Hayot faoliyat xavfsizligi


ISH UCNUN KERAKLI JIHOZLAR



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə2/6
tarix08.03.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#86982
1   2   3   4   5   6
1-Laboratoriya ishi

ISH UCNUN KERAKLI JIHOZLAR:


1.Assman psixrometri (Termometr)
2.Kosachali yoki parrakli anemometr
3.Avgust psixrometri (VIT-1, VIT-2)
4.Barometr
5.Ventilyator
6.Distirlangan suv.






Rsam 1. Assman psixrometri (Termometr)




Rasm-2. . Aspiratorli psirometr МВ-4М (a), xona psixromrtri (b).



Rasm 3. Kosachali yoki parrakli anemometr



Rasm 4. Barometr
ISHNI BAJARISH TARTIBI:
1. Laboratoriya ishining bayoni va asboblar bilan tanishib chiqing.
2. Quyidagi mikroiqlim kattaliklarini aniqlang;
a) Barometr-yordamida atmosfera bosimini;
b) Assman psixrometrining quruq termometri yordamida havoning haroratini;
v) Assman psixrometri yordamida havoning nisbiy namligni (bu asbobda nisbiy namlikni o’lchashda termometrning mato o’ralgan idishi suv bilan ho’llanib, ventilyator yurgizib yuboriladi. Agar purjinali ventilyator bo’lsa, dastasi soat strelkasi bo’yicha 5-6 marta buraladi);
g) Anemometr maishiy ventilyatordan 2-2,5 m masofada, havo oqimiga qo’yib uning tezligi aniqlanadi.
d) Avgust psixrometri yordamida nisbiy namlik aniqlanadi.
z) Ish joyidagi o’lchangan mikroiqlim sharoitlarga nomogramma bo’yicha baho bering va ularni yaxshilash bo’yicha takliflar kiriting.
Mikroiqlim kattaliklarining kishi organizmiga tasiri
Ma`lumki, kishi organizmi uzluksiz ravishda issiqliq ajratib chiqaradi, bu issiqlikning miqdori ma’lum mikroiqlim sharoitida mushaklar ishining jadalligiga bog’liq. Tinch holatda turganda kishi organizmi o’rta hisobda 70 kkal/soat issiqlik chiqaradi. Organizmga tushadigan yukning ortishi bilan ajralib chiqadigan issiqlik miqdori ham ortadi.
Organizmdagi fiziologik jarayonlarni meyo‘rida borishi uchun atrof-muhit ajralib chiqayotgan issiqlikni o’ziga qabul qilish xususiyatiga ega bo’lishi kerak. Organizm ajratib chiqayotgan issiqlik miqdori va atrof-muhitning sovutish xususiyatiga mos tushishi uning nufuzini belgilaydi. Agar kishi yuqori ish unumdorligiga erishgan holatda ham yaxshi kayfiyati ta‘minlansa, bunday mikroiqlim sharoit konfort-ya‘ni eng qo’lay sharoit hisoblanadi. Ma‘lumki, kishi organizmi termoregulyatsiya, ya‘ni o’z haroratini boshqara bilish xususiyatiga ega. Bu asosan quyidagi uch xil yul bilan amalga oshiriladi: bioximik, qon aylanish intensivligining o’zgarishi va terlash.
Bioximik termoregulyatsiya organizmda kechadigan jarayonlarning jadalligi o’zgarishi natijasida sodir bo’ladi. Qattiq sovuq yeganda mushaklarning titrashi organizmning issiqlik ajratib chiqarishini 150-200 Vt/s gacha oshirishi aniqlangan. Organizm qizib ketganda issiqlikni atrof-muhitga berishi ortadi. Bu teri qon tomirlarining kengayishi va ularga qonning ko’p miqdorda oqib kelishi natijasida sodir bo’ladi va aksincha, organizm sovub ketganda teri qon tomirlarining torayishi ularga qonning kam oqib kelishi tufayli tashqi muhitga issiqlik berish kamayadi.
Kishi terlaganda, namlikning bug’lanishi natijasida, terining yuzalari issiqlikni yo’qotadi. Komfort sharoitda issiqlik uzatish miqdori issiqlik paydo bo’lish miqdoriga tengdir. Soddaroq qilib aytganda oranizm qancha issiq chiqarsa shuncha miqdordagi issiqlikni, tashqi muhitga beradi. Shuning uchun kishi organizmining harorati doimo 36,0-36,60S miqdorda saqlanadi. Agar issiqlik muvozanati buzilsa, kishi o’zini yomon his qiladi.
Masalan, agar issiqlik uzatish issiqlik ajratib chiqarishdan kam bo’lsa organizmda issiqlik yig’ilib u qizib ketadi. Yoki issiqlik uzatish, issiqlik ajratib chiqarishdan ko’p bo’lsa organizm sovib ketadi. Organizmning qizib yoki sovib ketishi, uning ish faoliyatiga salbiy ta‘sir ko’rsatadi, ish unumdorligini pasaytiradi, hamda kasallik yoki baxtsiz xodisalarga sabab bo’lishi mumkin..
Ishchilarning komfort hissiyoti tsex havosining mikroiqlim parametrlarini tanlashga bog’liqdir.Sanoat korxonalarini loyihalash me‘yorlari tsexda bajariladigan ishning tabiatini, bajarilayotgan ishning og’irlik darajasini va yil faslini hisobga oladi. Ishlab chiqarish tsexlaridagi mikroiqlim sharoit ko’pgina hollarda nafaqat komfort talablarini, shu bilan birga texnologik jarayoni zarur shart-sharoitlarini ham qoniqtirishi kerak. Mikroiqlim kattaliklari bu jarayonning bajarilishiga yordam beradi, yoki to’sqinlik qiladi. Agar texnologik talablar bo’yicha tanlangan mikroiqlim kattaliklar komfort shart-sharoitga yoki sanitariya talablariga mos tushmasa, tsehda ishlovchilarga alohida komfortli zonalar tashkil qilinadi.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin