4
mamlakatlarda ularning hayoti va faoliyati haqida ilmiy va badiiy asarlar
yaratilgan, ulug‘ ajdodlarimiz xotirasiga yodgorliklar barpo etilgan.
Mustaqillik yillarida bu qiziqish yanada ortdi. Mamlakatimizda xalqaro
ilmiy-madaniy hamkorlik keng yo‘lga qo‘yildi, ushbu mavzuga bag‘ishlagan yirik
ilmiy anjumanlar tashkil etildi. Buyuk olim va mutafakkirlarimiz, qadimiy
shaharlarimizning yubileylari xalqaro miqyosda nishonlandi. Prezidentimiz
rahnamoligida ulug‘ allomalarimiz, aziz-avliyolarimiz qadamjolari obod
etilmoqda. Milliy ma’naviy merosni tiklash va asrab-avaylash, ilm-fan va ta’limni
rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Samarqand shahrida o‘tkaziladigan xalqaro ilmiy konferensiya ana shu
yuksak e’tibor, buyuk ajdodlarimiz ilmiy merosiga hurmat va qiziqish tobora oshib
borayotganiga yorqin dalildir.
Sharq va G‘arbni o‘zaro bog‘lagan, Buyuk ipak yo‘lidagi turli
sivilizatsiyalar tutashadigan muhim chorraha sanalgan yurtimiz azaldan olimu
ulamolari, fozilu fuzalolari bilan dovruq qozongan. Ona zaminimizda tug‘ilib,
kamolga yetgan ulug‘ allomalar jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shganlar.
Dostları ilə paylaş: