Hayot faoliyati havfsizligi


Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati va vazifalari



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/20
tarix18.05.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#58441
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
sharq allomalarini jahon sivilizatsiyasida tutgan orni.

Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati va vazifalari. 
-Buyuk alloma va mutafakkirlarning hayoti va ijodiy faoliyati bilan 
yaqindan tanishish, ularni asrab-avaylash, o’rganish va ommalashtirish; 
-Mavzuga 
taalluqli 
konferensiya 
materiallaridan 
foydalanish 
va
konferensiyalarda qatnashish;
-Sharqshunos olimlarning fikrlari bilan tanishish, ijodiy izlanish. 
Mamlakatimizda bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlarning 
za’mirida bizni boy tarixiy merosimiz yotadi. Ayniqsa, O’rta asrlar Sharqi buyuk
alloma va mutafakkirlarining tabobat ilmining rivojiga qo’shgan hissasi alohida 
o’rin kasb etadi. So’ngi yillarda xalq tabobatiga katta e’tibor berilmoqda va uni 
qayta tiklash borasida sa’y-harakatlar odatiy tus oldi. Bugungi kunda xalq tabobati 
turli mamlakatlar sog’likni saqlash tizimida o’z o’rnini egalladi.Ommaviy axborot 
vositalari xalq tabobatini keng targ’ib qila boshladilar. Dunyo xalqlari 
tajribasi,ayniqsa Sharq va Lotin Amerikasi xalqlari tajribasi jahon amaliyotida 
keng 
qo’llanila boshlandi. Ularning jismoniy yetuklikni kamolotga 
yetkazish,shuningdek, xalq tabobati borasida qo’lga kiritilgan yutuqlari keng 



yoyilmoqda. Shu asnoda aytishimiz mumkinki, Prezidentimiz Islom Karimovning 
tashabbusi bilan ”Xalq tabobati akademiyasi”ning tashkil etilishi O’zbekiston 
istiqloli tarixida muhim voqea bo’ldi. Zero, qadimiy Turon tabobati dunyosiga 
tamal toshi qo’yganligi tarixiy manbalardan ma’lum. Bu muqaddas zamin 
tuprog’idagi har bir giyohning yaprog’idan ildizigacha turli dardlarga shifo 
bo’lishi Ibn Sinodek tabobat asoschilarining xizmatlari tufayli isbotlangan. Hozirgi 
kunda muxtaram prezidentimiz tashabbusi bilan aholi salomatligini yaxshilash 
uchun ko’pgina chora - tadbirlar ishlab chiqilgan. Shuningdek ko’pgina 
sog’lomlashtirish inshootlari, sport inshoatlari qurilishi va madaniy- ma’rifiy 
tadbirlarning amalga oshirilishi fikrimizning dalilidir. Inson tabiatning farzandi 
bilan uzviy bog’liqlikda hayot kechiradi, o’sadi va rivojlanadi. Bizga Alloh 
tomonidan berilgan tabiatning buyuk ne’matlarining har biri o’ziga xos 
xususiyatga egadir Biz esa ushbu ne’matlardan o’z o’rnida foydalanishga 
haqlidirmiz. Inson sog’ligi uchun tabiiy usulda salomatlikni asrash samarali 
usullardan biridir. Shunday ekan avvalo xalq tabobatiga murojaat qilamiz, albatta. 
Tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, keng jabhadagi tabiiy sog’lomlashtirish dasturiga 
ega xalq tabobati inson organizmi salomatligini saqlash va yangi sharoitlarga 
moslashtirishda juda katta tajribaga ega ekan.Yangilik yaratmay turib,asrlarda 
davomida shakllangan o’z-o’zini sog’lomlashtirish sohasidagi tajribalardan 
foydalanishimiz zarur deb hisoblaymiz. Akupunktura, fitoterapiya, yoga-terapiya 
va juda ko’p shunga o’xshash turli xil noan’anaviy deb atalayotgan davolash 
usullari odam organizmiga tabiatning yaxlit, bir butun jismi sifatida yondashadi. 
Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining 1997-yilda bo’lib o’tgan o’ttizinchi 
sessiyasi xalq tabobatining davolash usullarini o’rganish va undan inson 
salomatligini asrashda foydalanish haqida rezolyutsiya qabul qildi. Ko’plab 
rivojlanayotgan va taraqqiy topgan mamlakatlarda xalq tabobatidan foydalanish 
tobora keng tus olmoqda. Dunyo bo’yicha hech bo’lmaganda bir marta xalq 
tabobatiga murojaat qilgan aholi sonini foiz hisobida qarasak, Avstraliyada-48%, 
Kanadada-70%, AQSHda-42%, Chilida-71%, Belgiyada-30%, Fransiyada-75%ni 
tashkil qilar ekan.[26] 



Bugungi kunimizda sog’liqni saqlash tizimini isloh qilishga qaratilgan qator 
qonunlar, qarorlar va farmoyishlar qabul qilindi. Jumladan, 1993- yil mart oyida 
qabul qilingan O’zbekiston Resbuplikasi Prezidenti tomonidan “Sog’lom avlod 
uchun” xalqaro jamg’armasining tashkil etilishi hamda bu sohadagi 
tashabbuskorlikning rag’batlantirish maqsadida “Sog’lom avlod uchun, 
ordenining” ta’sis etilishi, 1999-yil dekabr oyida chiqqan O’zbekiston 
resbublikasining “Tabiatni muhofaaza qilish” to’g’risidagi qonuni, 1995- yil 29- 
avgustda qabul qilingan “Fuqarolar sog’lig’ini saqlash” to’g’risidagi qonun, 1998- 
yil noyabr oyida qabul qilingan sog’liqni saqlash tizimini isloh qilishning “Davlat 
dasturi” to’g’risidagi prezident farmoni, 1998- yil 1- aprelda “Ona va bola 
salomatligini saqlash, nogiron bolalar tug’ilishini oldini olish” 140-sonli qarori, 
2005- yilda aholini sog’lomlashtirish bo’yicha davlat dasturi va 2007- yil 29- 
sentabrdagi sog’liqni saqlash tizimini isloh qilish yanada chuqurlashtirish va 
rivojlantirish davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yo’nalishlari to’g’risidagi 
farmoni kabilar aholi salomatligini va sog’lom turmush tarzini yaratishga 
bag’ishlangan qator ishlab chiqilgan qonun-qoidalardir. 
Hozirgi kunda sog’lom turmush tarzini shakllantirish va salomatlikni 
saqlashning asosiy vazifalaridan biri bu jismoniy tarbiya bilan muntazam 
shug’ullanishdir. 
O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng asosiy maqsad sog’lom 
avlodni tarbiyalashni o’z oldiga maqsad qilib oldi. 2000- yil “Sog’lom avlod” yili 
deb, 2005- yil “Sihat-salomatlik” yili deb, 2010- yil “Barkamol avlod” yili deb 
e’lon qilinishi mamlakatimizda olib borilayotgan oliyjanob ishlarning davomi deb 
hisoblanadi.Mamlakatimizni birinchi ordeni “Sog’lom avlod uchun” bo’lib, u 4- 
martda 1999- yil qabul qilingan. 1993- yil 29- aprelda “Sog’lom avlod uchun” 
jamg’armasi tuzildi. 2016-yil esa “Sog’lom ona va sog’lom bola yili”deb e’lon 
qilindi. Shu o’rinda shuni aytish joizki, “Bolalarni asraylik” xalqaro tashkiloti 
tomonidan tuzilgan jahon reytingida O’zbekiston bolalar salomatligini 
mustahkamlash borasida katta g’amxo’rlik ko’rsatayotgan eng ilg’or yetakchi o’nta



mamlakat qatoriga kiritilgani, albatta barchamizga yuksak g’urur va iftixor 
bag’ishlaydi. 
1993- yil 2- dekabrda Vazirlar Mahkamasining 589-sonli qarori bilan o’sib 
kelayotgan avlodni sog’lomlashtirish chora-tadbirlari haqida kompleks dastur 
qabul qilindi. Bu dasturning asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat: 
1. Har bir xalq ta’limi xodimi tibbiy va gigiyenik bilimlarga ega bo’lishi. 
2. Har bir xalq ma’orifi ta’lim tarbiyaning gigiyenik normalarini bilishlari. 
3. Sog’lom turmush tarzini shakllantirish. 
4. Yosh avlodga gigiyenik tarbiya berish. 
5. “Sog’lom avlod uchun” dasturini keng targ’ib qilish.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin