p= shkalaning necha bo‘lagiga so‘rilganini aniqlab olamiz.
Bu yerda N1, N2 - anemometrning boshlang‘ich va oxirgi ko‘rsatkichlari,
t - o‘lchash vaqti, s.
Bu kattalik yordamida esa har bir anemometr pasportida beriladigan grafikdan foydalanib havo harakatining haqiqiy tezligi m/s larda aniqlanadi. Atmosfera bosimi bizga malum bo‘lgan barometr-aneroidlar yordamida o‘lchanadi.
Kosachali anemometr (MS -13) shartli sanoatda havo oqimining o‘rtacha tezligini va ob-havo hamda iqlimini o‘rganish, atmosferani kuzatish muassasasida o‘rtacha shamol tezligini o‘lchash uchun mo‘ljallangan.
Tuzilishi va ishlash prinsipi. Anemometr (5) o‘qqa kirib turuvchi to‘rt kosachali parrak (4) yordamida aylanadi va shamol qabul qiluvchi apparatni tashkil qiladi. O‘qning pastki qismida reduktor bilan to`tashtirilgan kesilgan chervyak (6) bo‘lib u uchala ko‘rsatgich strelkalarni harakatga keltira oladi.
Siferblat (2) birlik, yuzlik va minglik shkala birliklaridan iborat. Birlik shkalani ko‘rsatadigan strelkani (3) harakatini markaziy g‘ildirakka chervyaksimon g‘ildirak va trib orqali chervyak (6) ga uzatadi. CHunki strelka (3) markaziy g‘ildirakka qotirilgan. Kichik g‘ildirakka kirgizilgan yuzlik shkalalarni ko‘rsatuvchi strelka I -ni harakati markaziy g‘ildirak tribini oraliq g‘ildirak orqali amalga oshadi. Kichik g‘ildirakdan ikkinchi oraliq g‘ildirak orqali aylanish 2 chi kichik g‘ildirakka o‘tadi. Bunda minglik shkalalarni ko‘rsatuvchi strelkasi (7) ishlaydi.
Mexanizmni qo‘shish uchun arretir (9) orqali bajariladi. U o‘z arretirning bir uchi plastik prujina orqali chervyaksimon g‘ildirakka qadalgan. Arretir soat strelkasi bo‘ylab buraladi. Bunda arretirning ikkinchi uchi plastinkali prujinani ko‘taradi, o‘qning uchi o‘qni aylanish natijasida chervyakni (6) chervyaksimon g‘ildirakka kiritadi.
Arretirni soat strelkasiga qarshi burilsa chervyaksimon g‘ildirak chervyakka ulashadi va anemometrni shamol qabul qiluvchisi reduktor bilan qo‘shiladi yoki jipslashadi. Anemometr mexanizmi plastmassali korpusga qotirilgan korpusning quyi qismi vint (10) bilan tugaydi. Vint (10) anomemetrni ustumga mahkamlash uchun ishlatiladi.
Anemometr korpusidan (9) arretirning ikki tomonida qulokchalar (8) qotirilgan bo‘lib, bundan anemometrni o‘chirish yoki qo‘shish uchun ip o‘tkaziladi va ustumga qotiriladi. Ip arretirning qulokchalariga qotiriladi. Anemometr shamol qabul qiluvchi sim cho‘lg‘amidan iborat krestovina bilan himoyalangan, ushbu krestovina pirpirakning o‘qini yuqorisini mustahkamlashga ham xizmat qiladi.
Ish tartibi Shamol tezligini o‘lchashdan avval uchala shkala ko‘rsatkichlari yozib olinadi. O‘lchanayotgan havo oqimi anemometr tik holda o‘rnatiladi va 10-15 s dan keyin arretir bilan bir vaqtda anemometr mexanizmi hamda sekundomer qo‘shiladi. Havo oqimida anemometr bir yoki 2 mino`t ishlatiladi. Vaqt tugashi bilan mexanizm va sekundomer qo‘shiladi va anemometr shkalalari ko‘rsatkichlari sekundomer ko‘rsatkichi yozib olinadi.
Boshidagi va oxiridagi ko‘rsatmalarning farqi sekundomer ko‘rsatkichlariga bo‘linadi va shkala vaqt bo‘luvchi topiladi, yani bir sekunddagi ko‘rsatkich topiladi.
Anemometr ichida joylashgan darajali grafik orqali shamol tezligi aniqlanadi. Tik turgan grafik o‘qida shkala bo‘luvining 1 sekundga to‘g‘ri keladigan sonlar joylashgan.
Ushbu nuqtadan chiziq tortiladi to grafikni kesib o‘tguncha o‘tkaziladi. Ko‘ndalang va tik o‘qlar kesishgan nuqtada qidirilayotgan havo oqimining tezligini m/s da topiladi.