, chaqqon, uddaburon 
so’zlarining 
hammasi “chaqqonlik va o’rinlatib bajarish mahoratiga ega” degan ma’noni 
bildiradi. Shu ma’noni bu sinonimik qatordagi so’zlardan 
balo 
so’zi juda aniq 
ifodalaydi. Boshqalarining o’zaro sinonimligi ham xuddi shu 
balo 
so’ziga 
qiyoslash orqali belgilanadi. 
Bosh so’z, odatda, hozirgi adabiy tilga mansubligi, emotsional bo’yoq va 
uslubga ko’ra neytralligi, ko’p qo’llanishi bilan xarakterlanadi. Masalan,
chiroyli
go’zal, husndor, husnli, xushro’y, ko’hlik, ko’rkam, barno,zebo suluv, 
latofatli,sohibjamol 
sinonimik qatorida 
chiroyli
so’zi xuddi shunday xususiyatga 
ega bo’lgan so’zdir. 
Sinonimik qatordagi so’zlar emotsional bo’yoqdorligiga ko’ra o’zaro 
farqlanishi mumkin: emotsional bo’yoqli va emotsional bo’yoqsiz so’zlar. 
Emotsional bo’yoqli so’zlar salbiy yoki ijobiy emotsiyani (munosabatni) 
ifodalashiga ko’ra ikki turga: ijobiy emotsional bo’yoqli so’zlar va salbiy 
emotsional bo’yoqli so’zlarga bo’linadi. Masalan, 
yuz, bet, aft, bashara, turq, 
chehra, jamol
sinonimik qatorida 
yuz – 
neytral, 
bashara, turq – 
salbiy emotsional 
bo’yoqli, 
chehra, jamol – ijobiy emotsional bo’yoqli so’zlar. 


Sinonimik qatordagi so’z hozirgi adabiy til nuqtai nazaridan eskirgan 
bo’lishi mumkin. Masalan, 
xursandchilik,sevinch, quvonch, shodlik, surur, farah, 
bexbudlik 
so’zlari eskirgan so’zlardir. 
Foyda, naf, manfaat, hayon 
qatorida 
hayon
so’zi eskirgan so’z hisoblanadi.
 
Sinonimik qatordagi so’z hozirgi adabiy tilga yoki dialektlarga xos bo’lishi 
mumkin. Masalan, 
ovoz, tovush, sado, sas 
sinonimik qatorida 
sas
so’zi; 
qidirmoq, 
axtarmoq, izlamoq, istamoq 
qatorida 
istamoq
so’zi dialektal so’z hisoblanadi. 
6.
“O’zbek tili sinonimlarining izohli lug’ati” da keltirilgan sinimik 
qatorlardan namunalar: 
AJIN, TIRISH, BURISH(IQ). Yuz va peshonada bo’luvchi 
botiq, yo’l-yo’l chiziqlar (izlar). 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin