Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi:
Bitiruv malakaviy ishining hajmi 78 bet, kirish, III bob, xulosa, 34
foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va 11 ta rasmlardan iborat.
9
I bob. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning O’rta asrlar
Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy
svilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati borasidagi nutqi, xalqaro
konferensiya materiallari.
O’rta asrlar Sharq allomalarining ilm-fan rivojiga qo’shgan hissasi tahsinga
sazovardir. Xo’sh, biz bu haqda qanchalik bilimga egamiz? Bu savolga javob
topish maqsadida Prezidentimiz Islom Karimovning 2014-yil 15-16-may Ko’hna
Samarqandda bo’lib o’tgan “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining
tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati”
mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ochilish marosimidagi nutqidan, qolaversa,
sharq mutafakkirlarining hayoti va ijod yo’lini o’rganish orqali oldim va tartibga
keltirdim. Konferensiyada UNESKO, AYSESKO va boshqa nufuzli xalqaro
tashkilotlar rahbarlari va vakillari,dunyoning deyarli 40 davlatidan kelgan taniqli
olimlar,ilmiy va tadqiqot markazlari,universitetlar hamda boshqa oliy o’quv
yurtlari mutaxasislari ishtirok etdi. [2]
Xalqaro konferensiyada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov
ishtirok etdi va nutq so’zladi: ” Bugungi konferensiyamizning maqsadi – O‘rta
asrlarda Sharq olamida yashab ijod etgan buyuk alloma va mutafakkirlarning ilmiy
merosini chuqur muhokama qilish va anglash, uning zamonaviy sivilizatsiya
tarixida tutgan o‘rni va roliga baho berishdan iborat. O‘nlik sanoq sistemasini,
algoritm va algebra tushunchalarini dunyoda birinchi bo‘lib ilm-fan sohasiga joriy
etgan Muhammad Muso Xorazmiy, qomusiy olimlar Ahmad Farg‘oniy, Abu
Rayhon Beruniy, tibbiyot ilmining asoschisi Abu Ali ibn Sino, arab tili
grammatikasini mukammal tarzda ishlab chiqqan Mahmud Zamahshariy, o‘zida
mingdan ziyod yulduzlar harakatini jamlagan astronomik jadval yaratgan Mirzo
Ulug‘bek singari ulug‘ mutafakkirlarimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz. Bunday
yuksak iftixor tuyg‘usi bizni hech kimdan kam bo‘lmagan xalq sifatida faxr bilan
yashashga, ajdodlarga munosib avlod bo‘lishga da’vat etadi “.[1]
10
“O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning
zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro ilmiy
konferensiyaning Samarqand shahrida o‘tkazilishi bejiz emas. Zero, afsonaviy
Sharq timsoli Samarqand – jahon sivilizatsiyasining qadimiy o‘choqlaridan biri,
yuzlab alloma va mutafakkirlar yashab ijod qilgan boy tarixiy va madaniy merosga
ega shahar. Bu yerdagi obidalar, madaniy yodgorliklar ajdodlarimiz dahosidan, olis
va buyuk o‘tmishdan so‘zlaydi. Samarqandning go‘zal va so‘lim tabiati, qadimiy
va zamonaviy inshootlari har qanday odamni o‘ziga maftun etadi. Anjuman
ishtirokchilari aniq va tabiiy fanlar sohasida faoliyat yuritgan O‘rta asrlar Sharq
allomalari va mutafakkirlarining ilmiy, tarixiy va falsafiy merosi, ularning
astronomiya, matematika, geografiya, geodeziya, tibbiyot, farmakologiya, kimyo,
mineralogiya kabi zamonaviy ilm-fan shakllanishi va rivojlanishiga qo‘shgan
ulkan hissasiga oid masalalarni muhokama qildi, fikr va tajriba almashishdi.[2]
Konferensiyada O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining hayoti va
ijodi, tarixiy merosi va ilmiy maktablarning faoliyatiga bag‘ishlangan filmlar
namoyish etildi. Anjuman qatnashchilari Samarqanddagi tarixiy, ilmiy va madaniy
obidalar, istiqlol yillarida amalga oshirilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish
ishlari, o‘quv muassasalari faoliyati bilan tanishishdi.
Internet
tarmog‘ining
www.msth.uz
manzilida
mazkur
xalqaro
konferensiyaning sayti tashkil etilgan. [1]
Xalqaro konferensiyada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom
Karimov ishtirok etdi va nutq so’zladi. Bugungi konferensiyaning maqsadi – O‘rta
asrlarda Sharq olamida yashab ijod etgan buyuk alloma va mutafakkirlarning ilmiy
merosini chuqur muhokama qilish va anglash, uning zamonaviy sivilizatsiya
tarixida tutgan o‘rni va roliga baho berishdan iboratligini ta’kidladi.
Prezident Islom Karimov ana shu bebaho ilmiy merosni yanada teran
tadqiq etish va ommalashtirishga qaratilgan sa’y-harakatlarga boshchilik qildi.
Ma’lumki, o‘sha davrlarning an’analariga ko‘ra, ma’rifatparvar mutafakkir
va faylasuflar, olimlar va shoirlar odatda hukmdorlar va sultonlar saroylarida
panoh topganlar. Ular orasida IX-XI asrlarda Xivada tashkil etilgan Ma’mun
11
akademiyasi va "Bayt ul-hikma", ya’ni "Donishmandlik uyi" degan nom bilan
shuhrat qozongan Bag‘dod akademiyasida, shuningdek, XV asrda Samarqandda
shakllangan Mirzo Ulug‘bekning ilmiy maktabida samarali mehnat qilgan bir
guruh olimlar butun dunyoga dong taratdilar.[2]
Tadqiqotchi-olimlarning fikricha, Sharq, xususan, Markaziy Osiyo mintaqasi
IX-XII va XIV-XV asrlarda bamisoli po‘rtanadek otilib chiqqan ikki qudratli
ilmiy-madaniy
yuksalishning
manbai
hisoblanib,
jahonning
boshqa
mintaqalaridagi Renessans jarayonlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan Sharq uyg‘onish
davri – Sharq Renessansi sifatida dunyo ilmiy jamoatchiligi tomonidan haqli
ravishda tan olingan.
Shu bilan birga, ko‘plab tadqiqotchilar qayd etganidek, agar Yevropa
Uyg‘onish davrining natijalari sifatida adabiyot va san’at asarlari, arxitektura
durdonalari, tibbiyot va insonni anglash borasida yangi kashfiyotlar yuzaga kelgan
bo‘lsa, Sharq Uyg‘onish davrining o‘ziga xos xususiyati, avvalo, matematika,
astronomiya, fizika, ximiya, geodeziya, farmakologiya, tibbiyot kabi aniq va tabiiy
fanlarning, shuningdek, tarix, falsafa va adabiyotning rivojlanishida namoyon
bo‘ldi.
O‘rta asrlarning ilk davrida Sharqda amalga oshirilgan buyuk ilmiy
kashfiyotlar haqida gapirar ekanmiz, zamonaviy matematika, trigonometriya va
geografiya fanlari taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan Muhammad ibn Muso al-
Xorazmiy nomini birinchilar qatorida tilga olamiz. U o‘nlik pozitsion hisoblash
tizimini, nol belgisi va qutblar koordinatalarini birinchilardan bo‘lib asoslab berdi
va amaliyotga tatbiq etdi. Bu esa matematika va astronomiya fanlari rivojida
keskin burilish yasadi.
Al-Xorazmiy algebra faniga asos soldi, ilmiy ma’lumot va traktatlarni bayon
etishning aniq qoidalarini ishlab chiqdi, u astronomiya, geografiya va iqlim
nazariyasi bo‘yicha ko‘plab ilmiy asarlar muallifidir. Allomaning dunyo ilm-fani
rivojidagi xizmatlari umume’tirof etilgan bo‘lib, Sharq olimlari orasida faqat uning
nomi va asarlari "algoritm" va "algebra" kabi zamonaviy ilmiy atamalarda
abadiylashtirildi. [1]
12
Ulug‘ qomusiy alloma Abu Rayhon Beruniyning ilmiy dahosi bilan
yaratilgan mislsiz kashfiyotlarga to‘liq baho berishning o‘zi qiyin. Beruniyning
150 dan ziyod ilmiy ishlaridan bizgacha faqat 31 tasi yetib kelganiga qaramasdan,
alloma qo‘lyozmalarining qo‘limizdagi ana shu to‘liq bo‘lmagan namunalari ham
uning naqadar serqirra meros qoldirganidan dalolat beradi.
Beruniy dunyo ilm-fanida birinchilardan bo‘lib dengizlar nazariyasi va
Yerning sharsimon globusini yaratish yuzasidan o‘ziga xos yangi g‘oyalarni taklif
etdi, Yer radiusini hisoblab chiqdi, vakuum, ya’ni bo‘shliq holatini izohlab berdi,
Kolumb sayohatidan 500-yil oldin Tinch va Atlantika okeanlari ortida qit’a
mavjudligi haqidagi qarashni ilgari surdi, minerallar tasnifi va ularning paydo
bo‘lish nazariyasini ishlab chiqdi, geodeziya faniga asos soldi. Shuning uchun ham
XI asr butun dunyodagi tabiiy fanlar tarixchilari tomonidan “Beruniy asri” deb
atalishi bejiz emas.[1]
“Islom olamining eng mashhur faylasufi va qomusiy allomasi hamda
insoniyatning eng buyuk mutafakkirlaridan biri” degan unvonga sazovor bo‘lgan
Abu Ali ibn Sinoning hayoti va faoliyati avlodlarda alohida g‘urur va ehtirom
tuyg‘ularini uyg‘otadi. Ilmiy tadqiqot ishlarini 16 yoshida boshlagan bu ulug‘ zot
o‘z umri davomida 450 dan ortiq asar yaratdi. Ularning aksariyati avvalo tibbiyot
va falsafa, shuningdek, mantiq, kimyo, fizika, astronomiya, matematika, musiqa,
adabiyot va tilshunoslik sohalariga bag‘ishlangan. Leonardo da Vinchi,
Mikelanjelo, Frensis Bekon va boshqa ko‘plab olimlar avlodi uning asarlarini
o‘qib, hayratga tushganlar.
Biz doim g‘urur va iftixor bilan e’tirof etamizki, tibbiyot tarixida eng
mashhur bo‘lgan, “Tib qonunlari” deb atalgan o‘zining bebaho fundamental asari
bilan Ibn Sino keyingi bir necha yuz yillar uchun tibbiyot fanlari taraqqiyotining
asosiy yo‘nalishlarini oldindan belgilab berdi, hozirgi kunda ham o‘z dolzarbligini
yo‘qotmagan amaliy tibbiyot va farmakologiya sohalarining eng muhim usullariga
asos soldi. Bejiz emaski, bu kitob Yevropada XV asrda chop etilgan dastlabki
kitoblardan biri bo‘lgan va Yevropaning yetakchi universitetlarida qariyb 500-yil
davomida tibbiyot ilmi ayni shu asar asosida o‘qitib kelingan.
13
Ibn Sino va Beruniyning bizgacha yetib kelgan Aristotelning “Koinot haqida
kitob” asariga taalluqli yozishmalari buyuk allomalarimizning ilmiy muloqot olib
borish, antik davr falsafiy qarashlarini chuqur anglash va ularni rivojlantirish
borasida naqadar yuksak darajaga ko‘tarilganining mumtoz namunasidir.
X-XI asrlarda Xorazm zaminida ijod qilgan Beruniy, Ibn Sino va boshqa
buyuk alloma va mutafakkirlarimizning xizmatlari ularning ilmiy ishlari va asarlari
doirasi bilangina chegaralanib qolmaydi, balki insoniyatning intellektual tarixida
chuqur iz qoldirgan ilmiy maktab – Xorazm Ma’mun akademiyasini
shakllantirishdek muhim masalani ham qamrab oladi.
X asrning qomusiy allomasi Abu Nasr Forobiyni zamondoshlari, universal
bilimlarga ega bo‘lgani bois, “Sharq Aristoteli” deb ataganlar. U ko‘plab fanlarni
ilmiy kashfiyotlar bilan boyitdi, turli mamlakatlar olimlarining falsafiy qarashlarini
rivojlantirdi va 160 dan ortiq asar yozdi. Ulardan eng mashhurlari “Mohiyat
xususida so‘z”, “Fanlarning paydo bo‘lishi haqida kitob”, “Tafakkur mohiyati” va
boshqa asarlar hisoblanadi. Forobiy asarlarining asosiy qismi ko‘plab Yevropa va
sharq tillariga tarjima qilingan va hozirgi kunga qadar chuqur tadqiqotlar mavzusi
bo‘lib kelmoqda.[2]
O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining butun bir avlodi haqida
so‘z yuritar ekanmiz, Amir Temur va Temuriylar davri deb nom olgan davr haqida,
nomi ilm-ma’rifat osmonida bamisoli yorqin yulduz bo‘lib porlab kelayotgan
Mirzo Ulug‘bek va uning Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi singari ko‘plab
safdoshlari va shogirdlari xususida eslamasdan o‘tolmaymiz.
Barchamizga yaxshi ma’lumki, Amir Temurning nabirasi bo‘lgan, 40-yil
Samarqandda hukmdorlik qilgan Mirzo Ulug‘bek astronomiya sohasidagi buyuk
alloma sifatida shuhrat qozongan va uning nomi haqli ravishda Kopernik, Jordano
Bruno, Galiley va boshqa ulug‘ ilm-fan daholari qatorida tilga olinadi.
Mirzo Ulug‘bekning XV asrda tuzgan astronomiya jadvalida 1018 ta
yulduzning holati va joylashuvi bayon qilingan bo‘lib, bu asar astronomik
o‘lchovlar bo‘yicha 16 asr davomida yaratilgan birinchi yangi katalog edi. Mirzo
Ulug‘bekning safdoshi Al-Koshiy birinchi bo‘lib o‘nlik kasrlarni ilmiy iste’molga
14
joriy etdi, erkin darajalar ildizlarining izchil yaqinlashib borishi va ularni topish
metodlarini ishlab chiqdi. Mirzo Ulug‘bek observatoriyasi bilan Samarqandni
o‘rab turadigan eng baland tepaliklardan birida joylashgan, buyuk alloma nomi
bilan ataladigan muzeyga tashrif chog‘ida yanada batafsil tanishish mumkin.
Abu Abdulloh Ro‘dakiy, Firdavsiy, Nizomiy Ganjaviy, Sa’diy, Hofiz
Sheroziy, Jomiy, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa ko‘plab buyuk faylasuflar,
shoir va ma’rifatparvarlarning ijodiy merosida donishmandlik va borliq olamni
gumanistik anglashning juda ulkan, bitmas-tuganmas xazinasi saqlanib kelmoqda.
Bu meros haqiqatan ham jahon ahamiyatiga molik bebaho boylik hisoblanadi.
Dunyo tarixidagi birinchi turkiy tillar lug‘ati bo‘lmish “Devoni lug‘atit-turk”
kitobi muallifi Mahmud Koshg‘ariy bo‘lib, u o‘z asarida yuksak mahorat bilan
to‘plashga erishgan so‘z boyligining tom ma’nodagi oltin zarralarini – turkiy
maqol va she’rlarni ham keltirib o‘tgan. Koshg‘ariy turkiy xalqlarning tili,
madaniyati, etnografiyasi va folklorining birinchi tadqiqotchisi hisoblanadi.
Arab tili grammatikasining asoschisi sifatida tan olingan buyuk tilshunos,
adabiyotshunos, geograf va faylasuf alloma – Mahmud Zamahshariy hayotlik
davridayoq keng shuhrat qozongan. U, shuningdek, tarixdagi birinchi ko‘p tilli
lug‘at – arabcha-forscha-turkiy lug‘atning asoschisi bo‘lgan.
Albatta, biz barchamiz o‘rta asrlarda Sharqda yashab ijod qilgan, o‘sha davr
voqealaridan guvohlik beradigan bebaho asarlar yaratgan buyuk tarixchilar
avlodiga, eng avvalo, Ahmad ibn Arabshoh, Nizomiddin Shomiy, Sharafiddin Ali
Yazdiy, Hofizi Abro‘, Xondamir, Abdurazzoq Samarqandiy va boshqa allomalarga
o‘zimizning cheksiz hurmat-ehtiromimizni bildirishimiz ham qarz, ham farzdir.
Bugun, oradan deyarli ming yil o‘tganidan keyin ham biz o‘rta asrlarda
yashab ijod qilgan, jahon sivilizatsiyasi rivojiga bebaho hissa qo‘shgan Sharq
allomalari va mutafakkirlarining dahosi, ilm-fanning turli yo‘nalishlaridagi
izlanishlari va qomusiy bilimlari oldida hayratga tushamiz. Afsuski, insoniyat
boshidan kechirgan har xil fojialar, urushlar, tabiiy ofatlar natijasida ular qoldirgan
buyuk merosning, aytish mumkinki, mingdan bir qismigina bizgacha yetib kelgan,
xolos. Tarixning zulmat va jaholat hukmronlik qilgan muayyan davrlarida
15
olimlarning quvg‘in va ta’qibga uchrab, ko‘pchiligining hayoti fojiali yakun
topganini hozirgi kunda tasavvur qilishning o‘zi qiyin.Shu bilan birga, dalillar
shuni ko‘rsatmoqdaki, odamlar o‘rtasidagi o‘zaro qarama-qarshiliklar, to‘qnashuv
va nizolarning birinchi qurboni bilimlar manbai hisoblangan bebaho qo‘lyozma va
kitoblar bo‘lgan. Sizlarning barchangiz yaxshi bilasiz, qadimgi dunyodagi eng
ulkan hisoblangan Aleksandriya kutubxonasi, Mirzo Ulug‘bekning noyob
kutubxonasi yo‘q qilib yuborilgan. Afsuski, bunday achinarli ro‘yxatni yana
davom ettirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |