59
uzunligini hisoblashda atigi 618 metr xato qilganligi ma’lum bo’ladi. Yer
aylanasining uzunligini aniqlash, Beruniy aytganidek, sahrolarni kezib 10 yoy
uzunligini aniqlashga nisbatan aniq va qulay. Shu bois, u trigonometrik usullardan
foydalanib, tog’ balandligini o’lchashda avvalgi astronomlardan ham aniqroq
natijaga erishgan. Yer aylanasining uzunligini topish haqida Beruniy bunday
deydi: „Yer aylanasining uzunligini topish uchun
hamma hollarda ham shu
topilgan topilmani, ya’ni radiusni ikkilantirib 22 ga ko’paytir, hosil bo’lgan
ko’paytmani 7 ga bo’l, shunda sen o’lchagan birliklarda Yer aylanasining uzunligi
kelib chiqadi“.Beruniy aytgan amallarni bajarganda l=2pR ni aylana uzunligini
hisoblash mumkin. Bunda 22/7=3,14… ni ifodalaydi. Shunday qilib, Beruniy
shaxsan o’zi bir qancha shaharlarning geografik kengliklarini hisobladi. Masalan,
G‘aznaning kengligi 330 351, Kandaniki 330 551, Dumpurniki 340 201.
Uning
hisoblashiga ko’ra, Buxoro shahrining kengligi 390 201 deb topilgan. Hozirgi
kunda bu qiymat 390 461 dir. Demak, bu Beruniy hisobidan faqat 00 261ga farq
qiladi. Xullas, buyuk bobomiz Abu Rayhon Beruniyning ilmiy va madaniy
merosini o’rganish, uni o’quvchi va talabalarga yetkazish azaliy qadriyatlarimiz
sirasiga kiradi. Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy o’rta asrlarning
buyuk qomusiy olimlaridan edi. Uning buyukligi o’sha
davrning deyarli barcha
fanlariga qo’shgan betakror ilmiy merosida namoyon bo’ladi. Beruniyning
olimlilik salohiyatiga mashhur sharqshunos olim I.Yu.Krachkovskiy „uning
qiziqqon ilm sohalaridan ko’ra qiziqmagan sohalarini sanab o’tish osondir“ deb
baho bergan edi. G’arb tadqiqodchilaridan M.Meyerxoff esa „Beruniy musulmon
fanini namoyish etuvchi qomusiy olimlarning eng mashhuri bo’lishi kerak“ degan
fikrni bildiradi.
Beruniy tibbiyotga bag’ishlangan „Saydana“ asarida mingdan ortiq dorivor
moddalar nomini 30 tilda yozib chiqqan. Xorazmdagi siyosiy vaziyatni o’zgarishi
natijasida Beruniy 998-yili Jurjon shahriga ketishga majbur bo’ladi. U bu davrga
qadar Kat va Ray shaharlarida o’zining dastlabki ilmiy izlanishlarini boshlab
yuborgan edi. Jurjonda kechgan yillar (998-1004-yillar)
Beruniy uchun yirik
izlanishlar va ijodiy kamolot davri bo’ldi. O’zining birinchi astronomik tajribalarni
60
16 yoshda Kot shahrida boshlagan alloma, Jurjonda nafaqat astronomiya va boshqa
tabiiy fanlar bilan shug’ullandi, balki tarix va din tarixi bilan ham qiziqdi.
Olimning muhim asarlaridan biri „Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar“ uning
Jo’rjon saroyida xizmat qilgan davrida yaratiladi. 1000-yili tugallagan bu asar
muallifning ko’p qirrali olim ekanini namoyish etdi va unga katta shuhrat keltirdi.
Umuman, Beruniy Jurjonda 10 dan ortiq asrlarini bitishga muyassar bo’ldi.
Xorazmning yangi hukmdori Abu Abbos Ma’mun ibn Ma’mun Beruniyni o’z
saroyida katta izzat-hurmat bilan qabul qiladi. Ma’mun rahnamoligida vujudga
kelgan ilmiy markazda faoliyat ko’rsatish bilan birga
siyosiy jarayonlarda ham
Xorazmshohning yaqin maslahatchisiga aylanadi. Xorazmning Mahmud
G’aznaviy tomonidan bosib olinishi Beruniy hayotini xavf ostiga qo’ydi. U
Xorazmshoh saroyidagi aksariyat olimlar, jumladan, ustozi Abu Nasr ibn Iroq,
Abul-Xayr Hammar va boshqalar bilan birga G’azna shahriga olib ketiladi.
Ma’lumki, Xorazm ilmiy mazkazidagi olimlardan
faqat Ibn Sino va Abu Sahl
Masihiylar Mahmud G’aznaviy zulmidan havotirlanib, G’aznaga emas, Jo’rjonga
qarab yo’l olgan edilar. Beruniyning 1017-1048 yillarda G’aznada kechirgan
hayoti moddiy va siyosiy jihatdan mashaqqatli bo’lishiga qaramasdan, uning ilmiy
faoliyati uchun mahsuldor davr bo’ldi. U Mahmud G’aznaviy saroyida kechgan
dastlabki yillarda astronomiya va geodeziya masalalariga katta e’tibor berdi.
Dostları ilə paylaş: