28
II bob. Sharq allomalarining hayoti va ijodidan namunalar
Bag’dodda «Bayt ul- hikma» (dоnishmandlar uyi) tashkil etilgan edi. «Bayt
ul- hikma»da Ahmad Farg’oniy, Muhammad ibn Musо Хоrazmiy, Ahmad ibn
Abdullоh Marvaziylar ta’lim оlganlar. IX-X asrlarda O’rta
Оsiyoda fan ilmiy
asоslarga ega edi. Uning ildizlari O’rta Оsiyo, ayniqsa, Хоrazm, shuningdеk Bоbil,
Erоn, Hindistonning antik dunyosiga va qadimgi madaniyatiga bоrib taqalar edi.
IX-XII asrlarda arab tilida asarlar yozgan eng mashhur оlimlar Ahmad Farg’oniy,
Muhammad ibn Musо Хоrazmiy, Abu Nasr Forоbiy,
Abu Ali ibn Sinо, Abu
Rayhоn Bеruniy, Abu saxl Masihiy, Abulhayr Gammar, Abunоsir Arrоn va
bоshqalar edi.
Buyuk alloma va mutafakkirlarning rivojiga ulkan hissa qo’shganlar
va ushbu
mintaqa dovrug’ini butun dunyoga tanitdilar. Ular amalga oshirgan tadqiqotlar va
ilmiy ishlarning natijalari va bir necha asrlar mobaynida Yevropaning yetakchi
universitetlarida ilm-fanning muhim manbai bo’lib xizmat qilgan va bugungi
kunda ham o’z dolzarbligini yo’qotmasdan kelmoqda.
Demak, ushbu allomalarning ilmiy va hayotiy jasorati, bebaho kashfiyotlari
nafaqat
Markaziy Osiyo mintaqasida, balki boshqa qit’alarda ham bugungi davr
olimlari, ayniqsa, yoshlar uchun saboq bo’lib kelmoqda, o’rnak
va namuna
vazifasini o’tamoqda.
Biz o’tmish tajribasidan foydalanamiz va barqaror kelajakka intilamiz.
Shunday qilib, buyuk ajdodlarimizning hayoti va ijodi bilan yaqindan
tanishib,porloq kelajak sari intilmoqdamiz.
Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni aytish joizki, O’zbekiston
tarixni va
o’sha davrning madaniy hayotini tadqiq etish uchun boy intelektual salohiyatga
egadir.
Sharq allomalarini hayoti va ijodini o’rganar ekanmiz, ularning ilmiy merosini
naqadar beqiyos ahamiyatga ega ekanligini tushunib yetdik. Shu bobning tarkibiy
qismida, e’tiboringizga ayrim allomalarning hayoti va ijod yo’lini batafsil
ma’lumotlar berishga harakat qildik.