Hayot faoliyati havfsizligi


-rasm: Konferensiya qatnashchilari O’zbekistondagi ta’lim jarayoni bilan  tanishmoqda



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/20
tarix18.05.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#58441
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
sharq allomalarini jahon sivilizatsiyasida tutgan orni.

2-rasm: Konferensiya qatnashchilari O’zbekistondagi ta’lim jarayoni bilan 
tanishmoqda. 
 
Mamlakatimizda keng ko‘lamli islohotlar boshlanganidan buyon oliy o‘quv 
yurtlari soni 2-marta oshdi, bugungi kunda 60 ta universitet va institutda 230 ming 
nafardan ziyod talaba tahsil olmoqda. O‘zbekistonda Yevropa va Osiyoning bir 


21 
qator yetakchi oliy o‘quv yurtlarining filiallari, jumladan, Vestminster universiteti, 
Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Turin politexnika universiteti, 
Rossiya neft va gaz universiteti, Moskva davlat universiteti, Rossiya iqtisodiyot 
universiteti filiallari faoliyat yuritmoqda. 
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Milliy universiteti, Fanlar akademiyasi va Buyuk 
Britaniyaning yetakchi oliy o‘quv yurti – Kembrij universiteti bilan birgalikda 
Yuksak texnologiyalar o‘quv-tajriba markazi tashkil etilmoqda. 2014-yilning 
sentabr oyidan boshlab yurtimizda, yuqorida zikr etilganidek, Janubiy Koreyaning 
Inxa universiteti filiali faoliyat ko‘rsatadi, uning asosiy yo‘nalishini axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari, komputer muhandisligi sohasidagi ta’lim tashkil 
etadi.Yoshlarimizning minglab iqtidorli vakillari Yaponiya, Germaniya, Janubiy 
Koreya, Xitoy, Buyuk Britaniya, AQSh, Fransiya va boshqa mamlakatlarning 
yetakchi universitetlarida ta’lim olmoqda, bu esa ularning bilim va malakasini 
oshirishda keng imkoniyatlar ochib bermoqda. 
Bugungi kunda, BMT ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatimizda ta’limga 
yo‘naltirilayotgan xarajatlar davlat byudjetining 35 foizdan ortig‘ini tashkil 
etmoqda. Boshqacha aytganda, O‘zbekiston davlat byudjetidan har yili 35 foiz 
mablag‘ aynan ta’lim-tarbiya sohasiga yo‘naltirilmoqda. 
Jahon intellektual mulk tashkiloti va yetakchi xalqaro biznes-maktablardan 
biri – “INSEAD” tomonidan 2012-yilda inson kapitalining taraqqiyot darajasi 
bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra O‘zbekiston 141 mamlakat orasida 
53-o‘rinni, ta’lim tizimini rivojlantirish darajasi, jumladan, ta’lim maqsadlari 
uchun ajratiladigan mablag‘lar bo‘yicha esa dunyoda beshinchi o‘rinni egallagani 
bejiz emas, albatta. 
Yuqoridagilarga asoslanib shuni aytish mumkinki, buyuk allomalarning 
tabarruk maskani bo’lgan bu o’lkada o’ylaymizki,yana Beruniylar, Xorazmiylar, 
Ibn Sinolar,Navoiylar yetishib chiqadi. Bunday Xalqaro konferensiyaning 
o’tkazishdan maqsad ham ular merosini chuqur tadqiq etish va kelajak avlodga 
yetkazishdan iborat.[1] 


22 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin