Hayot faoliyati xafsizligi fanining bugungi kundagi


Hayot faoliyati xavfsizligi fanining maqsadi va vazifalari



Yüklə 33,9 Kb.
səhifə4/6
tarix25.12.2023
ölçüsü33,9 Kb.
#193810
1   2   3   4   5   6
hayot faoliyati 1

2. Hayot faoliyati xavfsizligi fanining maqsadi va vazifalari


Hayot faoliyati xavfsizligi (HFX)ishlab chiqarish va noishlab chiqarish muhitida insonni atrof muhitga ta`sirini hisobga olgan holda xavfsizligini taminlashga yo`naltirilgan bilimlar sistemasidir.
HFXning maqsadi ishlab chiqarishda avariyasiz holatga erishish, jarohatlanishni oldini olish, insonlar sog’ligini saqlash, mehnat qobiliyatini va mehnat sifatini oshirish hisoblanadi.
Qo`yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi ikki masalani echish lozim bo`ladi:

  1. Ilmiy (inson-mashina sistemasini; atrof muhit-inson, xavfli (zararli) ishlab chiqarish omillari va boshqalarni matematik modellashtirish);

  2. Amaliy (uskunalarga xizmat ko`rsatishda mehnat xavfsizligini taminlash).

Hayotiy jarayonda insonni atrof-muhit va uning tashkil etuvchilari bilan o`zaro ta`siri YU.N.Kurjakovskiyning «Hayot faqat moddalar, energiyalar va informatsiyalar oqimlarini tirik tana orqali harakati jarayonida mavjud bo`la olmaydi» degan hayotni saqlash qonuniga mos holda elementlar orasidagi moddalar massasining, barcha turdagi energiyalar va informatsiyalarning oqimlari sistemasiga asoslangan.
Hayotni saqlash qonunidagi oqimlar insonga o`zini oziq-ovqatga, suvga, havoga, quyosh energiyasiga, o`rab turgan muhit haqidagi informatsiyalarga bo`lgan ehtiyojlarini qanoatlantirishi uchun kerak. SHu bilan bir vaqtda inson hayotiy fazasida o`zidan ongli faoliyati bilan aloqador bo`lgan (mexaniq, intellektual energiyalar) bioliogik jarayon chiqimlari ko`rinishidagi ma`lum massadagi moddalar oqimini, issiqlik energiya va boshqa energiya oqimini ajratadi. Moddalar va energiyalar oqimi almashinuvi inson ishtirok etmaydigan jarayonlar uchun ham xarakterlidir.
Tabiiy muhit bizning planetamizga quyosh energiyasi oqimi kirib kelishini ta`minlaydi. Bu esa o`z navbatida biosferada o`simlik va hayvonlar oqimini, moddalar (havo, suv) adiabatik oqimini, har xil energiyalar oqimini, jumladan favqulodda holatlarda tabiiy muhitdagi energiyalar oqimini ro`yobga keltiradi.
Texnosfera uchun barcha turdagi xom ashyo va energiyalar oqimi, mahsulotlar va odamlar navbati oqimlarining har xilligi; chiqindi oqimlari (atmosferaga chiqarilayotgan chiqindilar, suv hovzalariga tashlanayotgan sanoat chiqindilari, iflos suvlar, suyuq va qattiq chiqindilar, har xil energetik ta`sirlar) xarakterlidir.
Har qanday xo`jalik yuritishning chiqindilari va teskari samarasi bo`ladi va ularni butunlay yo`qotib bo`lmaydi. Ularni bir fizik-ximik shakldan boshqa shaklga o`tkazish yoki fazoga chiqarib yuborish mumkin. Bundan tashqari texnosferada yuz beradigan to`satdan portlash, yong’inlar natijasida, qurilish konstruktsiyalarini buzilishida, transport avariyalarida va shunga o`xshashlarda katta miqdordagi chiqindilar hosil bo`lishi va energiya oqimlarini yuzaga keltirishi mumkin.
Ijtimoiy muhit tabiiy va texnogen olamni o`zgartirishga yo`naltirilgan insonga xarakterli bo`lgan barcha energiya oqimlarini ishlab chiqaradi va iste`mol qiladi. Bular misol qilib jamiyatdagi chekish, alkogol ichimliklar, narkotik moddalar va shunga o`xshashlarni iste`mol qilishga aloqador zararli holatlarni keltirish mumkin.
«Inson - atrof muhit» sistemasini har xil komponentlari, energiya va informatsiyalarini xarakterli massalar oqimini quyida keltiramiz:

Yüklə 33,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin